Oliy va o‘rta maxsus taʹlim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/158
Sana27.05.2022
Hajmi4,38 Mb.
#611480
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   158
Bog'liq
Anjuman toplam Qoqon DPI

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.Ahmadaliyev S.Y. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy- 
pedagogik faoliyatga moslashishining ilmiy-metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. 
nom. - T.: TDPU. 2008.
2. Bloom B.S. (ed) et al. A taxonomy of Educational Objectives: Handbook 
I: The Cognitive Domain. Harvow, 1956. 
3.Muslimov.N.A,Sharipov.Sh.S. va b. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llashni 
o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent, 2009. 
4. Muslimov N.A, Sharipov Sh.S, Qoysinov O.A. Mehnat ta’limi o‘qitish 
metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash. Darslik. Toshkent.: 2014 y. 
5.
http://www.istedod.uz/
 
6. 
http://www.pedagog.uz/
 
 
 
TEXNOLOGIYA FANINI UZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
X.M.Akramov dotsent – 
Namangan DU
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
texnologiya fanini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari ko`rsatilgan. 
Texnologiya fani boshqa o‘kuv fanlaridan o‘zining qator xususiyatlari bilan 
tubdan farq qilanishini yoritilgan xamda Texnologiya fanini isloh qilish va 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari berilgan. 
Kalit so`zlar
: Texnologiya fanining maqsad va vazifalari, ta’lim mazmuni, 
davlat standarti, fanini isloh qilish, fanning xususiyatlari. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini amalga oshirishning 
o‘ziga xos xususiyatlari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni aqliy va 
jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda 
dastlabki bilim, mehnat ko‘nikmalari, malakalarini, mehnatga qiziqish hamda 
mehnatsevarlikni shakllantirish, mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning 
ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida 
yashash manbai bo‘lgan mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi 


40 
shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirish, qiziqishi, mayl va qobiliyatiga xos 
kasb-hunar tanlashiga zamin yaratish texnologiya fanining asosiy maqsadi 
hisoblanadi. 
Texnologiya fani boshqa o‘kuv fanlaridan o‘zining qator xususiyatlari bilan 
tubdan farq qiladi: 
fanni o‘qitishda amaliy mazmun ustuvorligi; 
ishlab chiqarish bilan bevosita uzviy va chambarchas bog‘liqligi; 
mujassam fan ekanligi, ya’ni uni o‘qitishda o‘ndan ziyod o‘quv fanlari bilan 
aloqadorligi hamda bir necha mustaqil fanlarni qamrab olganligi; 
o‘qitishda o‘g‘il va qiz bolalar mehnatining o‘ziga xosligi; 
shahar va qishloq maktablarining moddiy texnika jihatdan ta’minlanganlik 
darajasiga bog‘liqligi; 
texnologiya ta’limida va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchi va ustalar kasbiy 
mahoratining shakllanishi bilim, ko‘nikma va malakalarining o‘ziga xosligi; 
o‘quvchilarni ilk maktab yoshidanoq kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari
amalga oshirilishi; 
kasb tanlashga yo‘llash ishlari texnologiya fani darslarining 1-9-sinflarida 
olib borilishi; 
texnologiya fani o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichi o‘rta maxsus 
kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirishga zamin yaratadi. 
Umumta’lim maktab o‘quvchilari texnologiya fanidan 1-9-sinflarda ishlab 
chiqarish va agrar sohalarga oid kasb-hunarlar bilan tanishadilar, faoliyatini 
o‘rganish bilan birga, ularning ish uslublarini o‘rganadilar. Bunda o‘quvchilar 
metall va metallmas buyumlarga ishlov berish usullarini (chizma chizish, 
loyihalash, 
konstruktsiyalash, 
qirqish, 
biriktirish, 
yelimlash, 
pardozlash, 
dizaynerlik, bichish-tikish, to‘qish va boshqalar) bajarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma 
va malakalarini rivojlantiradi.
Bu borada ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’lim davlat standarti texnologiya 
ta’limining mazmunini, ta’lim oluvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining zarur 
va yetarli darajasini, o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat 
talablarini belgilab beradi. 
Ta’lim mazmunining zaruriy o‘zagi hisoblanmish ta’lim standarti mamlakat 
hududidagi turli o‘quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash 
sharti amalga oshiriladi, o‘quv yuklamalari me’yoriga keltiriladi, o‘quvchilar 
bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 
O‘quvchi ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq 
egallash maqsadida mustaqil ravishda kengroq, chuqurlashtirilgan bilim olishga va 
yuqori reyting bali to‘plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki o‘quvchi xush 
ko‘rmaydigan predmetni o‘rganishda unda standartda belgilangan me’yor bilan 
cheklanishga imkon beriladi. Bunda o‘quvchi o‘zining qiziqishi, layoqati, 
qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, o‘zi uchun eng maqbul yo‘lni ongli va mustaqil 
tanlash imkoniga ega bo‘ladi.
Texnologiya fanining davlat ta’lim standarti o‘quv-tarbiya jarayonining 
barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablarning 


41 
ochiq bo‘lishini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan 
tushunarli tarzda ifoda qilingan mazkur talablar o‘quvchilar va ularning ota-
onalariga oldindan ma’lum qilinadi.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha rivojlangan davlatlar agrar ishlab chiqarishdan 
sanoat ishlab chiqarishga, ya’ni yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarga 
asoslangan elektrotexnika va elektronika, robototexnika, avtomatlashtirilgan sanoat 
ishlab chiqarish davlatiga o‘tib bormoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda 
mutaxassislarning texnikaviy salohiyati muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarish 
sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarning boshlang‘ich ko‘nikmalari aynan 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya darslarida shakllantiriladi.
Texnologiya 
fanini 
isloh 
qilish 
va 
rivojlantirishning 
asosiy 
yo‘nalishlari.
 
Istiqlolga 
erishgan 
mamlakatimizda 
yuz 
berayotgan 
o‘zgarishlar xalq ta’limi tizimini, jumladan, umumiy o‘rta ta’lim mazmunini davr 
nuqtai nazaridan isloh qilish va rivojlantirishning yo‘nalishlarini ishlab chiqishni 
taqozo etmoqda. Bunday yangilanish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga 
oshirilmoqda. 
Milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichida “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va 
tubdan yangilash, ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, 
madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur 
talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlari yaratildi.
Davlat ta’lim standartining bosh mezoni – bu tayanch o‘quv rejasidir. Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tayanch o‘quv rejasida belgilangan har 
bir o‘quv fanidan davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi. Davlat ta’lim standarti 
asosida tayanch o‘quv rejasida ajratilgan dars soatlaridan kelib chiqqan holda har 
bir o‘quv fanidan dasturlar yaratildi. 
Yangilangan ta’lim mazmunining hayotda to‘laqonli o‘z o‘rnini topib, 
kutilgan natijalarni berishi uchun tajriba-sinovdan o‘tkazilishi, sinov natijalari 
asosida takomillashtirilishi, undan keyingina amaliyotga joriy etilishi maqsadga 
muvofiqdir.
SHu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1998 yil 13 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil 
etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq ravishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
uchun ishlab chiqilgan tajriba-tayanch o‘quv rejasi, davlat ta’lim standarti 
loyihalari, sinov o‘quv dasturlari hamda baholashning reyting usuli tajriba-
sinovdan o‘tkazildi. 
Yaratilgan davlat ta’lim standarti loyihalari sinov dasturlari orqali Respublika 
darajasida tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Buning uchun ta’lim standarti asosida 
tuzilgan sinov o‘quv dasturi bo‘yicha har bir dars mavzusi sinovdan o‘tkazildi. 
Mavzu davlat ta’lim standartiga mos kelishi, o‘quvchilar yoshining psixo-
fiziologiyasiga mosligi, uning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasi va sifat 
ko‘rsatkichi, mavzuni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar tajriba-sinov jarayonida 
eksperimentator o‘qituvchilar tomonidan aniqlab berildi.


42 
Texnologiya fanining maqsad va vazifalari 
Texnologiya fani – mutaxassis-o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan 
bajariladigan maxsus fan sifatida o‘quvchining politexnik dunyoqarashini 
shakllantiradi, materiallarni qayta ishlashning yangi zamonaviy texnika va 
texnologiyalari to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘ladi, kasb-hunarlar haqida 
ma’lumot beradi va kasb tanlashga yo‘naltiradi, ilk maktab yoshidan mehnatga 
ijodiy yondashishga, mustaqil ishlashga, tejamkorlikka, o‘zini va o‘zgalarni 
nazorat qilishga o‘rgatadi, estetik madaniyatini hamda jamiyat va shaxs farovonligi 
yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari va 
tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv fani hisoblanadi. 
Texnologiya fanining maqsadi va vazifalari: 
- o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, 
ularning qiziqishlari, kasbiy moyilliklariga ko‘ra, kasb-hunar turlarini tanlashga 
asos bo‘ladigan xislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va 
rivojlantirish; 
- mamlakat xalq xo‘jaligining turli sohalari, ularda ishlatiladigan texnika va 
texnologiya, elektrotexnika, elektronika, avtomatlashtirish to‘g‘risida bilimlar 
berish, mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq 
tanishishlariga imkon yaratish, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish 
texnologiyalariga o‘rgatish; 
- yuqori sinflarda texnologiya fani ishchi mutaxassisliklarning kasbiy 
faoliyatida qo‘llaniladigan, turli xil asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan 
foydalanishni o‘rgatish; mexanizatsiyalashtirilgan va elektrotexnika, elektronika, 
avtomatlashtirish, robototexnika vositalar bilan ishlashni; texnologik bilim va 
malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena qoidalari 
asoslarini o‘rgatish; 
- o‘lchash-tekshirish asboblaridan foydalana olish, mehnat amaliyotini 
bajarish, olingan natijalarni qo‘yilgan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa 
chiqarishga o‘rgatish; 
- xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini, 
yashash tarzini, an’analarni tiklash va rivojlantirish; 
- o‘quvchilarni bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan 
hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik asosida ishlashni o`rgatish. 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish