maqsadga muvofiq bo‗lishiga qattiq ishonadi. Mana shu o‗rinda qahramon
ishonch va uni kuyunchalik bilan ifodalash ana shu so‗z zimmasida turibdi. Agar u
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. -Б.452. Ш.Раҳматуллаевнинг «Ўзбек тилининг этимологик
62
o‗z substansial qiymatdoshik uyasidagi boshqa so‗z bilan almashtirilsa, ifoda
mazmuni o‗zgaradi, subyektiv munosabat o‗rnini befarqlik ohangi egallaydi.
Binobarin, holbuki yordamchisida zidlashdan ko‗ra modallik ko‗proq
namoyon bo‗ladi. Shuning uchun ham uning ekspressivlik qimmati
uyadoshlarinikiga qaraganda yuqori turadi. Uning badiiy-publitsistik uslubga
xoslanuvining boisi ham shu: Jurnalda yoshlarga tarbiya va kengashni reklama
qilamiz, holbuki bir yosh yozuvchi yigirmalab asar yuborib bir og„iz maslahat
ololmaydi (A.Qahhor). Shu ma‘noda unga vaholanki elementi teng kelishi
mumkin: Vaholanki, shunday tahlil berilgandagina o„shanday ommaviy gazeta
sahifalarida bu tariqa narsalarni ketma-ket e‟lon qilishdan biron ma‟no chiqardi
(A.Qahhor) kabi.
Tahlillar bu tizimdagi vaholanki ning badiiy matnlardan ko‗ra publitsistik
asarlar uslubiga mos kelishini ko‗rsatadi. Bu esa so‗zdagi qat‘iyat, keskinlik
bo‗yog‗ining ustunligi va publitsistik janrning jangvorlik xususiyatiga muvofiq
kelishi bilan izohlanadi. Masalan: Alyumin zavodi, chegaraning ayrim qismlari
yuzasidan nizolar bo„yicha ham shunday yo„l tutildi. Vaholanki, bunda Tojikiston
davlatiga, xalqiga nisbatan zarracha salbiy gap aytilmadi («Yoshlik»).
Zidlovchi tizimida qarash mumkin bo‗lgan holanki so‗zi ham mavjud va u
O‗TILda vaholankining aynan o‗zi deb izohlangan.
41
Shunga ko‗ra ularni
variantlar sifatida qarashimiz mumkin. Ammo
holanki ning faqat badiiy uslubga
xoslanganligi va nihoyatda kam qo‗llanishi bu ikki elementni o‗zaro farqlashga
asos bo‗ladi.
Ushbu tizimdagi vositalarning tasviriylik va ekspressivlik darajasini aniqlash
maqsadida statistik tahlil o‗tkazishga to‗g‗ri keladi. Masalan, A.Qahhorning besh
jildlik «Asarlar» to‗plamida lekin – 1030, ammo – 369, biroq – 257 marta
qo‗llangani holda holbuki – 38 marta, vaholanki esa faqat 1 marta qo‗llangan.
Biron bir til elementining qo‗llanish chastotasidagi kamlikni ekspressivlikning
o‗lchovi deb baholash to‗g‗ri bo‗lmasa-da, holbuki va vaholanki qo‗llangan 39
holat ularda ekspressivlik mavjudligini ko‗rsatadi.
41
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. V жилд. -Б.549.
63
Ayiruv vositalardan bo‗lgan goh.., goh; xoh.., xoh; dam.., dam; bir.., bir;
ba‟zan.., ba‟zan… kabi ish-harakat, hodisaning galma-gal bo‗lishini anglatuvchi
turlari ham matnda turli pragmatik xoslangan ma‘nolarni yuzaga chiqaradi.
Masalan, tilimizda goh, xoh kabi o‗zlashma so‗zlar grammatizatsiyaga uchrab,
yuklamaga ko‗chgan. Til taraqqiyotning ma‘lum bosqichida esa bu so‗zlar
vositalik vazifasini bajara boshlagan. Natijada hozirgi tilimizda «ayiruv
vositalar»ning alohida guruhi shakllangan. Ayiruv vositalarining taraqqiyot
bosqichlarini shunday ko‗rsatish mumkin: arabcha yoki forscha mustaqil
Do'stlaringiz bilan baham: