Talaba amaliyotni o‘tash davrida amaliyot dasturida belgilangan mavzularni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish hamda tahlil qilish talab etiladi. Bunda ushbu mavzularning mazmuni va mohiyatini kengroq ochib berish, amaliyot o‘tayotgan korxona (tashkilot)ning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga ob’yektiv baho berishda qulay va tushunarli bo‘lishligi uchun chizma, jadval yoki grafiklar (diagramma)dan foydalanishni taqozo etadi. Chunki ushbu chizma, jadval va grafik (diagramma) ko‘rinishidagi ma’lumotlar o‘rganilayotgan korxona (tashkilot) bo‘yicha to‘liq tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Shu boisdan, talabalarning malakaviy amaliyoti hisobotlarida belgilangan shakllardagi chizma, jadval yoki grafik (diagramma) lar o‘z aksini topishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |