Tadqiqotning metodologik asoslari va tadqiq usullari. Til dalillariga
nazariy yondashuvning metodologik asoslari bo‗lmish dialektik mantiq hamda
dialektika kategoriyalari, tasavvufning gnoseologik ta‘limoti, xususan, uning
substansiya (zot) va aksidensiya (tajalli), juzv va kull kabi tayanch tushunchalari
asosida ish ko‗rish tadqiqotning falsafiy bilish yo‗llari hisoblanadi. Tadqiqot lison
va nutq hamda me‘yorni izchil farqlaydigan sistem tekshirish, komponent tahlil
usullari asosida bajarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |