Ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarni O harfi bilan tanishtirish.
O tovushini talaffuz qilishni o’rganish.
Tarbiyaviy maqsad:
O’zbekistonda yetishtirilgan mevalar bilan tanishtirish asosida o’quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Ona-tabiatni asrab-avaylashga o’rgatish; ekologik tarbiya.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarning so’z boyligini o’stirish, bo’g’in ajratishga o’rgatish.
Darsning jihozlanishi: Kesma harflar, ot mingan ovchi rasmi, oynacha.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
Uy vazifasini so’rash.
matn deb nimaga aytiladi?
matn nimalardan tashkil topgan?
gap qanday tuziladi?
gap tuzish andozasini ko’rsating?
Javoblarni umumlashtirish.
3. Yangi mavzuga tayyorgarlik:
O’qituvchi: - O’quvchilar, topishmoqni topinglar-chi (doskaga quvnoq rasmli «O» harfi osilgan).
Bu harf burchagi yo’k
Shuning uchun u yumaloq.
U shunday dumaloq-ki
Yumalab ketishi mumkin.
«O» harfi nimaga o’xshaydi? (g’ildirakka), Yana nimaga o’xshaydi? (doiraga). Doiraga o’xshash narsalardan misol keltiring. Non, qozonning og’zi.
4. Yangi mavzuni o’tish: Alifbe darsligida tavsiya qilingan rasmlarni kattalashtirilgan nus’hasi ko’rsatiladi. O tovushining talaffuzi tushuntiriladi. O tovushi unli tovushlar sirasiga kirib, talaffuzda o’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hyech qanday to’siqqa uchramaydi. Bunda O tovushining nisbatan cho’ziqroq aytilishiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi.
5. Kitob bilan ishlash. Jonli suhbat asosida o’quvchilarga har bir so’zning ma’nosi haqida tushuntiriladi, hamda har bir rasmda tasvirlangan narsa yoki buyumga oid tarbiyaviy jihatlar ham singdiriladi. Masalan, «Ovchi» rasmi asosida bolalarga quyidagilar tushuntiriladi: Ovchilik juda kerakli kasb. Dasturxonimizni turli taomlar bilan to’ldirishda ovchilarning hissasi bor. Lekin ov ongli ravishda amalga oshirilishi kerak. U tabiatga ziyon yetkazmasligi kerak. Oy, osh, olov, olcha, ovchi, olmaxon rasmlariga oid tushunchalarga, bu so’zlar tarkibidagi O tovushi talaffuziga to’xtalinadi.
6. Daftarlar bilan ishlash. Bolalarga eslatamiz, o’qish daftarlariga harflarni bosmasdan yozamiz. Katta harfni ikki katakda kichkina harfni bitta katakda yozamiz.
7. Kuvnoq daqika.
Oqib keladi jildirab,
Oyna kabi yaltirab.
Oqib kelgan oynani,
Olish mumkin hovuchlab.
Topinglar-chi nima bu?
Ariq to’la oyna-suv.
8. Ekologik tarbiya bo’yicha ishlash. Ovchi rasmi asosida bolalarga quyidagilar uqtiriladi: Ovchilik juda kerakli kasb. Baliq go’shti ko’pchilik yaxshi ko’rib tanovul qiladigan taomlar jumlasiga kiradi. U turli vitaminlarga boy. Kasal odamlarni tuzatishda baliq moyidan foydalaniladi. Lekin tabiatdagi juda ko’p jonvorlarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Olmaxon tabiatda kam uchraydigan jonivor. Uni ov qilish taqiqlangan. Bolalar, baliqlar toza suvda yashaydilar. Suvlarga ishlab chiqarish chiqindilarini tashlash mumkin emas. Baliqlar zaharlanib o’ladilar. Tabiat va odamlar uchun barglarni yoqish zararli, ularni ko’mish kerak. Bu yer uchun o’g’it bo’ladi.
9. O’yin-musobaqa. Sinf ikki guruhga bo’linadi: Qizlar va o’g’il bolalar. Doskaga rasmlar osiladi. Har bir rasm uchun topishmoqlar osiladi. Bolalar navbat bilan jumboqni topadilar. So’zlarni topib «O» harfi joyini aytadilar.
Yomg’irdan nima saqlaydi? (soyabon)
Oziq-ovqat mahsulotlarini nima bilan kesadilar? (pichoq)
Ovqatga ishlatiladigan sabzavot turi (kartoshka)
Ikki yog’i tog’, o’rtasi saryog’ (yong’oq)
O’zi bitta bolasi mingta (oy va yulduz)
10. Natijalarni yakunlash. O’quvchilarning O tovushi va harfiga oid bilimlarini savollar yordamida tekshirish.
11. Baholar qo’yish va muhokama qilish.
12. Uy vazifasi. Uyda darslikni o’qish va tahlil qilish. «O» harfi Bilan boshlanadigan so’z topish.
1-sinf uchun integrasiyalashgan usulda matematiki darsining ochiq dars ishlanmasi (matematika, o’qish, atrofimizdagi olam)
Darsning mavzusi: 1 dan 2 gacha bo’lgan sonlar. 1 soni
Do'stlaringiz bilan baham: |