Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya”


Tenderni tashkil etish va o’tkazish tartibi



Download 3,86 Mb.
bet56/123
Sana22.07.2022
Hajmi3,86 Mb.
#839641
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123
Bog'liq
Давлат хариди фанидан ЎУМ 2020 2021 ўқув йили-конвертирован

Tenderni tashkil etish va o’tkazish tartibi


Tender o‘tkazish uchun buyurtmachi huzurida toq sonli (etti kishidan kam bo‘lmagan) a’zolardan iborat xarid komissiyasi tuziladi.
Tender komissiyasining a’zolari tarkibi va soni xarid qilish tartib- taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Tender xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda tender komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.
Tender loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda tender komissiyasi vazifalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u tender natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Tender komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zinjiniring» respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritilishi shart.
Tender komissiyasi buyurtmachining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
Tender komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi. Buyurtmachi tomonidan tender o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilinganidan keyin buyurtmachi mutaxassislari yoki uning mas’ul shaxslari tender hujjatlari loyihasi, shartnomasi va e’lonining matni ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqilgan tender hujjatlarini loyihasi buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi.
Tender komissiyasi o‘zining majlisida tender hujjatlari loyihasini Qonun talablariga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqib, quyidagilarni:

  • takliflar qabul qilinadigan muddatlarni;

  • takliflarni ochish tartib-taomillarini;

  • takliflarni baholash mezonlarini;

  • taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi.

Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qo‘yiladi. Tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda tender o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
Tender hujjatlari ma’qullanmagan xollarda u qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki tender komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.Ma’qullangan tender hujjatlarini buyurtmachi o‘zining muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh kun oldin portalga buyurtmachi tomonidan joylashtiriladi.
Tender o‘tkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaror qabul qilishi mumkin.
Tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Tender hujjatiga o‘zgartirish takliflar berish muddati tugayotganda kiritilgan taqdirda tender, tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan takliflar berish muddati uzaytirilishi yoki tender ishtirokchilariga takliflar qabul qilinishi muddati tender komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
Tender hujjatlarida buyurtmachi har bir tovarni (ishni, xizmatni) xarid qilishda alohida lot sifatida e’lon qilishi mumkin. Bu holatda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.

    1. Download 3,86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish