jadval. “O’zbek Lizing Interneshenl A.O.” kompaniyasi xorijiy valyutadagi
lizing shartlari19
Xorijiy valyutada lizing
|
Moliyalashtirish
miqdori
|
$10,000 - $300,000
|
Lizing muddati
|
1 yildan kam 5 yildan ko’p bulmagan
|
To’lovlar
|
Milliy valyutada to’lov kuniga birjadan tashqari xorijiy valyuta bozori
|
18 “Ўзбек Лизинг Интернэшенл А.О.” компанияси маълумотлари
19 “Ўзбек Лизинг Интернэшенл А.О.” компанияси маълумотлари
|
qiymatida
|
Xorijiy valyutada lizingning xarajatlari
|
Komissiya to’lovi
|
Loyixani ko’rilishi uchun uskuna narxidan 1% (so’mda to’lov kuniga
birjadan tashqari valyuta bozori kursida)
|
Avans to’lovi
|
3 oylik lizing to’lovlari (so’mda to’lov kuniga birjadan tashqari valyuta bozori kursida)
|
Akkreditiv ochilishi
|
Uskuna narxidan 1% (so’mda to’lov kuniga birjadan tashqari valyuta
bozori kursida)
|
Oraliq to’lovlar
|
Akkreditiv ochilish kunidan boshlab yoki 15% li oldindan to’lov amalga oshirilgan kundan uskunani ishga tushirish dalolatnomasi imzolangan kungacha bo’lgan oraliqga hisoblangan to’lov
|
Sug’urtalash
|
Import qilingan uskuna va kafolat ob’ekti (masalan Lizingoluvchi/Mijozning bino/inshootlari) sug’urta kompaniyasi tomonidan butun lizing muddatiga sug’urtalanadi.
Sug’urta kompaniyasining shartlari va uskuna narxidan kelib chiqqan xolda sug’urta to’lovi 0,2% dan 1,5% gacha (so’mda to’lov kuniga
Markaziy bank kursida) bo’lishi mumkin
|
Sertifikatlash
|
"UZBEKEKSPERTIZA" kompaniyasining sertifikatlash tartibi bilan
bog’liq xarajatlar
|
Bojxona bilan bog’liq to’lovlar
|
Bojxona protseduralari – uskuna narxidan 0,2% Bojxona deklaratsiyasi – uskuna narxidan 0,7%
(so’mda to’lov kuniga birjadan tashqari valyuta bozori kursida)
|
Lizing ob’ekti sifatida olib ketiladigan tovarlarga bojxona to’lovlarini hisoblash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Lizing ob’ektini olib ketish chog’ida bojxona to’lovlarini to’lash uning bojxona qiymatining to’langan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib (lizing to’lovlari), bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Keyinchalik bojxona to’lovlari lizing to’lovlari kelib tushishiga ko’ra 20 kun mobaynida to’lanadi.
Vaqtincha olib ketilgan lizing tovari qaytarib olib kelinganda u import tovar hisoblanmaydi va undan bojxona poshlinalari hamda yig’imlar olinmaydi.
Moliyaviy lizingda, lizing ob’ekti lizing oluvchi mulkiga o’tgandan keyin, lizing ob’ekti "eksport" bojxona rejimi ostiga olinadi. Bunda ilgari to’langan bojxona to’lovlari eksport єilishda to’lanadigan bojxona to’lovlari summasiga hisoblanadi.
Lizing ob’ektini bojxonada rasmiylashtirish jarayonini yanada engillashtirish maqsadida lizing oluvchi bir vaqtning o’zida yuk oluvchi etib tayinlanadi. Bu lizing oluvchiga lizing ob’ekti uchun bo’lgan bojxona to’lovlari va sertifikatsiya savollari bo’yicha xam huquq beradi. Lizing beruvchi lizing ob’ektini etkazib berish uchun to’lovchi xam bo’lgani uchun, bojxona sharti bo’yicha lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchi vakiliga ishonchnoma berilishi lozim. Kompaniya bojxona xizmatidan lizing ob’ektini qiyinchiliksiz o’tkazishi uchun butun Respublika bo’ylab filliallariga ega bo’lgan va o’zini ishda ko’rsata olgan yuqori malakali broker kompaniyalari bilan xamkorlik yuritadi.
Hozirgi paytda deyarli barcha tijorat banklari lizing mahsulotlarining keng turlarini (imkoniyatini) taklif etmoqda. Ularning yordamida mijozlar o’zlariga qulay bo’lgan shartlar asosida ko’chmas mulk, dastgohli, poligrafik va savdo asbob-uskunalarini, ishlab chiqarish liniyalarini, oziq-ovqat va sanoatning boshqa sohalari uchun asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransport sotib olish imoniyatiga ega bo’lmoqda. Bir so’z bilan aytganda, tijorat banklari lizing bozorida ishonchli hamkor va barqaror faoliyat garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |