Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarini ifodalovchi chizma tayyorlang.
Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yo‘nalishlariga oid test savollarini tuzing.
Mavzuga oid ilmiy maqolani o’qing, o’zbek tiliga tarjima qiling va u asosida taqdimot tayyorlang.
mavzu bo’yicha
Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasiga doir chizma tayyorlang.
Mavzuga doir krossvord tuzing.
Mavzuga oid test savollarini ishlang.
Mavzuga oid ilmiy maqolani o’qing, o’zbek tiliga tarjima qiling va u asosida taqdimot tayyorlang.
GLOSSARIY
№
O’zbek tilida
Ingliz tilida
Rus tilida
Mazmuni
1.
avans to’lovi
advance payment
авансовый платеж
birjaning vositachilik yig’imini, shuningdek tomonlarning Hukumat komissiyasi belgilaydigan zakalatlarini o’z ichiga oladigan, buyurtmachilar va etkazib beruvchilar tomonidan kiritiladigan moliyaviy
mablag’lar summasi
2.
agent
agent
агент
birjada akkreditatsiya tartib-qoidasidan o’tgan hamda buyurtmachilar va etkazib beruvchilarga topshiriq shartnomasi asosida ularning elektron auktsion savdolarda qatnashishini ta’minlashga doir professional
xizmatlar ko’rsatadigan yuridik shaxs
3.
aylanma kassa mablag’i
reverse cash balance
оборотная кассовая наличность
moliya yilida O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turgan byudjet
mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdori
4.
baholash mezonlari
criteria for evaluation
критерии оценки
talabgorlarni tanlash hamda ofertani baholash va savdolar g’olibini aniqlash uchun foydalaniladigan ko’rsatkichlar
5.
baholovchi guruh
assessment team
оценочная группа
ofertani baholash uchun tanlov komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan vaqtinchalik organ
6.
baholovchi komissiya
evaluating committee
оценочная комиссия
erkin savdoda xaridni amalga oshirishda buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ
7.
birjaning mintaqaviy bo’linmasi
regional exchange unit
региональное
подразделение биржи
birjaning filiali yoki savdo maydonchasi
8.
boshlang’ich narx
starting price
стартовая цена
buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi bo’yicha jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari predmetining
hisoblab chiqilgan qiymati
9.
buyurtmachi
customer
заказчик
byudjet tizimi byudjetlarining, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob
jamg’armasining va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining mablag’lari hisobiga tadbirkorlik sub’ektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qiluvchi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar;
investor yoki tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda investor tomonidan belgilangan yuridik shaxs;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender va tanlov savdolarini o’tkazish orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshiradigan tashkilot;
lektron auktsion savdolarda tovar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
10.
buyurtmachining
buyurtmanomasi
customer application
заявка заказчика
buyurtmachining elektron tizimda joylashtiriladigan ochiq ofertasi
11.
bo’lib o’tmagan bitimlar reestri
incomplete transactions registry
реестр
несостоявшихся сделок
lotlar ro’yxati, ular bo’yicha ushbu Nizomga muvofiq bo’lib o’tmagan deb e’tirof etilgan savdolar natijalari
12.
byudjet jarayoni
budgeting
бюджетный процесс
byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, byudjet
tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayoni