Oliy va o‘rta maxsus taʹlim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/158
Sana27.05.2022
Hajmi4,38 Mb.
#611480
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
Bog'liq
Anjuman toplam Qoqon DPI

 


119 
Foydalangan adabiyotlar
:
1. U.Tolipov va Usmonboeva M.U. «Pedagogik texnologiyalarning tadqiqiy 
asoslari». O`quv qo`llanma.T fan nashriyoti 2006 y.
2. Muhammedov G.I. «Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy 
asoslari» o`quv qo`lllanma. Jizzax 2004 y.
 
 
KASHTACHILIKDA ISHLATILADIGAN NAQSHLAR 
 
Magdiyeva Marhabo Erkinovna - 
Buxoro DU
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada kashta tikish san’ati, kashta naqshi va gulini 
yaratishda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan elementlar, naqsh turlari haqida so‘z 
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
 
kashtachilik, kashta tikish, 
naqsh, kompozitsiya, islomiy naqshlar, 
geometrik naqshlar, murakkab naqshlar.
Kashtachilik - kashta tikish kasbi, amaliy san’atning qadimiy sohalaridan biri 
bo‘lib kelgan. Arxiologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda 
qadiymiyligini, iqlim, tabiy sharoit, muxit bilan bog‘liq holda xar bir xalqning 
madaniyati, san’ati, kasb hunar turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini 
ko‘rsatadi. Kashtachilikni paydo bo‘lishi teridan qilingan kiyimlarda bog‘lam va 
choklarni yuzaga kelishi bilan bog‘liq. 
Davrlar mobaynida toshlardan suyaklardan bigizlarga metal begizlardan 
o‘tish bilan, to‘qish, shuningdek mato to‘qish bo‘yash va boshqa ishlar bilan 
bog‘liq. Kashtachilik taraqiyotni Qadimgi Osiyo, Evropa, Amerika, madaniy 
yodgorliklari adabiy manba’lardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib 
qolgan kashtachilik namunalardan kuzatish mumkin. Kashtachilik maxsulotining 
eng qadimiy nusxalari saqlanmagan. 
Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma'noni anglatadi. Kashtado`zlik san'atida 
har bir millatning o`ziga xos eng ko`p qo`llaydigan naqshlari bo`ladi. O`zbek 
kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p bo`lsa, rus 
kashtachiligida geometrik, o`simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko`p 
tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, shox va 
tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
 
Kashta gulini yaratishda naturaga qarab rasmni chizib oladi, keyin uni 
naqshga va turli naqshdor kompozitsiyaga aylantiriladi. Naqsh bilan amaliy san'at 
buyumlari bezatiladi, shuning uchun u buyumning ajralmas qismi bo`lib, o`sha 
buyumning shakliga, vazifasiga va qanday materialdan tikilishiga butunlay bog`liq 
bo`ladi. Rasmni naqshga aylantirishda uning (guli va hokazo) xarakterli belgilari 
tanlanadi. O`simlik, qush motivlarini aniq ko`rsatishga intilmay, faqat asosiy 
chiziqlarnigina bo`rttirib kontur qilib chiziladi.
 
Biror buyumni tikishdan oldin uning badiiy yechimini o`ylab ko`rish, 
bezakning undagi ayrim bo`laklarining buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, 
elementlarning nisbatlarini, qanday rangda tikishni, ya'ni kompozitsiya 


120 
tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak. Kompozitsiya 
xarakteri ko`proq ritmga-naqshdagi alohida elementlarga bog`liq bo`lib, bu 
kompozitsiyaning ifodali bo`lishiga aniq idrok etilishiga yordam beradi.
 
Kashta uchun xalq orasida tarqalgan bezaklar va rassomlar yaratgan 
rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Rasmlarning ba'zi qismlarini ixtiyoriy ravishda kompozitsiyalash ham 
mumkin, lekin tabiatni kuzatib, bezaklarni buyum yuzasiga joylashtirishni ham 
o`ylab topish yanada qiziqarliroqdir. 
Naqsh turlari: 
1.Islomiy naqshlar-egri chiziq elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, 
barglar,gullar, novda,jingala va boshqa naqshlar kiradi. 
2.Geometrik naqshlar- to‘rtburchak ,aylana va boshqa shakllar. 
3.Qush va hayvon tasvirlari. 
4.Murakkab naqshlar, masalan , novdada qush tasviri. 
Kashta tikishda ranglar tanlash Kashta tikish rang bilan chambarchas bog`liq. 
Iplarni tanlashda ranglarning yo`g`onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta'sir etishini 
bilish zarur. O`zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat 
ranglar doirasi asos qilib olinadi. 
Tabiatda ranglarning bunday qo`shilishini ko`pincha kamalakda, quyosh nuri 
shudring zarralaridan o`tishida ko`rish mumkin. Ko`zga ko`rinadigan spektr 
uzluksiz o`zgara boradigan qizil, to`q sariq, sariq, yashil, zangori, ko`k, binafsha 
ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan 
bo`ladi.Rang tusiga qarab bir rangni ikkinchisidan (yashilni ko`kdan, ko`kni 
zangoridan) farqlanadi. Ochiqlik-oq rangga yaqinlik darajasi. Sirti oq bo`lgan 
narsalar atrofimizdagi hamma narsalar ichida eng ko`p nur qaytaradigan bo`ladi. 
Shuning uchun oqqa yaqin (och pushti, och-sariq va boshqa) ranglar eng ochiq 
(eng yorqin) ranglar bo`ladi. Rangning to`qligini quyuqlik darajasiga, eng ko`p 
rangdorligiga qarab belgilanadi. Masalan, ko`k rangni bundan ham ortiq ko`kartirib 
bo`lmasa, u to`q hisoblanadi. 
Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan-avlodga 
o‘tib takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy 
xususiyatlari bilan harakterli betakror kashta namunalari yaratildi.
Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari bilan, 
ranglarining bir-biriga mosligi, to‘la mutanosibligi, bajarish usullarining 
professional aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amaliy 
vazifasiga to‘g‘ri keladi. 
Kashtachilik rivojlangan xaqlarda unga tasviriy san’atni tasiri katta bo‘lgan. 
Masalan: XI asrga oid ingliz kashtalarida jang lavxalari aks ettirgan. O‘rta Osiyoda 
ayniqsa, o‘zbek, turkman, tojik ayollari o‘rtasida Kashtachilik keng tarqalgan. 
Kashta tikish uslublari turli-tumanliligi o‘zbek kashtado‘zlarning san’atidan dalolat 
beradi. Masalan: Nurota, Buxoro, Samarqand Kashtachilik mahsulotlari yo‘rma 
kandaxayol chok bilan, Shaxrisabzda yo‘rma, iroqi, Toshkentda esa ko‘proq bosma 
chok bilan tikilgan. O‘zbek kashtado‘zlari buyum bezaklarida amaliy san’atini 


121 
boshqa turlarida andoza olganlar. Kashtado‘zlarda o‘simliksimon tasvirlar shox, 
gulband, guldastalar ko‘p uchraydi. 
Mamlakatimiz 
muzeylarida 
xalq 
kashtachiligining 
ko‘p 
namunalari 
to‘plangan, ayniqsa XIX asr kashtalari eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha yetib 
kelgan. O‘zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan 
bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga 
kelgan.Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda balki, chet ellarda ham 
shuxrat qozongan.

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish