Tovarlar etkazib berish uchun savdolar –davlat va xususiy sektor uchun sanoat va boshqa tovar mahsulotlarini xarid etishda ishlatiladi. Savdoning predmeti bo’lib, asbob-uskunalarni ishlab chiqish, tayyorlash, etkazib berish, montaj va uni ishga tushirish, shuningdek etkazib berilgan tovarlarni keyingi ekspluatatsiyasi
bilan bog’liq qo’shimcha vazifalar, masalan, texnik xizmat ko’rsatish, remont, personalni o’qitish va sotuvdan keyingi xarajatlar. Bunda, savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va mol etkazib beruvchidan iborat.
Bajariladigan ishlar uchun savdolar – pudrat savdolari sifatida ma’lum bo’lib, qurilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda pudratchilarni yollash hamda kerakli xizmatlarni bajarish, masalan, kafolat muddati davomida ob’ektni ta’mirlab borish, personalni ekspluatatsiya xizmatlariga o’qitish va boshqalardan iborat. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va pudratchilardan iborat.
Xizmatlar ko’rsatish uchun savdolar – texnik-iqtisodiy, ekologik va turli ekspertiza, loyiha ishlari, qurilish loyihalari, ishlarni sifatini nazorat etish, ma’lum tadqiqotlarni amalga oshirish kabilar uchun injener, yuridik, moliya-iqtisodiy va boshqa xizmatlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va maslahatchilardan iborat. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, savdolar turli xil tusga ega. Sanab o’tilgan savdolar uchun, dunyo amaliyotida o’ziga xos tender va shartnoma hujjatlari mavjud bo’lib, uning tarkibi va ma’nosi, yirik xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Evropa hamjamiyati komissiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va hakozolar) tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomalar, har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, me’eriy va uslubiy ko’rsatmalari bilan muvofiqlashgan.
Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh kun oldin maxsus axborot portaliga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
tender o‘tkaziladigan joy manzili;
tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining nomi, lavozimi va manzili;
tender hujjatlari qoidalarini tushuntirish uchun so‘rov berish shakli;
takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
Tender hujjatlari maxsus axborot portaliga tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
Tender hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
tenderda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda taqdim etilishi kerakligi bo‘yicha talab;
tender ishtirokchisi taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi to‘g‘risidagi axborot;
tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
Tender hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir tovar (ish, xizmat) uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun g‘olib xarid qilish tartib-taomili shartlariga ko‘ra alohida-alohida aniqlanadi.
Tender hujjatlariga uning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
Davlat buyurtmachisi tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
Tender ishtirokchisi tender o‘tkazish uchun e’londa belgilangan shaklda davlat buyurtmachisiga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlar berish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Mazkur so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida davlat buyurtmachisi, agar mazkur so‘rov davlat buyurtmachisiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin kelib tushgan bo‘lsa, tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni belgilangan shaklda yuborishi shart. Tender hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.
Tender hujjatlarida davlat buyurtmachisi tender ishtirokchilarining takliflarida xarid qilish tartib-taomillarining barcha ob’ektlari bo‘yicha taklif
bo‘lishi kerakligini nazarda tutishi mumkin. Bunday holda faqat bitta ijrochi tender g‘olibi bo‘lishi mumkin, agar taklifda tenderning barcha tovarlari (ishlari, xizmatlari) bo‘yicha axborot bo‘lmasa, taklif tegishli emas deb topiladi.
Tender hujjatlarining ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |