106
bo‘laklarini ulab, undan har xil hajmdagi katta-kichik buyumlar va kiyimlar
tikishdir.
Bunda turli rang va shakldagi mato parchalaridan bezakli buyum hosil qilinadi.
Qadimdan momolarimiz uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan matolarning parchalari va
qiyqimlarini bir-biriga ulab, yostiq, ko‘rpacha, dasturxon, ko‘rpa, chimildiq hamda
turli kiyimlar: nimcha, do‘ppi kabilar tikib kelishgan.
Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini, kelajagini uning tarixi, o‘ziga
xos
urf-odat va an’analari, milliy va hayotiy qadriyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, yosh avlodga xalqimizning
o‘tmishi, tarixidan darak beradigan azaliy qadriyatlari, urf-odatlarini qayta tiklash
va ularni zamonaviy hayotga uyg‘unlashtirish ishlariga alohida ahamiyat
qaratildi.Ma’lumki, o‘zbek amaliy san’ati ko‘p asrlik tarixga ega. Amaliy san’at
durdonalaridan hisoblangan quroqchilikning qadimdan rivojlanib kelayotgan o‘z
an’analari vauslubi bor.
Quroqchilik san’ati tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning ildizlarini
Sharqda
topish mumkin. Masalan, Misrda, ya’ni Qohira shahrining chekka qishloqlarida
buusul bilan 3000 yil avval tikilgan buyumlar topilgan edi. Quroq tikish texnikasi
bilan yeryuzining barcha burchaklarida ham shug‘ullanib kelishgan. Keyinchalik
o‘rta ta’minlangan oilalarda uylar bezatilib va ro‘zg‘orda mahsulotlar tayyorlanib,
asta-sekin dunyo bo‘ylab hamma xalqlar orasida tarqab ketgan va amaliy san’atga
aylangan.o‘rta osiyoda ham bu san’at keng rivojlangan bo‘lib, bu haqida hech bir
kitoblarda yozilmagan, lekin xalq orasida keng tarqalgan.
Mazkur soha mavzularini o‘qitishda o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash
bilan bir qatorda ularda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish
masalalarini
ham hal etish mumkin va bu jarayonda, albatta, interfaol metodlardan foydalanish
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi qaysi an’anaviy va yangi
metodlardan foydalansa, darsga qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatlari
yuqori bo‘lishini oldindan bilishi zarur. Demak, darslarni samarali tashkil etishda
duch kelgan metodni emas, balki mashg‘ulot mavzusiga va xarakteriga,
o‘quvchilarning aqliy va ijodiy imkoniyatlariga mos keladiganini tanlash muhim
ahamiyatga ega. yuqorida tilga olingan mavzuni, umuman olganda texnologiya
fanining aksariyat mavzularini o‘qitishda loyihalash metodining samarasi ko‘proq.
Chunki loyihalash metodi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammoni aqliy, ijodiy,
texnologik jihatdan o‘rganib chiqib, avvaldan mavjud bo‘lgan texnologiyaga
yangiliklar kiritish va shu yo‘l bilan muammoni hal qilishga asoslanadi. loyihalash
metodining mazkur jihatlari esa tex- nologiya darslari oldiga qo‘yiladigan
maqsadlarga erishishda ayniqsa yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: