Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya”


Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionning mohiyati va uni o‘tkazish mezonlari



Download 3,86 Mb.
bet47/123
Sana22.07.2022
Hajmi3,86 Mb.
#839641
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Bog'liq
Давлат хариди фанидан ЎУМ 2020 2021 ўқув йили-конвертирован

Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionning mohiyati va uni o‘tkazish mezonlari


Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion davlat xaridlarining raqobatli usuli bo‘lib, uni tashkil etishda narx ishtirokchini tanlashning yagona mezoni bo‘ladi va bunda mazkur norma tovarlarni belgilangan sifat standartlariga muvofiq holda etkazib berish talabini bekor qilmaydi.


Tovarni e’londa bayon etilgan shartlar asosida eng past narx bo‘yicha etkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auksionning g‘olibi bo‘ladi.
Auksionni o‘tkazish mezonlari. Auksion vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

    • tovarning standart xususiyatlarga ega bo‘lishi;

    • tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zaruratining mavjud emasligi;

    • xizmatlarning, ishlarning davlat xaridi ob’ekti bo‘lmasligi;

    • tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan kam bo‘lishi. Byudjet buyurtmachilari uchun auksiondagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Auksion faqat elektron shaklda o‘tkaziladi. Auksionda ishtirok etish uchun davlat buyurtmachisi maxsus axborot portaliga e’lon joylashtiradi.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon auksion amalga oshirilishidan kamida o‘n kun avval joylashtirilishi kerak.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi

kerak:



  • davlat buyurtmachisining nomi va manzili;

  • auksionning birinchi va oxirgi kuni (auksion o‘tkaziladigan davr);

  • auksion predmetining boshlang‘ich narxi;

  • auksion predmetining xususiyatlari (auksion predmetining tasnifi);

  • auksion predmetini lotlar bo‘yicha bo‘lib chiqish va har bir lotning

hajmi;

    • tovarlarni etkazib berish muddatlari va shartlari;

    • tovarlar etkazib beriladigan joy (manzil);

    • litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi haqida talab (zarur bo‘lganda);

    • tovarning o‘ziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi alohida shartlar.

Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonning va davlat buyurtmachisi buyurtmanomasining matniga auksion predmetiga taalluqli bo‘lmagan va ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan talablarni kiritish taqiqlanadi.
Maxsus axborot portaliga joylashtirilgan auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon avtomatik ravishda buyurtmachining buyurtmanomasi etib o‘zgartiriladi. Auksion maxsus axborot portalida boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Auksionni o‘tkazish, kiritilgan ta’minot summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha auksiondan foydalanish, auksion g‘oliblarini aniqlash, bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish va shartnomani shakllantirish maxsus axborot portali tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion g‘olibi aniqlanmaguniga qadar maxsus axborot portalida aks ettirilmaydi.

Auksion chog‘ida maxsus axborot portali ishtirokchilar tomonidan berilgan takliflar orasidan eng past narx ko‘rsatilgan taklifni avtomatik ravishda tanlab oladi, bu narx maxsus axborot portalida aks ettiriladi va auksionning barcha ishtirokchilari — davlat buyurtmachilari va ijrochilar uchun ochiq bo‘ladi.
Auksion tugaydigan vaqt kelganda maxsus axborot portali auksion o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx ko‘rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‘olibi sifatida maxsus axborot portali tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi maxsus axborot portalida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi, davlat buyurtmachisi auksionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‘lgan paytdan e’tiboran uch kun ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holda, agar xarid qilish tartib- taomili yakunlariga ko‘ra auksion o‘tkazilmagan deb topilgan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi auksionni uzaytirmay, Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomil bo‘yicha tanlovni quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘tkazishga haqli:

qiladi;

  • tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon ishtirokchilarning takliflari qabul

qilinadigan muddatning tamom bo‘lish sanasidan kamida o‘n kun oldin davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladi;

  • davlat xaridini amalga oshirish uchun kamida besh kishidan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.




  1. Download 3,86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish