Davlat xaridining tashkiliy shakllari
Xalqaro amaliyotda davlat mablag’lari hisobiga tovar, ish, xizmatlarni xarid qilishda bir necha raqobatbardosh usullar belgilangan bo’lib, bu usullarga asoslanib davlat buyurtmachilari shartnomada belgilanishi lozim bo’lgan yetkazib beruvchi, pudratchi yoki ish bajaruvchini o’zlari tanlash huquqiga egadirlar.
Byudjet tashkiloti va byudjetdan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlarini qondirish jarayonida yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni tanlashning
qaysi usulini qo’llash – mavjud shartlar va qanday tovar, ish, xizmatlar kerakligiga bog’liq.
Xalqaro amaliyotda davlat xaridi quyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi:
Ochiq tanlov. Ochiq tanlov deganda shunday tanlov turi tushuniladiki, bunda buyurtmachi tomonidan xarid to’g’risidagi ma’lumot va kerakli tanlov hujjatlari yagona informatsion tizimda chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtiriladi va xarid ishtirokchilariga yagona talablar qo’yiladi.
Raqobatbardosh xaridlarning asosiy usuli ochiq tanlov bo’lib, bunda tanlov o’tkazilishi to’g’risidagi xabarnomani olgan har qanday mol yetkazib beruvchi tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g’olibi bo’lib, shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilgan shaxs hisoblanadi. Odatda, bu tanlovda juda katta hajmdagi hujjatlar talab etiladi.
Ishtiroki chegaralanga tanlov. Ishtiroki chegaralangan tanlovda buyurtmachi tomonidan xarid o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov ishtirokchilariga yagona va qo’shimcha talablar qo’yiladi hamda bu tanlov g’olibi kvalifikatsionoldi tanlovdan o’tgan xarid ishtirokchilari orasidan aniqlanadi.
Ishtiroki chegaralangan tanlov quyidagi hollarda qo’llaniladi:
agar tovar yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ularning innovatsion, yuqori texnologik yoki maxsus xarakterdagi murakkablik darajada bo’lsa va ularni faqatgina yuqori malakali mol yetkazib beruvchilar (pudratchilar, ish bajaruvchilar) amalga oshira olsa;
xalqlarning tarixiy obidalari kabi madaniy obyektlarni saqlash bo’yicha ishlar bajarish;
Muzey Fondi tarkibiga kiritilgan muzeylar kolleksiyalari va muzey predmetlarini restavratsiya qilish;
Arxiv fondining hujjatlarini restavratsiya qilish;
Kutubxona fondiga kirga qimmatli va noyob hujjatlarni restavratsiya
qilish;
Mazkur muzey, arxiv, kutubxonalarda ishlar bajarish uchun ularning
hisob bazasi hamda muzey kolleksiyalari va predmetlari, arxivdagi hujjatlarning xavfsizligini ta’minlash tizimiga kirish ruxsati bo’lishi lozim bo’lgan holatlar kiradi.
Ishlarning texnik yoki texnologik darajasining murakkabligi sababli hamda ularning innovatsion, yuqori texnologiyali va maxsuslashtirilgan xarakterda bo’lganligi sababli bu ishlarni faqatgina maxsus va yuqori malakaga ega bo’lgan mutaxassislar bajarishi lozim bo’lgan holatlar ro’yxati hukumat tomonidan belgilab beriladi.
Ikki bosqichli tanlov. Ikki bosqichli tanlov deganda, buyurtmachi tomonidan xarid o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov ishtirokchilariga yagona va qo’shimcha talablar qo’yiladi va bu tanlov g’olibi bo’lib, tanlovning ikkala bosqichidan (shu jumladan, qo’shimcha talablar qo’yilganda, birinchi bosqichdagi kvalifikatsiya oldi tanlovdan ham) o’tgan va ikkinchi bosqichda shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilgan shaxs g’olib hisoblanadigan tanlov tushuniladi.
Buyurtmachi ikki bosqichli tanlovni quyidagi shartlarga binoan o’tkazishga haqli. Bular:
tanlov ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, loyihaviy ishlar ( shu jumladan, arxitektura-qurilish loyihalarini tuzish)ni bajarish, tajribalar o’tkazish, ilmiy izlanish, innovatsion va yuqori texnologik mahsulotni yetkazib berish, energoxizmat hamda adabiyot yoki san’at asarlarini yaratish bi;an bo’gliq bo’lgan shartnomalarni tuzish uchun o’tkazilishi kerak;
xarid obyektining xususiyatlarini aniqlashtirish uchun xarid ishtirokchilari bilan uning muhokamasini o’tkazish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |