Yaxshilangan sovutish tizimi. Protsessor va xotira qurilmasining konstruksiyasi joylashtirilishi shunday amalga oshirilganki, u butun tizimni maksimal sovutish imkonini beradi. ATX spetsifikatsiyasida g‗ilof ichida havoning bosimini kamaytirishga olib keladigan purkash kabi ishlaydigan ventilator afzal ko‗rilgan. Ko‗pchilik ishlab chiqaruvchilar ATX ta‘minot blokini tizimdan havoni so‗rib oluvchi ventilator bilan birgalikda ishlab chiqaradilar, ya‘ni manfiy bosimli konstruksiyani taklif qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |