Bitta kvadratni bir buklasak 2 ta, ikki buklasak 4ta uchburchak hosil
bo’ladi deb aytadilar. Uni amalda ko’rsatadilar va bu uchburchaklardan archa naqshini yasashni o’rgatadi. Naqsh yasashdan oldin o’qituvchi applikasiya yo’li bilan ishlangan archali uy plakatini ko’rsatadi. Bu
plakatdan geometrik shakllarni topishni aytadi. Bolalar uy kvadrat va uchburchaklardan archa esa uchburchaklardan hosil bo’lganini aytishadi. So’ngra shu rasmga qarab archa shaklida naqsh yasaydilar. Agar uchburchaklarning ikki tomoni teng bo’lsa, u teng yonli uchburchak deb atalishini ta’kidlaydi.
Apcha yasaganimizda teng yonli uchburchaklardan foydalandik. Uyning tomi ham teng yonli uchburchak ko‟rinishida bo‟lib, uning mustahkamligi haqida tushuntiriladi. Shuningdek qog‟ozdan poroxodcha, parovoz, traktor modellarini yasashda ham, geometrik figuralardan to‟g‟ri to‟rtburchak, uchburchak va doiralardan foydalanishi aytiladi.
Birinchi sinfda geometrik shakllardan qanday naqshlar yasash mumkinligini o‟quvchilarga darslarda ko‟rsatib borilib ularda ijodiy mehnatga qiziqish o‟stiriladi. Mehnat darslarining muvaffaqiyatli borishi, avvalo ta‟lim metodlarini to‟g‟ri tanlashga, o‟qituvchining pedagogik mohoratiga bog‟liqdir. Ular har bir darsga puxta tayyorlanishi, rejada belgilangan predmetlarni o‟zi yasab ko‟rishi va ko‟rsatishi shart. O‟quvchilar ish o‟rinlarini to‟g‟ri tayyorlash, ularni tartibli tutish, vaziyatga moslashishi, asboblarni va materiallarni to‟g‟ri, ehtiyotkorlik va tejam bilan foydalanish yo‟larini bilib olishlari, shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishlari kerak.
– sinfda mehnat darslarini tashkil etishda ularda yasaladigan buyumlarda geometrik shakllarni ham xossasini o‟rgansa bo‟ladi. Bu ish asosan ikkinchi chorakda «Qog‟oz bilan ishlash» da amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Ana shunday darslardan namunalar keltiramiz. Mavzu: «Qog‟oz bilan ishlash»
Darsning maqsadi: turli geometrik shakllardan naqshlar tuzish
Qog‟ozdan kvadrat qirqish.
Kvadratni boshqa geometrik shakllarga bo‟lish.
Geometrik figuralardan naqshlar yasash
Darsning jihozi: geometrik shakllardan tuzilgan naqsh namunalari,
qog‟oz (oddiy va rangli), kley, qaychi.
Darsning borishi
O‟qituvchi sinfga kirib, mehnat darsini tashkil etadi. Darsga tayyorgarlik ishlarini kuzatadi. Uyga berilgan vazifani so‟raydi.
Yang mavzuning bayoni
O‟qituvchi bolalarga qanday geometrik shakllarni bilishlarini so‟raydi. Qisqacha suhbat uyushtirilgandan so‟ng bugungi mavzu uchun qilinadigan kamaliy ishga o‟tiladi. O‟qituvchi bolalarning oldidagi to‟g‟ri to‟rtburchak shaklidagi qog‟ozlarni ko‟rib chiqadi, yo‟qlariga undan ulashadi. Keyin o‟quvchilar shu rangli qog‟ozdan har xil geometrik shakllar qirqib, toza qog‟ozga kleylab naqshlar hosil qiladi.
Darsning borishi
O‟qituvchi sinfga kirib, mehnat darsini tashkil etadi. Darsga tayyorgarlik ishlarini kuzatadi. Uyga berilgan vazifani so‟raydi.Yangi mavzuning bayoni O‟qituvchi bolalarga qanday geometrik shakllarni bilishlarini so‟raydi. Qisqacha suhbat uyushtirilgandan so‟ng, bugungi mavzu uchun qilingan amaliy ishga o‟tiladi. O‟qituvchi bolalarning oldidagi to‟rtburchak shaklidagi qog‟ozlarni ko‟rib chiqadi, yo‟qlariga undan ulashadi. Keyin o‟quvchilar shu rangli qog‟ozdan har xil geometrik shakllar qirqib, toza qog‟ozga kleylab naqshlar hosil qiladilar. Ular (doira, uchburchak, to‟rtburchak, kvadrat) har xil qirqib olishadi. Shunda o‟qituvchi avval aytgan bo‟lsa ham anashu geometrik figuralarning xossalarini tushuntirib o‟tadi.Naqshlardan namunalar keltirishimiz mumkin
Isloh qilingan maktablarning mehnat ta’limi dasturida aylana, doira bo’laklaridan naqsh tuzish, doira shaklidagi buyumlar yasash ishlari 6-8 soat vaqt ajratilgan.
– sinf o’quvchilari aylana shaklidagi narsalarni 2 – sinfdagida andoza yordamida chizgilar yordamida chizganlar. Endi 3 – sinfda ular matematika darsida aylana haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Uni sirkul bilan chizdilar. Biz o’quvchilarning ana shu nazariy bilimlarini mehnat darsida amaliy ishlarini bajartirish orqali sinab ko’ramiz. Bu naqshlar o’quvchilarning geometrik bilimlarini mustahkamlaydilar.
Bolalar darsda sirkul yordamida aylana chizadilar. Aylana markazidan to aylana chizig’igacha bo’lgan o’lcham aylana radusi ekanligini tushunib oladilar.
«Radius» yozuvda lotin harfi R bilan ifodalanadi.
Shundan keyin radius orqali bolalar aylanani 4 ga undan keyin 8 bo’laklarga bo’ladilar va har xil naqshlar yasaydilar.
Doira va uchburchaklar ishtirokida quyidagi naqshlarni yasash mumkinligini tushunib yetadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |