Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/211
Sana27.09.2021
Hajmi1,68 Mb.
#187281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
kasbiy pedagogika fanidan maruzalar matni

K I R I SH 
 
O`zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mustaqilligiga 
erishib, 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
rivojlaninshning  o`ziga  xos  yo`lini  tanlashi  kadrlar  tayyorlash  tuzilmasi  va  mazmunini  qayta  tashkil 
etishni dolzarb vazifa qilib qo`ydi. Bu muhim vazifani hal etishda kadrlar tayyorlash milliy modelining 
muhim tarkibiy qismi – yangi tipdagi o`quv muassasasi bo`lgan kasb-hunar kollejlari alohida ahamiyat 
kasb etadi. 
O`zbekiston  Respublikasining  “Ta`lim  to`g`risida”gi  Qonuni  hamda  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi”da o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limini  yangi tipdagi ta`lim muassasi sifatidagi rivoji, pedagog 
kadrlarni  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  kabi  masalalarga  alohida  e`tibor  qaratilgan.  Bu 
masalalarni  hal  etishda  kasb-hunar  kollejlarida  ishlab  chiqarish  ta`limini  tashkil  etish,  ta`lim 
metodlarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish davr talabi bo`lib qolmoqda.  
Kasb-hunar kollejlari tegishli davlat ta`lim standartlari doirasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi 
beruvchi o`quv muassasasi bo`lib, u o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko`nikmalarini 
chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisosni beradi. 
Kasb-hunar  kollejlarining  o`quv  jarayoni  ishlab  chiqarish  ta`limi,  tarbiyaviy  soatlar,  darsdan 
tashqari  tarbiyaviy  tadbirlaridan  iborat  bo`lib,  ularning  yahlit  pedagogik  jarayon  sifatida 
takomillashtirilishi amaliy tajriba-sinov ishlari natijalariga ko`ra belgilanadi. 
Bu  jarayon  kasb-hunar  kollejlarida  tegishli  yo`nalishdagi  mutaxassislik  fanlarini  o`qitish  va 
ishlab  chiqarish  ta`limi  (mutaxassislik  fanlari  bo`yicha  laboratoriya  va  amaliy  mashg`ulotlar, 
mashinalarni boshqarishga o`rgatish, o`quv va ishlab chiqarish amaliyoti) ni yuqori metodik saviyada 
o`tish  orqali  amalga  oshiriladi.  Mashg`ulotlarning  qayd  etilgan  tashkiliy  shakllari  o`quvchilarni 
tanlagan mutaxassisliklari bo`yicha amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladigan kasbiy ta`lim natijasida nazariy bilim, ko`nikma va 
malakalar  tizimi  shakllantiriladi,  ishlab  chiqarish  ta`limi  jarayonida  esa  o`quvchilar  asosan  amaliy 
kasbiy ko`nikma va malakalarni  egallaydilar. Bu ikkala mushtarak jarayon mahsuli sifatida muayyan 
kasb va malakaga ega bo`lgan kichik mutaxassisni tayyorlash ta`minlanadi. 
Zamonaviy mutaxassis o`z kasbiy faoliyati sohasidagi  yangiliklarni egallab borishi, istiqboldagi 
taraqqiyot  yo`nalishlari  hamda  yuzaga  keluvchi  muammolarni  echish  yo`llarini  ko`ra  bilishi  lozim. 
Bunday  talablar  darajasidagi  mutaxassisni  tarbiyalash  uchun  kasb-hunar  kollejlarida  ishlab  chiqarish 
ta`limini  amalga  oshirishning  samarali  shakllari,  faol  metodlari  hamda  zamonaviy  vositalari 
majmuasini ishlab chiqish hamda ilmiy-metodik jihatdan asoslash lozim bo`ladi. 
Kasb-hunar  kollejlarida  malakali  kichik  mutaxassis  tayyorlash  ishlari  quyidagi  talablarga  javob 
berishi lozim: 
-  mutaxassislik  bo`yicha  davlat  ta`lim  standartida  belgilangan  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni 
shakllantirishga qaratilganligi; 
- ta`lim mazmunida ko`zlangan ta`lim-tarbiya maqsadi va vazifalariga mos kelishi
-  malakali  kichik  mutaxassis  tayyorlash  jarayonining  barcha  tarkibiy  qismlari  (nazariy 
mashg`ulotlar,  laboratoriya-amaliy  mashg`ulotlar,  ishlab  chiqarish  amaliyoti)  o`zaro  bog`liq  holda 
uzviy tashkillashtirilishi; 
-  kasbiy  ta`lim  berish  mazmunining  fan,  texnika  va  texnologiya  taraqqiyoti  darajasi  talablariga 
javob berishi. 
Bu  talablarni  bajarishda  ishlab  chiqarish  ta`limining  o`rni  beqiyosdir.  CHunki  ishlab  chiqarish 
ta`limining asosiy vazifasi - bo`lajak malakali kichik mutaxassislarni muayyan mutaxassislik sohasida 
amaliy  faoliyat  ko`rsatishga  tayyorlashdan  iborat.  U  esa  o`z  navbatida  nazariy  bilimlarni  amaliyotga 
tadbiq  etishga  o`rgatish,  zarur  bo`lgan  kasbiy  ko`nikma  va  malakalarni  shakllantirish,  o`z 
mutaxassisliklari  uchun  xos  bo`lgan  ishlab  chiqarish  jarayonini  rejalashtirish,  tayyorlash,  amalga 
oshirish, nazorat qilish va xizmat ko`rsatishga o`rgatishdan iborat. 


 

Ishlab  chiqarish  ta`limi  deganda  birorta  kasb  yoki  mutaxassislik  bo`yicha  amaliy  o`qitish 
tushuniladi.  Lekin,  hozirgi  kunda  bu  atama  bir  tomonlama  bo`lib,  kasb-hunar  kollejlarida  amalga 
oshiriladigan ta`lim-tarbiyaning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. 
Ishlab  chiqarish  ta`limi  jarayonida  mutaxassisliklar  bo`yicha  kasbiy  ko`nikma  va  malakalarni 
shakllantirish  uchun  ma`lum  texnologik,  tashkiliy-iqtisodiy,  nazariy,  texnikaviy  bilimlar  beriladi.  U 
o`z  mohiyatiga  ko`ra  nazariy  ta`lim  va  amaliy  mehnat  jarayonlarining  sintezidir.  Bu  holat  unga  har 
tomonlama majmuaviy yondoshuvni talab etadi. 
Qar  qanday  ta`lim  jarayoni  o`zaro  bir-birini  taqozo  etuvchi  o`qitish  –  o`qish  faoliyatini  ko`zda 
tutadi.  Bunda,  maxsus  ixtisoslik  fanlari  bo`yicha  mashg`ulotlarni  tashkil  qilishda  o`quvchi  faoliyati 
ikki tomonlama xarakterga ega, ya`ni nazariy bilimlarni o`zlashtirish hamda ularni qo`llashning amaliy 
ko`nikma  hamda  malakalarini  o`zlashtirish.  Ular  ta`lim  jarayonida  birlashadi  va  bir  butun  pedagogik 
jarayonni tashkil etadi. Ushbu xususiyat ta`lim berish jarayoni va metodlariga ham taaluqlidir.  
Ishlab  chiqarish  ta`limi  uzoq  tarixga  ega  ta`lim  berish  turi  bo`lib,  uzoq  davrlar  mobaynida  u 
bevosita  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida  amalga  oshirib  kelingan.  Yirik  sanoat  korxonalari  va 
rivojlangan  qishloq  xo`jaligining  paydo  bo`lishi  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlashni  talab 
qiladi,  bu  esa  o`z  navbatida  ishlab  chiqarish  ta`limini  o`qitish  jarayonini  alohida  ta`lim  turi  sifatida 
tashkillashtirilishiga olib keldi. 
Kasb-hunar  kollejlarida  o`qitish  jarayoni  mustaqil  va  o`zaro  bog`langan  nazariy  va  amaliy 
qismlarga  bo`linadi.  Amaliy  mashg`ulotni  yuqori  metodik  saviyada  o`tish  uchun  maxsus  fanlarning 
nazariy  qismi  talab  darajasida  o`qitilishi  lozim.  Ma`lum  sohada  kichik  mutaxassis  tayyorlashda 
o`quvchilarning  ishlab  chiqarish  mehnatiga  oid  nazariy  bilim,  amaliy  ko`nikma  va  malakalarini 
shakllantirish muhim masalalardan biridir.  
Respublikamizda  bozor  munosabatlari  o`tish  sharoitida  tobora  keng  ko`lam  olayotgan  yangi 
texnika  va  ilg`or  ishlab  chiqarish  texnologiyalarini  joriy  etish  davr  talabi  bo`lib  qolmoqda.  Bundan 
kelib  chiqqan  holda  bo`lajak  kasb  ta`limi  o`qituvchilari  uchun  zamonaviy  talablar  darajasiga  o`quv-
uslubiy  qo`llanmalar  yaratish  talabalarning  kasbiy  ko`nikma  va  malakalarni  shakllantirishda  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur  qo`llanma  ham  bo`lajak  kasb  ta`limi  o`qituvchilarining  ishlab  chiqarish  ta`limi 
metodikasi  borasidagi  nazariy  bilimlarini  puxta  egallashlariga  ko`maklashish,  amaliy  bilim  va 
ko`nikmalarini rivojlantirishga puxta zamin tayyorlashga qaratilgan. 
SHuningdek qo`llanma oliy ta`lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, soha 
tadqiqotchilari, aspirant va doktorantlar uchun qiziqarli manba bo`lib qoladi deb ishonamiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish