118
didaktik jarayon xatolarini yo`qotish usullarini ko`rsatadi. Xo`sh yakuniy natija
qaysi satxda bo`lishi kerak?
Bu
savolga
javobni
PTning
juda
muxim
printsipi-o‘qitishning
tugallanganlik
printsipi javob beradi. O‘quvchining tajribalarni o`zlashtirish sifati
(a) o`zlashtirish koeffitsienti (Ka) bilan aniqlanishini ta’kidlagan edik.
Tadqiqotlarning ko`rsatishicha agar Ka >0,7 bo`lsa o‘qitish jarayoni yakuniga
yetgan, tugallangan deb xisoblanadi va keyingi o‘quv mavzusini o`rganishga
kirishish mumkin. Agar Ka <0,7 bo`lsa o‘quvchilar bilan yangi mavzuni o`rganish
faqat «o`zlashtirmovchilar» sonini ko`paytiradi. Shu o`rinda quyidagi xolatga
aloxida to`xtalish lozim. Mamlakatimiz o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning
o`zlashtirish sifati - Ka >0,5 bo`lsa, ya’ni o‘quv materialining 55 foizi
o`zlashtirilsa «konikarli»deb xisoblanayapti. Fikrimizcha, bu ko`rsatkich ta’lim
tizimini isloh qilishning dastlabki bosqichlari uchun yetarlidir. Sababi uzoq yillar
davomida shakllangan eski ta’lim tizimi sovet pedagogikasi inqiroziga yuz tutdi va
mamlakatimizda milliy ta’lim modeli yaratildi. Uning kelgusidagi ijobiy «portlash
effekt» Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslandi. Ana shu «Effekt» natijasida
o‘quvchilarning o`zlashtirish sifati xam oshib boraveradi va kelajakda rivojlangan
davlatlar darajasiga ko`tariladi. Demak, Ka o`zgaruvchan qiymatga ega bo`lib, turli
davlatlarning ijtimoiy-siyosiy sohasidagi tub o`zgarishlarni xisobga oladi. Misol
uchun, Amerikacha bixeviorstik kontseptsiyada «muvaffaqiyat qonuni» mavjud
bo`lib, o‘quvchilar 95 foiz savollarga to`g`ri javob bersagina ta’lim muvaffaqiyati
tug`risida fikr yuritiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish o`zida «egiluvchan avtomatlashtirilgan
tizim»ni mujassam etganligi bilan ajralib turadi. Bugun yangi texnologiyalar
almashuvchanlik xususiyatiga ega: zarurat tug‘ilsa Yangi maxsulot turiga mos
xolda ishchi o`rinlar qayta jixozlanib, texnologik jarayon tuzilmasi zudlik bilan
o`zgartiriladi. Texnologiyaning bu sifat ko`rsatkichi egiluvchanlik deb yuritiladi.
Egiluvchanlik
PTlarga xos asosiy printsip xisoblanadi yoxud u PTning
qo`llanish soxalarini ta’lim mazmuni xajmiga mos xolda birmuncha kengaytiradi.
Gap shundaki, u yoki bu mavzu bo`yicha loyixhalangan texnologiya xech
bo`lmaganda fan bo`limlari chegarasida egiluvchanlik xususiyatiga ega bo`lishi
kerak. O‘qituvchida kam kuch va kam vaqt sarfi evaziga fan mavzulari bo`yicha
didaktik jarayon tuzilmasini tashxisli maqsadga muvofik tarzda almashtira olish
yoki qaytadan loyixalash imkoni mavjud bo`ladi. Misol uchun, fizika fanining
«Kuch» mavzusi bo`yicha loyixalangan texnologiya aniq o`rnatilgan mavzu
maqsadiga muvofiq kichik o`zgarishlar bilan «Ish» mavzusi uchun xam qo`llash
imkoni bo`lsa, shubxasiz, loyiha muallifi egiluvchanlik printsipiga tayanib ish
ko`rgan bo`ladi.
Egiluvchanlik printsipi asosida yaratilgan PTlar ta’lim bosqichlarining
turlari uchun xam qo`l keladi. Bu yerda fan dasturi mavzulari bo`yicha UE soni va
ularning mazmuni xajm jihatidan o`zgaradi, xolos.
Shunday qilib, PTning egiluvchanligini ta’minlash o‘qituvchidan didaktik
jarayonni ko`rish qonuniyatlari bilan chuqur tanish bo`lishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: