Qaytarilmaydigan sarflar – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida sodir bo’lgan oldingi davr xarajatlari.
Qayta tiklanadigan zaxiralar – to’liq ishlov berish natijasida tiklanadigan xomashyo va materiallar.
Qaytarilmaydigan xarajatlar – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish mumkin bo’lmagan xarajatlar.
Kiritiladigan xarajatlar – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va mavjud bo’lgan resurslar.
Qoplashning ichki koeffitsiyenti –kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati nolga teng bo’lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko’rinishida keltirilishi mumkin.