Mikroprotsessorlar.
Mikroprotsessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU),— dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funksional tugallangan qurilma bo‗lib, u bitta yoki bir nechta katta yoki juda katta integral sxemalar ko‗rinishda tayyorlangan.
Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:
asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o‗qish va deshifrlash (ochish);
ma‘lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TQ) adapterlarining registrlaridan o‗qish; • so‗rovlarni va
buyruqlarni adapterlardan TQ, larga xizmat ko‗rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash;
ma‘lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TQ, adapterlarining registrlariga yozish;
ShK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish.
Mikroprotsessor qiymatlar shinasining razryadliligi ShK ning razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi.
Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo‗lib, u bevosita Mikroprotsessor tomonidan adreslanishi mumkin.
Birinchi MP 4004 Mikroprotsessori Intel firmasi (AQSh) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli Mikroprotsessorlar chiqarilmoqda, lekin eng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o‗xshash firmalarning Mikroprotsessorlaridir.
Shaxsiy kompyuter tarixida protsessor har doim tizim plataning uyasida yoki maxsus ulanish joyga qo‗shiladigan katridjda joylashgan. Issiqlikni qaytaruvchi elementlar (IQE). Zamonaviy protsessorlarning ko‗pchiligi o‗zidan katta issiqlik ajratadi. Bu issiqlik bartaraf etilishi kerak, aks holda kompyuterning bir maROMda ishlay olmasligi yoki to‗xtab qolishi yuz berishi mumkin. IKE larning ikki turi mavjud: passiv (PIQE) va aktiv (AIQE). Passiv
issiqlikni qaytaruvchi elementlar (PIQE) – bu protsessorga ulanuvchi yoki yopishtiriluvchi (o‗rnatiluvchi) metall (odatda, aluminiy) bo‗laklaridir. Ular protsessor elementlaridan chiqayotgan issiqlikni tarqatishga yordam berib, radiator vazifasini o‗taydi. PIQE sinmaydi. Ba‘zan PIQE va protsessor o‗rtasidagi havo almashinishini yaxshilash uchun issiqlik o‗tkazuvchi surma yordamida havo tirqishlarini bartaraf etish kerak. Bu issiqlikni maksimal darajada qaytarish imkonini beradi. Aktiv issiqlikni qaytaruvchi elementlar (AIQE) – bu ventilatorlardir. Ular PIQEga nisbatan sifatliroq sovutishni ta‘minlaydi, biroq qo‗shimcha elektr energiyasini talab etadi va yuqori ishonchlilikka ega emas. Ventilatorlarda ko‗pincha arzon mexanizmlardan foydalaniladi, shuning uchun ham ular tez buziladi, bu esa protsessorning tez qizib ketishiga va tizimning ishdan chiqishiga olib keladi.
Eskirgan kompyuterlarning ayrimlarida mikroprotsessor shinaga ulangan tizim platasidan alohida chiqarilgan edi.
Intelning paydo bo‗lishi bilan ZIF uyalarida hech bir qiyinchiliksiz 386 protsessorlar tizim platasiga qo‗yila boshladi yoki modernizatsiyaga mo‗ljallangan OverDrive qo‗shimcha uyalarga qo‗yildi.
Pentium II, Pentium II XEON va Pentium III larning paydo bo‗lishi bilan protsessorlar bir tomonlama kontaktlari bilan germetik, to‗g‗ri to‗rtburchakli katridj joylasha boshlandi. Unda protsessorlardan tashqari ikkinchi darajali kesh-xotira va yordamchi mikrosxemalar joylashdi. Katridj ulanish joylariga qo‗shiladi. Inter celeron, Pentium III va Pentium 4 protsessor lari tizim platasining ustidagi uyaga qo‗shiladi. Ular ikki versiyada mavjud:
ATX tizim platadagi Slot 1 ulanish joyi.
ATX tizim platadagi Slot 1 ulanish joyi Pentium II protsessorni o‗rnatish uchun mo‗ljallangan. Radiator va ventilatorni ushlab turuvchi barcha tizim plataning yuqorida joylashgan oyoqchalarga biriktiriladi.
Analogik ravishda AMD kb protsessorlari socket 7 gorizontal uyasiga qo‗yiladi. Ko‗rsatilgan katridj Slot 1 ulanish joyiga, qo‗shimcha plata sifatida, joylashtiriladi.
Analogik katridjni Pentium III va ba‘zi bir modellarni ham ishlatishadi.
Ikki taraflama qisqichlar mavjud bo‗lgan Pentium II protsessorning katridji.
Ma‘lumki, qancha katta chastota bilan mikroprotsessor ishlasa, shuncha ko‗p issiqlik chiqaradi. Birinchi kompyuterlar sekin ishlaganliklari sababli, uncha qizib ketishmagan. Ularni sovutish uchun elektr ta‘minot blokida bitta ventilator kifoya edi. Havo korpusning oldingi paneli teshiklaridan surilib, orqa panelidan chiqarilar edi.
Kuller (ventilator va radiator kombinatsiyasi) Pentium II protsessorning katridjiga ulanadi. Elektr ta‘minot ventilatorga maxsus ulanish joylar orqali uzatiladilar.
Pentium III protsessorni sovutish, uning o‗ziga mahkamlangan kuller ishlatiladi.
Bunday vazifa 4,77MGHz dan 66MGHz chastotasida ishlovchi protsessor uchun effektiv hisoblangan. (486 DX2 protsessorlar uchun).
Ammo, 100MGHz chastotasida ishlovchi mikroprotsessorning paydo bo‗lishi bilan, undan chiquvchi issiqlik faqatgina mikroprotsessorlarning o‗zini ishiga emas, balki
boshqa komponentalarning normal ish tartibiga halaqit bera boshlaydi. Ushbu muammoning 3 yo‗li bor.
Radiatorni protsessorga qo‗yish. Bunda metaldan qilingan moslama issiqlikni yutib, tizim ventilator chiqarayotgan havo oqimiga chiqaradi.
Qo‗shimcha ventilator qo‗shish. Aylanuvchi ventilator issiqlikni yutib, protsessorni sovutadi. Ayrim hollarda ventilator radiator bilan birga ishlatiladi.
Tizimni yuqori sovutish. Zamonaviy kompyuterning korpusiga, ya‘ni oldingi yoki orqa panelga, elektr ta‘minot bloki yoniga va mikrosxemaning o‗ziga qo‗shimcha ventilator qo‗yish mumkin. Qizib ketishning eng yaxshi yo‗li bu to‗g‗ri loyihalashtirilgan korpusli kompyuter sotib olish va ishlab chiqaruvchining qo‗shimcha sovutish bo‗yicha maslahatlarini olishdir.
Bu, Pentium IB protsessor asosidagi, zamonaviy kompyuterda 1.8 GGHz protsessor va uning mikrosxemalar to‗plami katta radiator tagida joylashgan. Radiator esa plastik qobig‗i bilan yopilgan va uning ichidagi issiq havo, ventilator yordamida tashqariga chiqib ketadi.
Maxsus sovutish qurilma namoyish etilgan. U 3.5 dyuymli bo‗limga o‗rnatilgan bo‗lib, vertikal korpusning oldi tarafdagi xavoni tashqariga tortib chiqazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |