Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana08.02.2022
Hajmi0,66 Mb.
#435716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarix javoblar1

1.
 
O’zbekiston tarixini o’rganishning uslubiy asoslari. 
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining 
metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston 
tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi 
nufuzining ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy 
tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga 
xizmat qiladilar. 
Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va 
haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini 
qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik 
mukammal qilib belgilay oladilar. 
Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har 
tomonlama to‘g‘ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi 
tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida aks 
ettirish bilan birga, ularni bilish va o‘rganish, yozishning eng qulay, to‘g‘ri hamda 
maqsadga muvofiq yo‘li-usullarini belgilaydi. Umuman olganda, tarix falsafasi tarix 
sabog‘i va tajribasidan kelib chiqib, belginlangan obyektiv xulosadir. Lekin, bu 
obyektivlik subyektiv xarakter va mazmun hamda mohiyatga ega bo‘ladi. Chunki har 
bir subyekt, ya’ni olim o‘z intellektual bilim salohiyati, tafakkur doirasidan kelib chiqib, 
obyektivlikka harakat qiladi. 
Buning uchun esa, tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o‘rganish 
obyekti (ma’lum mavzu) evolutsiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri bilishi, tahlil 
qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan 
haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu 
tarixiy haqiqatlarni ro‘yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri 
yo‘l ko‘rsatuvchi dasturamaldir. Eng qisqa va tushunarli qilib aytsak, umuman 
metodologiya fanlarning fani ya’ni dirijori. 
Dastlabki paytda hozirgi mustaqil davlatlar hamjamiyati tarkibidagi sobiq 
ittifoqdosh mamlakatlar, shuningdek, O‘zbekistonda ham g‘oyaviy-nazariy, 
mafkuraviy-falsafiy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu esa, o‘z-o‘zidan boshqa mamalakatlarda 
bo‘lganidek, bizning Vatanimiz – O‘zbekiston tarixi fani uslubiyati (metodolgiyasi) 
qayta ishlanishi, aniqrog‘i, butunlay yangidan yaratilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga 
aylantirib qo‘ydi. 
Bu o‘ta muhim ilmiy –amaliy masalani ishlab chiqish, o‘z-o‘zidan tarixchi va 
boshqa olimlar eski, majburan, qon va qatag‘onlik bilan singlirilgan kommunistik g‘oya, 
ta’limot va mafkuradan holi bo‘lishi uchun tarixan o‘tish davrini talab etishi tabiiy bir 
hol bo‘ldi. Mana shuning uchun ham istiqloldan so‘ng tarix va boshqa gumanitar 


fanlardan yozilgan dastlabki darsliklarda bu fanlarning metodologik ilmiy –nazariy va 
g‘oyaviy asoslari hamda usullarini ko‘rsatishning iloji bo‘lmadi. 
O‘tgan istiqlol yillarida tarixchi olimlarimiz Vatanimiz tarixini butunlay yangidan 
o‘rgandi va o‘zlashtirdi, uni darsliklar asosida qayta yozishga muvaffaq bo‘ldilar. Bir 
qator monografik asarlar yozildi va eng dolzarb mavzularda o‘nlab ilmiy tadqiqot ishlari 
olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi. 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va hukumat Vatan tarixini qayta yozish va 
uni asosiy tarbiya quroliga aylantirish uchun «yangi tarix» g‘oyasini olg‘a surdi. 
O‘zbekiston tarixi yetakchi fan sifatida maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida ilk 
bor, keng miqyosda, eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o‘rganila boshlandi. 
Bularning samarasi o‘laroq, keyingi paytda O‘zbekiston tarixi fani 
metodologiyasini yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Avvalo, metodologiya haqida 
to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy ma’nosi grekcha «methodos» va «logos» degan 
ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish