MAVZU. DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
REJA:
Davlat xarid tizimi tashkil etish va boshqarishning AQSH tajribasi
Evropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning davlat xarid tizimini boshqarish amaliyoti
Xalqaro moliya institutlari tajribasi
Tayanch so’z va iboralar
Davlat xaridini tashkil qilishning AQSh tajribasi, Federal xarid siyosati boshqarmasi, Federal xarid agentliklari, FAR, Umumiy Xizmatlar Boshqarmasi, Xarid siyosati Federal Boshqarmasi, Federal ehtiyojlar uchun xaridni amalga oshirish Tartibi, Federal xaridning Markazlashgan axborot tizimi, Evropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning davlat xaridi tizimi, “EIning rasmiy jurnali”, “Kundalik elektron tender”, Germaniyaning davlat xaridi tizimi, Davlat buyurtmasi Forumi”, Davlat xaridini tashkil qilishning xalqaro moliya institutlari tajribasi
Davlat xarid tizimi tashkil etish va boshqarishning AQSH tajribasi
Davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini boshqarish sohasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat mablag’larini samarali boshqarish, shuningdek, xarid jarayonlarida raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’eklarini ushbu sohaga kengroq jalb etish kabi qator maqsadlarni ko’zlaydi.
Davlat va mahalliy organlar xaridining samarasi amaldagi qonunchilik, davlat xaridini tartibga soluvchi organlar faoliyatining samarasi hamda xaridni amalga oshiruvchi xodimlarning professionallik darajasi kabi omillarga bevosita bog’liq.
Davlat xaridini boshqarishning xorijiy tajribasi, xususan, AQSh, Avstraliya, Evropa Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan davlatlar amaliyotini o’rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini mamlakatimiz davlat xaridi tizimini boshqarishning samarali mexanizmalarini joriy etishda qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat xaridini tashkil etishda AQSh tajribasini, ushbu mamlakatda davlat xaridini davlat moliyasi tarkibidagi o’rnini tahlilidan boshlaymiz. AQSh hukumati mudofaani ta’minlashga, ta’limga, shifoxonlar, yo’l qurilishi va boshqa umumjamiyat ehtiyojlarni moliyaviy ta’minlash uchun davlat xarajatlarni amalga oshiradi. AQShda shtatlar hukumati va mahalliy o’z- o’zini boshqarish organlari
tovarlar va xizmatlar sotib olish uchun federal hukumatga nisbatan ham ko’proq xarajatlarni amalga oshiradi.
Quyidagi 1-jadvalda AQShda davlat xarajatlarining taqsimlanishi aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlari ikki xil tartibda ajratilgan: birinchidan – xarajatlarni federal va shtatlar hamda o’z-o’zini boshqarish organlari o’rtasida ajratib ko’rsatilgan; ikkinchidan – davlatning umumiy xarajatlari hamda tovarlar va xizmatlar sotib olishga yo’naltirilgan qismi (ya’ni ijtimoiy to’lovlarni ajratgan holda) aks ettirilgan. Ijtimoiy to’lovlar (transfertlar) – bu uni oluvchilarga tovarlar va xizmatlar taklif etilmasdan, to’lanadigan mablag’lardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |