Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya”



Download 3,86 Mb.
bet51/123
Sana22.07.2022
Hajmi3,86 Mb.
#839641
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
Bog'liq
Давлат хариди фанидан ЎУМ 2020 2021 ўқув йили-конвертирован

MAVZU. TANLOV SAVDOLARI REJA:


  1. Tanlov tushunchasi va uni o’tkazish mezonlari

  2. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va tanlov hujjatlari

  3. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini berish, takliflarini ko‘rib chiqish va baholash tartibi



Tayanch so’z va iboralar
Tanlov tushunchasi. Tanlov o‘tkazish mezonlari. Tanlov savdolarining afzalliklari. Tanlov o‘tkazishda xarid komissiyasi. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon. Tanlov hujjatlari. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish va ijro etish tartibi.
    1. Tanlov tushunchasi va uni o’tkazish mezonlari


Tanlov deganda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi tushuniladi.


Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi.
Tanlov o‘tkazish mezonlari. Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

  • tovarning (ishning, xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini ta’riflash imkoniyati mavjud;

  • g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‘ladi;

  • tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi;

  • xizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Byudjet buyurtmachilari uchun tanlovdagi davlat xaridlari:

  • tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak;

  • ishlarning, xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak.

Agar investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan davlat buyurtmachilariga tenderni o‘tkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib- taomili davlat xaridining summasidan qat’i nazar tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat xaridini tanlov o‘tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.
Shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlar tanlov ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.



    1. Download 3,86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish