Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 23,33 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi23,33 Kb.
#570670
Bog'liq
O‘ralova Marjona.307-guruh


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI .
OʻZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
307-GURUH TALABASI
URALOVA MARJONANING

O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI FANIDAN


,,LUTFIY QIT‘ALARIDA LAFZIY SAN ‘ATLAR"
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

KURS ISHI


TOSHKENT-2022


REJA:

  1. KIRISH. Lutfiy va uning merosi.

  2. ASOSIY QISM.

1.Lutfiy qit‘alari va ularni yozishda shoirning badiiy mahorati.
2. Lutfiy qit‘alarining mavzulari haqida.
3.Shoirning qit‘anavislikdagi badiiy mahorati.
4.Boshqa janrda yozilgan she'rlaridagi badiiy mahorati.
III. XULOSA

KIRISH
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi,yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda.Xalqimiz milliy tiklanishdan –milliy yuksalishga erishishni o‘z oldiga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydi.


‘’Hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan,biz ilgari duch kelmagan g‘oyat murakkab muammolar,global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish,shu yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda,dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li - Cho‘lpon “Adabiyot yashasa,millat yashar!’’degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi.Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas.Darhaqiqat,adabiyot,san’at va madaniyat yashasa,millat va xalq,butun insoniyat bezavol yashaydi.’’1
Darhaqiqat, istiqlolimizning dastlabki kunlaridan to hozirga qadar ajdodlarimiz merosini har tomonlama o‘rganish ,shu asosda millatning kelajagi bo‘lgan yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.Hozirgi kunda bu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani hech kimga sir emas.Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda Navoiygacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek she’riyatining yirik vakili Mavlono Lutfiy asarlarining ham o‘rni beqiyos.O‘zbek adabiyotida o‘zining go‘zallik tajassumidan iborat g‘azallari bilan katta shuhrat qozongan shoir ijodiyoti ulkan ma’naviy xazinadir.Sharqda sohibidevon shoir bo‘lish nihoyatda murakkab ish sanalgan.Devon tartib berish uchun shoir arab alifbosidagi har bir harfga mos she’r yoza olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.Lutfiy ham sohibidevon shoirdir.U o‘zining turkiy tilda bitilgan she’rlaridan devon tartib bergan.Shoir devonidan o‘zining g‘azal,ruboiy,tuyuq,qit’a,fard kabi bir qancha lirik janrlardagi she’rlari o‘rin olgan.Shoir mazmunan yuksak va shaklan go‘zal g‘azallar yaratib,bu janr rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.Uning rang-barang mavzularda yozilgan g‘azallari mohiyatini hayot zavq-shavqlari, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish,sevgi-sadoqatni ulug‘lash ,ezgulikni targ‘ib etish g‘oyalari tashkil etadi. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov ‘’ …ma’naviyatni tushunish,anglash uchun avvalo,insonni tushunish,anglash kerak.’’2 Ushbu fikrlar Lutfiy ijodiga hamohang tarzda jaranglaydi.Zero,shoir ijodida insonni ulug‘lash,insoniy fazilatlar va ularning tadriji masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.Lutfiy xalq og‘zaki ijodi namunalaridan bahramand bo‘lgan va bu shoir she’rlarini go‘zal badiiy san’atlar bezashda muhim o‘rin tutadi.Shoir tuyuq janrining ustasi sifatida o‘zbek mumtoz adabiyotida bu janrni yuqori pog‘onaga ko‘tardi va bu janr rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.Shoir ijodining serqirraligi kichik janrlar hisoblanmish qit’a,ruboiy,tuyuq,fard kabi janrlarda ham mohirona qalam tebrata oldi.Shoir lirikasida turli xil lafziy va ma’naviy san’atlarning bir qancha turlaridan mohirona foydalana olgan.Bu ish ancha murakkab sanalsa-da,shoir o‘z ijodida o‘zgacha mahorat bilan yondashgan.Zero,har bir bayt zamiriga bir- biriga o‘xshash bo‘lgan yoki aksincha, zid bo‘lgan so‘zlarni singdira olish,shu bayt mazmunini go‘zal badiiy vositalar bilan ziynatlash she’rning badiiyati va g‘oyaviy tomonini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etgan. Shoirning adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rni,uning g‘azallari badiiyati bir qancha lutfiyshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan.
Zamonasining ‘’malik ul- kalomi’’ deya e’tirof etilgan so‘z san’atkori Mavlono Lutfiy o‘zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyondalaridan biridir.Lutfiyning hayoti va ijodiga doir adabiy manbalar haqida ilmiy adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud.Jumladan,lutfiyshunos olim S.Erkinov quyidagilarni yozadi:
‘’Lutfiyning hayoti va ijodi haqida ishonchli va muhim ma’lumot, avvalo Alisher Navoiyning ‘’Majolis un- nafois’’ tazkirasida,’’Muhokamat ul-lug‘atayn’’,’’Xutbai davovin’’(Xazoyin ul-maoniy’’ga muallif ning o‘zi tomonidan yozilgan so‘z boshi) kabi ilmiy va adabiyotshunoslikka oid asarlarida ,’’Nasoyim ul-muhabbat’’,’’Holoti Said Hasan Ardasher’’,’’Manoqibi Pahlavon Muhammad’’singari risolalarida uchraydi.Bu asarlarda Navoiy Lutfiyga juda yuqori baho berib,uni ‘’Malik ul-kalom’’deb ataydi.Navoiydan keyin yozilgan tazkiralarning birortasida ham Lutfiy hayoti va ijodi haqida muhim yangilik uchramaydi.Davlatshoh Samarqandiyning ‘’Tazkirat ush-shuarosi’’da ham ,Xondamirning ‘’Habib us-siyar’’ asarida ham Lutfiy haqida umumiy fikrlar aytilgan.Xondamirning ‘’Makorim ul-axloq ‘’asarida Lutfiy bilan Navoiyning adabiy suhbatlariga doir bir epizod hikoya qilingan.Abdulla Kobuliy ‘’Tazkirat ut-tavorix ‘’,Vozeh ‘’Majmuai Mansur va manzum’’,SHamsiddin Somiy ‘’Qomus ul-a’lom’’kabi asarlarida Lutfiy to‘g‘risida ba’zi ahamiyatli fikrlarni bayon qilish bilan birga,ko‘pincha shoirga Navoiy bergan bahoni takrorlaydilar.’’Navoiydan keyin yaratilgan adabiy-tarixiy manbalar Navoiy ma’lumotlarini takrorlasa-da,ular aynan qaytariqdan iborat bo‘lmay ,balki Lutfiyning hayoti va ijodining biron-bir qirrasini ochishda juda muhimdir.
Mavlono Lutfiy madrasada tahsil olgan.O‘sha davr madrasalarida fanlarni o‘rganish bilan bir qatorda arab va fors tillarini ham o‘zlashtirgan.Bu uning zullisonayn shoir sifatida turkiy va forsiy tillarda ijod qilishiga zamin hozirlagan.Lutfiy ,ayniqsa, turkiy tilda badiiy jihatdan mukammal asarlar yozgan.SHoirning bu darajaga erishishida Sharq mumtoz adabiyot namunalari va badiiy ijod sirlarini puxta o‘rgangani shubhasiz.Umrining asosiy qismi o‘qish ,o‘rganish bilan o‘tgan Lutfiy badiiy ijoddan bir lahza ham uzilgan emas,Xususan, ‘’Navoiyning ‘’Majolis un-nafois’’tazkirasida Lutfiy umrining oxirlarida ‘’oftob’’ radifli bir she’r yozgan,o‘sha zamonning ko‘p shoirlari unga tazmin bog‘laganlar,ammo ulardan hech biri Lutfiychalik badiiyat yarata olmaganlar.
Lutfiy diniy-dunyoviy,tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan,haqiqatparvar va ma’rifatparvar shoirdir.Navoiy ta’biri bilan aytganda,u ‘’forsiy va turkiyda naziri yo‘q kishi erdi’’ Lutfiy turkiy tilda yaratilgan she’rlari bilan mashhur bo‘lsa-da,forsiy tilda ham mahoratli va iqtidorli shoirdir.Bundan tashqari,Lutfiy majoz va haqiqatni ,she’riyat va tariqatni uyg‘unlikda saqlagan shoirdir.U umrining so‘nggi lahzalarigacha badiiy ijodda uzilmadi va o‘zbek nazmini go‘zal namunalar bilan boyitdi.Shoir qanchalik mashhur bo‘lsa ham darveshlik odatini tark etgan emas.Bu uning zamondoshlari va ijod ahli orasida ,balki hukmdorlar oldida ham yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga asos bo‘lgani ayni haqiqat.
Lutfiy turkiy tildagi she’rlarini jamlab,devon tartib bergan.Alisher Navoiy shoirning ‘’turkcha devoni ham mashhurdir’’,--deya ta’kidlaydi.Shoir devonlarining bir necha qo‘lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan.Bizgacha shoirning qariyb 4 asr davomida ko‘chirilgan turkiy devonining 33qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan.Ular Toshkent,Dushanbe,Istambul,Tehron,London,Parij,Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.Lutfiyshunoslarning aniqlashiga ko‘ra,shoir she’rlarining umumiy miqdori 2774bayt yoki 5548 misradan ortiq.Ularning asosiy qismini g‘azal janri namunalari tashkil etadi.Mavlono Lutfiy devonining hozirgacha ma’lum nusxalarida 372 g‘azal,3qasida,115 to‘rtlik,60fard va ruboiy,tuyuq,qit’a kabi janr namunalari uchraydi.
‘’Alisher Navoiyning ‘’Badoye’ ul-bidoya’’asarida besh muxammas keltirilgan bo‘lib,shulardan uchtasi Lutfiy g‘azaliga bog‘langan.Ulardan biri

Ko‘ktadur har dam fig‘onim ko‘rgali sen mohni,

Da’vii mehringga tonuq tortadurmen ohni.

Lutfiyning matla’li g‘azaliga bog‘langan. G‘azal 7baytli bo‘lib,7 baytdan 5 bayti olingan va 3-bayt 4-o‘rinda keladi.5-6-baytlar tushirib qoldirilgan.

2-muxammas Lutfiyning:

Laylat ul-me’rojning sharhi sochi tobindadur,

Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.

Matla’dayoq ma’lum bo‘ladiki,Lutfiy g‘azalining lirik qahramoni go‘zallikda tengsiz yor.Uning tundek qora sochi zamiriga me’roj kechasining sharhi yashiringan,mehrobdek qoshi esa qoba qavsayn oralig‘idagi masofani yodga soladi.Bu o‘rinda Mavlono Lutfiy yor tasviri asnosida payg‘ambarning me’roj tunida Holiq huzuriga ko‘tarilishi va Yaratgan bilan rasul orasidagi masofa ikki qosh oralig‘idek yaqin bo‘lganligi hodisasiga ishora qiladi.G‘azalning keyingi baytlari ham yor go‘zalligi ta’rifi bilan davom etib,uning shirin va jonbaxsh labidan salsabil (jannat bulog‘i) sargardon,Xizr va Iso Masihlar xijolatda ekanligi ta’kidlanadi.Shu tariqa g‘azal baytlari yor ta’rifi tarzida davom etadi.Taxmisga asos bo‘lgan Lutfiy g‘azali,aslida,hajman 7 baytdan iborat.Ammo taxmis bog‘langanda uning ikki bayt qisqartirilib,5 band holiga keltirilgan.

Navoiyning Lutfiyga bog‘langan 3-taxmisi

Ey,soching shaydo ko‘ngullarning savodi a’zami,

Halqa-halqa ruxning sarmanzilidur har xami

ma’tlali g‘azaliga muxammasida Navoiy 4-baytni 3-bayt qilib olgan va maqta’ni

Lutfiyni boshtin yana tirguzsang ,ey Isonafas,

Kim yetibdur,vah,ani o‘lturg‘ali hijron g‘ami

tarzida beradi.’’Ushbu muxammaslar Navoiyning ‘’Badoe’ ul-bidoya’’ devonida keltirilgan.Shunga ko‘ra ,bu muxammaslar 1465-80-yillar o‘rtasida yozilganligi namoyon bo‘ladi.Bundan tashqari, manbalarda Navoiy Lutfiy g‘azallariga tatabbu va javobiyalar ham yozgan ,ammo bu ishlar o‘z tadqiqotchilarini topmagan.
Lutfiy g‘azaliyotidan olingan she’riy parchalar aruzning turkiy bahrlari va vaznlarining tahlili va tadqiqi munosabati bilan berilgan.Bu she’riy parchalar yana shu jihatdan ahamiyatliki,Bobur bu baytlarni Lutfiy yashagan yoki unga yaqin davrda ko‘chirilgan shoir devonining qo‘lyozma nusxalaridan olgan.Bu jihatdan ham Bobur misol keltirgan Lutfiy g‘azaliyotiga doir baytlar matn nuqtai nazaridan ilmiy ahamiyatga egadir. Bulardan tashqari, ‘’Aruz risolasi’’da misolga olingan baytlarning deyarli barchasi Lutfiyning bizgacha yetib kelgan devonining qo‘lyozma nusxalarida uchrashi bilan birga ,ba’zilarida uchramaydi .Shuni aytish kerakki,Bobur o‘zi misol keltirgan har bir bayt yoniga uning muallifi nomini ,taxallusini,shu jumladan Lutfiy nomini ham izchil va aniq ravshan yozib qo‘ygan.Lutfiy ijodini va undan namunalarni Boburdek nihoyatda iste’dodli shoir va yirik olim tadqiqotida tahlil va tadqiq etilishi adabiyotshunoslikda Lutfiy merosini nazariy jihatdan o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho manbadir.’’2

Shoir g‘azallarini turli xil mavzuiy guruhlarga ajratishimiz mumkin.Ular:

1.Oshiqona.

2.Diniy-tasavvufiy.

3.Rindona.

4.Axloqiy-ta’limiy mavzudagi g‘azallar.

5.Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar.

Shoirning ‘’Ey jamoling shami’ xurshidu qamar parvonasi’’,’’Ey sochingning soyasinda oftobi xovar’’,’’Mahvashim,bir nazar etsang,ne nimang o‘ksugusi’’,’’Bir tabassum birla la’ling meni xushnud etti’’,’’Kelmadi sentek jahonda dilbari ayyorae’’,’’Ey malaksiymo pari ishqing elindin oh-oh’’,’’Oy yuzung olida xijil husn eli Rumu Chin aro‘’ deb boshlanuvchi g‘azallari tamoman oshiqona ruhda bitilgan.

Muhabbat- Lutfiy g‘azaliyotining asosiy mavzusidir.Shoir mana shu azaliy mavzu atrofida hayotdan zavqlanish,olam go‘zalligidan bahramand bo‘lish,odamiylik,saxovat va yuksak insoniy fazilatlar :mehr,vafo,sadoqat kabilar haqida keng mushohada yuritadi. Shoir g‘azaldagi asosiy obraz ma’shuqani original baytlarda tavsif etadi.Shoir lirik obrazlarining turli holat va kayfiyati,kechinmalarini hayotiy misollar vositasida tasvirlaydi,bundan tashqari shoir g‘azallarida ijtimoiy-siyosiy mavzular haqida ham fikr yuritadi.Shoir g‘azallarining aksariyati ma’shuqa tavsifiga bag‘ishlangan.

Chu zulfungizdin bog‘ladim tarsolar bikin,

Imonim ortar dam-badam ,bu ne ajab zunnor erur?
Shoir zunnor timsolidan mahorat bilan foydalanib,uni yor zulfiga tashbeh etarkan,tarsolar singari bu zunnor –zulfni bog‘laganida Haqqa bo‘lgan iymon-e’tiqodi tobora ortib borishi sababidan ajablanadi.Ma’shuqa labining jon baxsh etishi oldida shunday a’mol sohibi bo‘lgan Iso Masihning uyalishi talmeh san’atining ajoyib namunasi bo‘lib,Lutfiy g‘azalda ilgari surgan ilohsevarlik g‘oyasining badiiy ifodasiga g‘oyatda mos keladi.

Ey pari yuzluk begim,jonlar fido bo‘lsun sanga,

Dunyada husn oti bor erkan,baqo bo‘lsun sanga.(11-bet)1

Shoirning ushbu g‘azali ham oshiqona ruhda bo‘lib,yorni pariga mengzash orqali shoir o‘z jonini fido qilishga ham tayyor ekanligini oshkor etadi.Dunyoda husn bor ekan, u yorda abadiy bo‘lishini tilash orqali o‘zining yorga hayrixoh ekanligini namoyon etadi.

Suratingni kim ko‘rdi,qildi jono,jon fido,

Siyratingg‘a xud qilur olib farishta iqtido.(15-bet)


Sharq falsafasida surat va siyrat masalasi azaldan muhim mavzu bo‘lib kelgan.Odamning tashqi ko‘rinishiga qarab emas,balki ichki olamiga,ma’naviy qiyofasiga e’tibor asosiy o‘rin egallagan.Bu mavzu xalq og‘zaki ijodi janrlari uchun ham bosh mavzu hisoblanadi.’’Suratga emas, siyratga boq’’maqoli buning dalilidir.Bu mavzu she’riyatga ham ko‘chgan.Lutfiyning yuqoridagi g‘azalida yorning tashqi qiyofasini kim ko‘rgan bo‘lsa,jon fido qildi.Siyratidan esa farishta ham ko‘p bora unga taqlid qildi. Shoir bu baytda mubolag‘adan o‘rinli foydalangan holda go‘zal tashbehlar yarata oldi.
Shoir ijodida Ollohga hamd va payg‘ambarimizga bag‘ishlangan na’t g‘azallar ham talaygina.Zero, ‘’Zihi zuhuri tajalli yuzung safosinda’’,’’Pardadin chiqti-yu,zohir qildi rahmon suratin’’,’’Zihi sarv ustida yuzung qamardek’’,’’Ey oyati rahmat yuzungiz sha’nida nozil’’ deb boshlanuvchi g‘azallari diniy-tasavvufiy ruhda yozilgan.

Zihi sarv ustida yuzung qamardek,

Qani bir shoxi gul sen siymbardek.(123-bet)2

Lutfiyning ushbu g‘azali Ollohga hamd tarzida bitilgan.Olloh jamolini oyga qiyoslagan holda uning sarvdek tik ekanligini ham aytib o‘tadi.U bebaho deya ta’kidlab,unga teng keladigan hech bir jonzot yo‘qligini ham aytib o‘tadi.

Shoir ijodida rindona ya’ni may ta’rifidagi g‘azallar ham uchrab turadi.

Soqiyo,ko‘nglum tutuldi aqli nofarjomdin,

Sog‘are tutqil,meni qutqar g‘ami ayyomidin.(207-bet)1

Rindona g‘azallarga xos an’anaviy xususiyatlardan biri soqiyga murojaat tarzida namoyon bo‘ladi.Lirik qahramon noxushliklardan ko‘ngli buzilib soqiyga murojaat etadi. U uchun sog‘ar-may bu g‘am-anduhlarni ketkazishga qodir kuch.Shoir ijodida bu mavzuga ko‘p bora murojaat etganligini ko‘rishimiz mumkin.

Sharq mumtoz adabiyotida pand –nasihat,axloqiy mavzu yetakchi o‘rin egallagan.Shoirning

Ey,jafochi,tut g‘animat ko‘rkning davronini

Kim,kishi topmaydurur bu davrning poyonini.(265-bet)2

Shoir bu g‘azali orqali inson umri o‘tkinchi ekanligini ta’kidlaydi va undan o‘rinli foydalanish, vaqtni behuda o‘tkazmaslik,hayrli amallar va savob ishlar qilishga undaydi.Malik ul-kalom g‘azallarida tabiat tasviri vositasida she’r qahramoni ichki kechinmalarini ifodalagan


Yoz fasli barcha shod-u ko‘nglumiz g‘amnok erur,

Gul bikin jon ko‘nglaki hijron elindin chok erur.(51-bet)3

Shoir she’rlari uslubiy ravon va muxtasarlikka asoslangan.Shoir g‘azallarida tazod,tashbeh,talmeh,irsoli masal,mubolag‘a,talmeh, iyhom va boshqa ko‘plab badiiy san’at namunalaridan ustalik bilan foydalanadi va go‘zal baytlar yarata oladi.

Mehringdin ,ayo,oy-u falakka yetar ohim,

Qilmas,netayin,ko‘nglunga bir zarra siroyat.(29-bet)1

Lutfiy bu baytda mubolag‘aning g‘uluvv turidan foydalangan holda go‘zal bayt yaratganligini ko‘rishimiz mumkin.Ya’ni yorning mehridan oshiqning ohi falakka-da yetadi ammo bu yorning ko‘ngliga zarracha ham ta’sir etgani yo‘q.Oh-u fig‘onning falakka qadar yetishi bu aqlga sig‘maydigan holat bo‘lib ,shoir bu bayt orqali o‘zining ahvolini bayon qiladi.Lutfiy o‘zining


Ul la’li labing birla tishing turfa tushibdur,

Kim ko‘rgali bor shakli surayyo shafaq ichra(221-bet)2

misralarida yor labini la’lga o‘xshatadi va tashbih san’atidan ustalik bilan foydalanib bayt mazmununi boyitadi.

Nargis ko‘zungning o‘xshashi qaysi chamanda bor?

Yuzung tarovati qachon, ey gul,sumanda bor?(102-bet)3

Baytidan shoirning maqsadi ma’shuqa ko‘zini chamandagi nargisga,yuzini gulga,sumanga o‘xshatishdir.O‘zini bilib bilmaslikka solish bilan shoir o‘xshatmasdan go‘yoki so‘rayotgandek bo‘lib ko‘rinmoqchi, xolos.Bu bayt orqali shoir tajohuli orif ya’ni ‘’bilib bilmaslikka olish’’ san’atidan foydalanib,g‘azal badiiyatini boyitadi.


Lutfiy mumtoz adabiyotda irsoli masal ‘’maqol kiritish’’ya’ni,she’riyat va nasrda ifodalanayotgan biron fikrni isbotlash uchun xalq maqolini keltirish san’atidan eng unumli foydalangan shoir hisoblanadi.U o‘zining ‘’Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu…’’g‘azalida boshidan oxirigacha irsoli masal qo‘llash san’atidan mahorat bilan foydalangan.Bu baytlarning badiiy-estetik jozibasini ta’minlashga xizmat qiladi.Bir qofiya tizimiga tushadigan shuncha maqolni topib,ularni ustalik bilan qo‘llashi shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi.

Lutfiy o‘zbek adabiyoti tarixiga o‘zining betakror g‘azallari,yuksak badiiyat namunalari bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.Lutfiy ijodiga bo‘lgan qiziqish ,uning ijodining ta’siri faqat O‘rta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga ham yetib borgan.


Boshqa ko‘plab janrlarda ijod etgan Lutiy qit’a janrida ham o‘z ijod yo‘liga ega. Lutfiy devonining asosiy qismini g‘azal janri tashkil etgani holda,qit’a janri uncha ko‘p o‘rinda uchramaydi.’’Devon’’1 uning butun umri davomida yaratgan lirik asarlarini qamrab oladi.Ushbu devonida g‘azal ,ruboiy,qit’a,tuyuq, va fardlaridan iborat ona tilida yaratilgan she’rlaridan tashqari fors-tojik tilida yaratilgan ijod namunalari ham keltirib o‘tilgan.Shoir ‘’Devon’’ida qit’alar soni 9ta.Ularning deyarli barchasi ishq-muhabbat,yorga oshiqlik tarzidagi mavzulardan iborat. Shoirning ‘’Aqlu jonning ofati,din g‘orati’’deb boshlanuvchi qit’asi ijtimoiy mavzudagi qit’a namunasi bo‘lsa,’’Bermagil derlar vafosizg‘a ko‘ngul’’,’’Zoti pokingni ko‘rub aytur falak’’,’’Ey qaroqchi ko‘zli dilbar,o‘yla bil’’,’’Ishqing o‘ti jon uyig‘a tushgali’’,’’Ko‘rmadi inson munungdek nozanin’’ deb boshlanuvchi qit’alari oshiqona mavzuda yozilgan.’’To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi’’ deb boshlanuvchi qit’asi esa hasbi hol tarzida bitilgan.

Shoir qit’anavislikda o‘z badiiy mahoratini ifodalashda,so‘z qo‘llashda o‘ziga xos badiiy uslubini namoyon qila olgan.

Bermagil derlar vafosizga ko‘ngul,

Kim,aning no‘shindin ortiq neshi bor.

Uzmagaymen la’lidin o‘lsam umid,

Jon mening jonim,kishining neshi bor.(351-bet)1

Ushbu qit’a Lutfiyning mashhur qit’alaridan biri sanaladi.Uning mazmuni quyidagicha: vafosizga ko‘ngil bermagil chunki,uning vasliga yetmoqchi bo‘lsang,(nesh) achchiq og‘udan boshqa narsa topmaysan deydilar.Lirik qahramon esa o‘z maqsadida sobit turib olgan. O‘lsamam ma’shuqa visolidan umid uzmayman ,jon meniki odamlarning nima ishi bor?Shoir bu qit’ada nesh so‘zini 2xil ma’no ( zahar ,o‘g‘u va nima ishi) da qo‘llab,so‘z tanlashdagi yuksak iqtidorini namoyon eta olgan.Ya’niki, bu tajnis so‘zlar vositasida shoir qit’aning badiiy darajasini yanada oshirgan.Shoir qit’alarida har bir kichik detalgacha e’tibor bilan yondashgan ,ya’niki, Lutfiy lutfidan har bir misra lutf topgan.
Shoir ijodida ishq-muhabbat mavzusi doimo yetakchilik qilib kelgan.Lutfiy she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bir mavzu zamiriga yana bir mavzuni ustalik bilan singdirishdan iborat.Masalan:

Aqlu jonning ofati,din g‘orati,

Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur.

Ketmadi savdosi hargiz boshtin,

Rost ayturlarki, ‘’Davlat boshdadur’’.(351-bet)

Bu qit’a bir qarashda ishq –muhabbat mavzusidagi she’rga o‘xshab ketadi.Ammo uning mohiyatiga chuqur e’tibor berilsa,qit’a tarkibiga kiritilgan ‘’Davlat boshdadur’’masali zamirida bir qancha mazmun ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin.Aql va jonga ofat keltiradigan,dinni vayron qilish ko‘z bilan qoshning odatidir.Yor savdosi boshdan hech ketmaydi,’’Davlat boshdadur’’deb rost aytadilar.’’Davlat boshdadur’’ maqoli ‘’Aql va davlat boshda’’maqoliga teng keladi.Hamma narsa insonning aqlidan quvvat olib o‘sadi.Davlat,boylikning inson qo‘lida to‘planishi aql mahsulidir ya’ni davlat aql bilan to‘planadi.Shoir bu qit’ada yor vasli orzusi bilan birga ijtimoiy mavzularni ham singdirib o‘tadi.

Shoir qit’alarida o‘z hayoti bilan bog‘liq shodlik ,xursandchilik holatlarini ham yuqori pafosda namoyon etadi.

To‘ng‘a sig‘masmen farahdin gul kibi ,

Kelsa ul sarvi ravon bir-bir manga.

Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim,

Shukrillahkim,kelur bir-bir manga.(351-bet)

Bu qit’a shoirning o‘z hayotidan mamnunligini,hayot yo‘lida hamma narsa izga tushib, asta-sekin o‘zgarib borayotganini bayon etadi.Shoir bu uchun Allohga shukrlar keltiradi va bu orqali o‘zining solih shaxs ekanligini ham namoyon etib boradi.Shoirning ma’shuqadan shikoyat etgan o‘rinlari ham mavjud.

Furqatingdin bo‘lmisham zoru zaif,

Tengri uchun, mundin ortiq qilma zor.

Chun mening qonimni to‘ktung hajr ila,

O‘z eshiging tegrasinda qil mazor.(351-bet)

Bu qit’ada ma’shuqa hajrida ado bo‘lgan oshiq yorning bu jabrini tugatishini so‘raydi.Yorning o‘zi uchun tugatmasa-da, Alloh uchun tugatishini so‘raydi.Oshiq sevgi va sadoqat bobida shunchalik yaktoki,yor hajrida bu dunyoni tark etsa ham ma’shuqa eshigini o‘ziga mozor qilishni istaydi.Oshiq yor hajrida qancha qon to‘kmasin, baribir ma’shuqa uchun jonini fido qilaveradi.
Darhaqaqiqat,shoir qit’alari mavzular olami rang-barang va beqiyos. Lutfiy qit’alarida yorga oshiqlik,vafo,sadoqat,hajr azobi,yordan shikoyat,o‘z hayotidan mamnuniyat,shodlik,quvonch kabi mavzular yoritilgan.Shoir qit’alari yuksak badiiyat namunalaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Karimov I.A.’’Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch’’.T.:’’Ma’naviyat’’,2008.
2.Lutfiy ‘’Sensan sevarim…’’.T.:’’G‘afur G‘ulom’’,1987.
3.Alisher Navoiy ‘’Majolis un-nafos’’.MAT,20jildlik.13-jild.-T.:’’Fan’’,1997.

4.Ahmadxo‘jayev E.’’Turkiy nazmning sehrgari’’.T.:’’Fan’’,1992.


5.Erkinov S. ‘’Lutfiy’’.T.: ‘’Fan’’,1965.
6.Ahmadxo‘jayev E.’’Boburning ‘’Aruz’’ risolasida Lutiy g‘azaliyotidan namunalar’’.T.:’’Adabiy meros’’4(24)-son,1982.
7.Haqqulov I. ‘’Qit’a va g‘azal munosabatiga doir’’.T.:’’O‘zbek tili va adabiyoti’’,1978,6-son.
8.Sirojiddinov Sh.va boshqalar. ‘’Navoiyshunoslik’’,1-kitob.T.:’’Tamaddun’’,2018
9.Atoulloh Husayniy ‘’Badoyi’ us-sanoyi’’.T.: ‘’G‘afur G‘ulom’’,1981.
10.Hojiahmedov A. ‘’She’riy san’atlar va mumtoz qofiya’’.T.: ‘’Sharq’’,1998.
11.Hojiahmedov A.’’Mumtoz badiiyat malohati’’.T.: ‘’Sharq’’,1999.
12.Hojiahmedov A. ‘’She’r san’atlari’’.T.: ‘’Sharq’’,2001.
13.G‘aniyeva S. ‘’Mavlono Lutfiy Navoiy nigohida’’.T.: ‘’O‘zbekiston adabiyoti va san’ati’’,2010,5-son.
14.Vohidov R.,Eshonqulov H. ‘’O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi’’.T.:’’O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti’’,2006.
15.Is’hoqov Y.’’So‘z san’ati so‘zligi’’.T.:’’Zarqalam’’,2006.


Download 23,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish