Elektron auksionda to‘lovni o‘tkazish va shartnoma shartlarini bajarilish tartibi
Buyurtmachi belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalat mablag‘i 3 ish kunida Ijrochining Hisob-kitob kliring palatasidagi hisob varag‘iga o‘tkaziladi.
Ishtirokchi shartnoma bo‘yicha 100 % to‘lov o‘tganligi haqidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali “Mening buyurtmalarim bo‘yicha shartnomalar ro‘yxati” dan ko‘rgandan so‘ng tovar etkazib berishi kerak bo‘ladi.
Auksion tugaydigan vaqt kelganda portal auktsion o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi.
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa, auktsion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi, buyurtmachi auktsionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni uzaytirish avvalgi auktsion tamom bo‘lgan paytdan e’tiboran uch kun ichida buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Auksionni uzaytirishda buyurtmachi boshlang‘ich narxni, texnik talablarni, xususiyatlarni yoki texnik topshiriqni qayta ko‘rib chiqishga haqli.
Tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovar etkazib berilganligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilmasa shartnoma bo‘yicha tovarlarni etkazib berish muddati yakunlangandan so‘ng 3 ish kuni mobaynida Hisob-kitob kliring palatasi byudjet va korporativ buyurtmachi tomonidan kiritilgan mablag‘larni qaytaradi, zakalat mablag‘lari bundan mustasno.
Sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar buyurtmachi yoki ijrochining zakalatiga band qo‘yadi.
Nazorat uchun savollar
Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion qanday holatlarda o‘tkaziladi?
Auksionni o‘tkazish mezonlari nimalardan iborat?
Byudjet buyurtmachilari qaysi savdo platformasida(saytda) elektron do’kon orqali xaridlarni amalga oshiradilar?
Korporativ buyurtmachilari qaysi savdo platformasida(saytda) elektron do’kon orqali xaridlarni amalga oshiradilar?
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon auksion amalga oshirilishidan qancha vaqt avval joylashtirilishi kerak?
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak?
Buyurtmachi lot joylashtirishdan avval qancha miqdordagi komission yig‘im va avans to‘lovini kiritishi lozim?
Auksion qanday yo‘l bilan o‘tkaziladi?
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar qancha muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni berishga haqli?
Auksion qachon tugagan deb hisoblanadi?
Qanday holatda ishtirokchi qo‘shimcha zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart?
Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok etmasa nima bo’ladi?
Auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanganda auksionqancha vaqtga uzaytiriladi?
Qanday holda auksion o’rniga tanlov o’tkaziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |