Axborot tushunchasi
Jamiyatni axborotlashtirish va yagona axborot muhitini tuzish davrida axborot rеsurslarini shakllantirish va ishlab chiqarish o‘ta muhimdir. Axborot rеsurslari - alohida hujjatlar va alohida hujjatlar to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, mahlumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir. Biroq axborot rеsurslari va tеxnologiyalarning o‘zaro bir qator jiddiy farqlari mavjudki, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
• chеklanmagan miqdorda sotish;
• amaliy jihatdan yo‘q qilib bo‘lmaslik;
• aniq foydalanuvchilar shart-sharoitlariga individual moslashish zaruriyati (umumtizimli pakеtlardan tashqari);
• obyеktlarni muallif hamrohligida еtkazib bеrish majburiyati;
• nafaqat foydalanish, balki ikkilamchi tirajlashga ham turli chеklanmalar qo‘yish imkoniyati;
• mualliflik yoki ta’minotchilik huquqlariga rioya qilishni idеntifikatsiyalashning murakkabligi;
takrorlanuvchi obyеktlarning ko‘pligi. Turli o‘xshash vazifalarni bajaruvchi mahsulotlardan farqli ravishda, axborot bir aniqlikni turlicha aks ettirishi mumkin. Masalan, savdo-sotiq uchun biror bir mahsulotning miqdori haqida yakuniy axborotning bir nеcha variantlari taklif etilishi mumkin;
• bilvosita axborotning foydaliligi;
• foydalanish natijasida qadrsizlanish. Chindan ham, ma’lumotlar bilan tanishib, ulardan ayrimlarining talabga javob bеrmasligiga ishonch hosil qilib, xarid haqidagi taklifni qondirish to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq takliflar bo‘yicha ishonchli ma’lumotlardan foydalanmaslik yoki uni majburiy unutish butunlay mumkin emas;
• baholashni oldindan bilib bo‘lmasligi. Agar mahsulot ba’zi chеklangan dinamikada baholansa (talabning bir miqdorda yo‘q bo‘lishi yoki yuzaga kеlishi mumkin emas), axborot esa (lеkin tеxnologiya emas) bir lahzada butkul nol darajaga tushib kеtishi mumkin;
•oddiy raqobat sharoitida taklif etilgan bir axborot ikkinchisining dolzarblik xususiyatini yo‘qqa chiqarishi mumkin;
•istе’molchilik xususiyatlarining qisman yoki to‘liq noaniqliligi;
•faqat jismoniy eskirish va bеlgilangan yoki noaniqlik vaqtda dolzarblikni yo‘qotish mavjudligini anglatuvchi jismoniy yaroqlilik;
•istе’molchiga ma'lumotni qisqa vaqtda uzatish va shunday qisqa vaqtda tasdiqni qabul qilib olish imkoniyati;
•avtomatik tirajlamaydigan tеxnologiyani doimo ham aniq bir paytda еtkazmaslik;
•yеtkazib bеrishga doimiy ravishda tayyorlik; •ham sotuvchiga, ham xaridorga nisbatan ma'lumotlar va tеxnologiyalarni, shuningdеk tovarni sotish yoki sotmaslik faktini ham maxfiy saqlash imkoniyatining borligi. Bugungi kunda g‘arb sivilizatsiyasi fan, texnika, AKT va boshqa sohalarda buyuk ko‘rsatkichlarga erishgan bo‘lib, bizga ma’lum bir ma’noda o‘z ta’sirini o‘tqazmoqda. Masalan, Internet doirasida qaraydigan bo‘lsak, talaygina saytlarda bizning, ya’ni sharq sivilizatsiyasiga ma’naviy jihatdan mos kelmaydigan axborotlarni uchratib turamiz va bu axborotlar hech qanday “to‘siqsiz” xonadonimizga kirib kelmoqda. Shu bois milliy axborot resurslarini ishlab chiqishni ilmiy nuqtayi nazardan puxta bo‘lishini e’tiborga olish zarur.
Ko‘pincha g‘arb axborot resurslarida bizning yoshlarimizga nisbatan katta xavf borligi, ya’ni ularda bizning yoshlarimizni qalbi va ongini egallashga intilish borligi ayon bo‘lmoqda. Internetda joylashtirilgan axborotlarni to‘g‘riligini, barcha voqeahodisalarga nisbatan obyektivligini ta’minlash mumkin emasligini anglab olishimiz kerak. Chunki mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali istalgan axborotni Internetda joylashtirishga imkon borligi namoyon bo‘lmoqda. Kompyuterlarda joylashtirilgan axborot resurslaridan foydalanish darajasi axborot madaniyati bilan bog‘liqdir. Shulardan kelib chiqqan holda hozirgi kunda axborot madaniyati tushunchasi yuritila boshlandi. Har bir shaxs hozirgi kunda axborot madaniyati bilan tanishgan bo‘lishi kerak, chunki bizlar katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga qodir bo‘lishimiz, zamonaviy texnikalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishimiz kerak bo‘ladi. Buning sabablaridan biri, bu jamiyat rivojida axborot fundamental ahamiyatga ega bo‘lishidir.
Axborot zaxiralariga axborot texnologiyalari va tizimlarni tatbiq etish natijasida yangi axborot yoki axborotning yangi shakli hosil qilinadi, sifati esa o‘zgaradi. Hosil qilingan mahsulot axborot mahsuloti va bu mahsulotni yetkazib berish esa axborot xizmati deyiladi. Axborot xizmati - foydalanuvchiga axborot mahsulotini taqdim etish yoki qabul qilishdir. Axborot mahsuloti va xizmati bu maxsus xizmat bo‘lib, iste’molchilarni foydalanishi uchun ishlab chiqilgan va ular orasida tarqatish uchun mo‘ljallangan axborotiy ma’lumotlar to‘plami va kommunikatsiyalardir. Axborot mahsuloti qattiq jismlarda aks ettiriladi. Axborot mahsuloti va xizmatiga quyidagilar kiradi: − Aloqa. − Axborot, masalan ma’lumotlar, bilimlar, dasturiy ta’minotlar. Hozirgi kunda axborot bozorida quyidagi tipdagi axborotlar mavjud: Ishbilarmonlik axborot , ya’ni birja axborotlari, moliyaviy, siyosat va xo‘jalik axborotlari (qimmatbaho qog‘ozlar narxi, valyutalarning kurslari va boshqalar), statistik axborotlar (ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqalar), tijorat axborotlari (korxonalar, mahsulotlar, narxlar va boshqalar bo‘yicha). Professional axborot – yuristlar, vrachlar va boshqalar uchun mo‘ljallangan maxsus ma’lumotlar, ilmiy-texnik axborotlar. Iste’mol axborot – yangiliklar, adabiyotlar, kompyuter o‘yinlari, videofilmlar va audio mahsulotlar. Ta’lim xizmatlari – elektron darsliklar, uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalar. Axborot tizimlari va vositalarini ta’minlovchi – dasturiy mahsulotlar, texnik vositalar, axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chiqish va ularga xizmat qilish, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va boshqalar.Internetda joylashtirilgan axborotlarni to‘g‘riligini, barcha voqeahodisalarga nisbatan obyektivligini ta’minlash mumkin emasligini anglab olishimiz kerak. Chunki mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali istalgan axborotni Internetda joylashtirishga imkon borligi namoyon bo‘lmoqda. Kompyuterlarda joylashtirilgan axborot resurslaridan foydalanish darajasi axborot madaniyati bilan bog‘liqdir. Shulardan kelib chiqqan holda hozirgi kunda axborot madaniyati tushunchasi yuritila boshlandi. Har bir shaxs hozirgi kunda axborot madaniyati bilan tanishgan bo‘lishi kerak, chunki bizlar katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga qodir bo‘lishimiz, zamonaviy texnikalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishimiz kerak bo‘ladi. Buning sabablaridan biri, bu jamiyat rivojida axborot fundamental ahamiyatga ega bo‘lishidir. Axborot madaniyati tushunchasi to‘liq shakllanmagan, chunki undagi axborot va madaniyat tushunchalarining o‘zlari ko‘p qirralidir. Axborot madaniyati quyidagilarni qamrab olgan bo‘lishi kerak: - shaxsning axborotlashgan jamiyatdagi faoliyati; - axborotni qidirishda, tanlashda, tahlil qilishdagi shaxsning bilimi va mahorati. Bundan axborot madaniyati quyidagi qirralardan iboratligini ta’kidlash mumkin: - yangi axborotlarni qidirish madaniyati; - axborotlarni o‘qish va qabul qilish madaniyati; - bilim olishi madaniyati; - katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash madaniyati; - qidiruv tizimlari bilan ishlash madaniyati; - mutaxassislararo axborot almashuvini ahamiyatligini anglash; - kommunikatsiya kanallaridan foydalanish madaniyati; - boshqa fikrlarni tahliliy o‘zlashtirish; - kommunikatsiya kanallari orqali kasbdoshlar safini kengaytirish; - intelektual mulkchilik qonunlari bilan tanishligi. Demak hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy mutaxassislar quyidagilarni anglashlari kerak: - doimiy o‘z bilimini oshirishni; - dunyo axborot resurslaridan foydalana olishni; - axborot olish barcha kanallaridan foydalanishni; - bilimlar almashuvida ishtirok etishni; - yangi bilimlarni taqdim etishni; - muloqot madaniyatiga ega bo‘lishni.
Shaxsning axborot madaniyati jihatlaridan yana biri, bu jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish mahorati. Bu o‘rinda Internet ham muhim hisoblanadi, ya’ni Internetdan foydalana olish mahorati shaxsni axborot madaniyati borligidan dalolat beradi. Axborot madaniyati kompyuter savodxonligining kengaygan axborot savodxonligi tushunchasini o‘rtaga olib keladi. Uning quyidagi omillari mavjud: - axborot qidiruvini amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqish; - axborotga bo‘lgan ehtiyojni anglab olish; - qidiruvda so‘rovlarni to‘g‘ri bayon etish; - axborotlar manbalari bilan tanish bo‘lishligi; - olingan axborotlarni tanqidiy tahlil qilish va baholash. Demak, xulosa qilib axborot madaniyatini 3 qismdan iborat deb qabul qilishimiz mumkin: - axborot savodxonligi; - nazariy bilimlar; - axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanish mahorati. Shu bois axborot madaniyati – kompyuter tarmoqlarida joylashgan bilimlar, ma’lumotlar va axborotlar bilan ishlash madaniyati deb tushunish mumkin.
Mazkur tizim birgalikda harakat qiluvchi kompyuterlar va telekommunikatsiyalar, kompyuter axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab – quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Shuni qayd etish lozimki, axborot almashuv jarayoni insonning eshitish, ko‘rish, anglash a’zolari orqali qabul qiladigan nutq, ma’lumot yoki tasvirlar bilan boshlanadi va tugaydi. Keladigan – chiqadigan bu elementlar o‘rtasida kompyuterlashgan axborot tizimida turli darajadagi elektron mahsulotlar bo‘ladi. Bular – operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini bio‘qarish tizimi, amaliy dasturiy ta’minot va axborotning o‘zidir. Ushbu axborot va dasturiy vositalar hamda komponentlardan ko‘pincha aynan bir paytda va o‘sha vaqtda foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bunday axborot tizimlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib ketadi.
Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayd etish, uzatish, saqlash, tuplash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga mo‘ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o‘rtasidagi vositachi sanaladi Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot tizimi tizimdagi ma’lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amal-ga oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo‘lib qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo‘lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi. Mazkur modeldan kurinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot obyektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotning yuzaga kelishi, tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot obyektlarini o‘zida saqlaydi. Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy pro-tseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqa-rish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi to‘rtinchi va beshinchilari esa maz-kur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |