Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi



Download 0,49 Mb.
bet5/66
Sana16.07.2021
Hajmi0,49 Mb.
#120964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
2 5472167542061534510

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanining asosiy maqsadi - milliy iqtisodiyotning sub’yektlari: firmalar, iste’molchilar hamda bozorlar faoliyati va ularning qaror qabul qilishi, makroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to‘g'risida talabalarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy kategoriyalar, bozor muvozanati, talab va taklif elastikligi, narx ustidan nazorat va bozor faoliyati, iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi, iste’molchi tanlovi nazariyasi, bozor va tavakkalchilik, ishlab chiqarish nazariyasi, ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatlashgan bozorlardagi firmalar, monopol bozorlarda firmaning qaror qabul qilishi, ijtimoiy ne’matlar va umumiy resurslar; makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo‘lish shakllari va sabablari, iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar orqali tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat maqsadlari, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosatni yuritish xususiyatlari to‘g'risida nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, makroiqtisodiy konsepsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat natijalarini bashorat qilish usullarini o‘rgatishdan iborat.



Iqtisodchilar uchun “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalarni talaba:

  • mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyotdagi asosiy tushunchalar;

  • talab va taklif, bozor muvozanati;

  • iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar;

  • bozor va tavakkalchilik holatlari;

  • bozor ko‘rinishlari va ularda firmalar faoliyati;

  • turli bozorlarda narxlarni shakllantirish;

  • tashqi ta’sirlar va davlat siyosati;

  • ijtimoiy ne’matlar va umumiy resurslar;

  • makroiqtisodiy siyosat;

  • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar;

  • ishchi kuchi va ishsizlik;

  • inflyatsiya;

  • iste’mol, jamg‘arish va investitsiya;

  • iqtisodiy o‘sish;

  • xalqaro savdo;

  • valuta kursi tushunchalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • talab va taklif, bozor muvozanatining o‘ziga xos xususiyatlarini;

  • iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozor samaradorligini aniqlashni;

  • talab va taklifning o‘zagaruvchanlik koeffitsiyentlarini hisoblashni;

  • iste’molchi tanlovi nazariyasi va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarni aniqlashni;

  • turli bozorlarda narxlarni shakllantirishni izohlashni;

  • ishlab chiqarish omillari bozorini tahlil qilishni;

  • tashqi ta’sirlar, bu borada davlat siyosati hamda ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslarni firmalar faoliyatiga ta’sirini;

  • pulga talab, pul taklifi va pul bozorida muvozanatga ta'sir etuvchi omillarni;

  • budjet-soliq va pul - kredit siyosatining maqsadlarini, vositalarini, ko‘rinishlarini;

  • iqtisodiy o‘sishning mohiyati va modellarini, tashqi sado siyosatining nazariy asoslarini va vositalarini;

  • mamlakat to‘lov balansining tuzilishini, makroiqtisodiy ahamiyatini va uni tartibga solish usullarini;

  • valuta kursining mohiyatini, makroiqtisodiy ahamiyatini, uni belgilovchi omillarni va barqarorligini ta'minlash shartlarini,

- ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

- talab va taklifni tahlil qilish;

- ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarida yuz berayotgan o‘zgarishlar xususida mulohaza yuritish;

- ishlab chiqarishning zamonaviy sharoitdagi jihatlarini baholash;

- bozor va tavakkalchilikning sabablarini tushuntirish;

- talab va taklifning o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentlarini amalda qo‘llash;

- turli bozorlarda narxlarni shakllantirish tamoyillarini tavsiflash;

- mikroiqtisodiyotda ishlab chiqarish omillarining rolini baholash;

- mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bilan bog‘liq masalalarni har tomonlama tahlil qilish;

- makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash;

-asosiy makroiqtisodiy modellarning o‘zgaruvchilarini aniqlash va tenglamalarini tuzish;

- tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa va uzoq muddatli muvozanatni ta'minlash mexanizmini tushuntirib berish;

- pul bozorida muvozanat yuzaga kelishining o‘ziga xos xususiyatlarini;

- makroiqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlar va alohida ko‘rsatkichlarga ta'sir ko‘rsatish qonuniyatlarini aniqlash va qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

- talab va taklifning bozor holatiga ta’sirini tahlil qilish;

- iste’molchilar hamda ishlab chiqaruvchilarning yutuqlari va bozor samaradorligini aniqlash;

- elastiklik koeffitsiyentlarini amalda qo‘llash, iste’mol va ishlab chiqarish nazariyasinining amalda qollanilishi;

- bozor va tavakkalchilikning amaldagi holati;

- turli bozorlarning xususiyatlari va ularda narxlarni shakllantirish;

- iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo‘llash;

- makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;

- makroiqtisodiy siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlariga baho berish;

-makroiqtisodiy siyosatning natijalarini bashorat qilish malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish