Oliy va o‘rta maxsus taʹlim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/158
Sana27.05.2022
Hajmi4,38 Mb.
#611480
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   158
Bog'liq
Anjuman toplam Qoqon DPI

Фойдаланилган адабиётлар 
1.
 

Adler A
.
The course of human life as a psychological problem // 
Human Development, № 11. - P. 184-200. 
2.
 
Варламова Е.П. Степанов С.Ю.
Психология творческой уникальности 
человека. - М.: ИП РАН, 2002. 
3.
 
Дружинин В.Н. 
Психология общих способностей. - СПб.: Питер, 
2000

4

Хутороской А.В. 
“Дидактическая эвристика” теорея и технология 
креативного обучения. Издательство Московского университета. 2003.
 
TEXNOLOGIYA FANIDA NAZARIY BILIMLARNI AMALIYOTGA 
TATBIQI 
 
Isamova Oygul Akbarovna - 
Andijon viloyati Baliqchi tumani 
22- umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
 
Annotatsiya. Ushbu maqola o‘quvchilarni texnologiya darslarida olgan 
bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi, har bir o‘quvchining kundalik hayotiy 
ko‘nikmalarni egallashi zarurligi to‘g‘risida yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: nazariy va amaliy dars, bilim, ko‘nikma, malaka, ilmoq, havoyi 
halqa. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim sohasiga eng muhim vazifa 
sifatida e’tibor qaratib kelinayotgani sir emas. Bu sohada qator islohatlar qabul 
qilindi. Hayotga tatbiq etilayotgan qonunlar, dasturlar, yangilanishlar va 
o‘zgarishlar buning yaqqol namunasidir. Ta’limga davlat miqyosida berilayotgan 
bu e’tibor, o‘qituvchilarga katta mas’uliyat yuklaydi. Yaratilayotgan keng 
imkoniyatlardan foydalanib, yurtimiz kelajagi bo‘lmish bolalarimizni bilimdon, 
yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamolinson qilib tarbilashda, 
o‘qituvchidan tinmay izlanish, zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llash – davr taqozosi bo‘lib qolmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Texnologiya” fani nazariy 
o‘zlashtirilgan mavzularni amalda qo‘llay olish, egallangan bilimlarni hayotga 
tatbiq etishga o‘rgatadi. O‘quvchi yoshlar voyaga yetib qaysi kasbni egallashidan 


193 
qat’iy nazar “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalari hayoti davomida 
asqotadi. 
“Texnologiya” darslarida har bir dars avvalo nazariy, so‘ngra amaliy tarzda 
o‘rgatiladi. 5-, 6-, 7-sinflarda texnologiya darslari haftasiga 2 soatdan qo‘yilgan. 
Ushbu darslarni dars jadvaliga birin-ketin yani birinchi, ikkinchi soat yoki 
uchinchi, to‘rtinchi soat va hakozo tartibida qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bunda o‘quvchilar nazariy olingan bilimlarni amalda bajarib mustahkamlaydilar. 
8-,9-sinflarda esa haftasiga 1 soatdan qo‘yilgan bolib, bu sinflarda uyga berilgan 
topshiriq ko‘proq hajmni tashkil etadi. 
Texnologiya darsliklaridagi har bir mavzudan olingan bilim, ko‘nikma va 
malakalar o‘quvchilarning kelajak hayotlarida muhim poydevor vazifasini o‘taydi. 
Har bir o‘g‘il-qiz qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar bir oilaning sohibi va 
sohibasi bo‘ladilar. Demakki kundalik turmushda uchraydigan yumushlarni 
mustaqil bajara olishlari ko‘nikmalari kerak bo‘ladi. Bu bilan oila buyudjetlariga 
ham anchagina foyda keltirishlari mumkin bo‘ladi.
Misol uchun 9-sinf darsligida qizlar uchun ilmoq yoki spitsa yordamida turli 
buyumlar to‘qish mavzusi yoritilgan. Qo‘lda to‘qilgan kiyim va buyumlarga 
bo‘lgan qiziqish doimo yuqori bo‘lib kelgan, chunki inson to‘qish hunarini 
mukammal egallagan bo‘lsa, o‘zining didiga va turli mavsumga mos bo‘lgan kiyim 
va buyumlarni qo‘lda to‘qib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa bozordagi 
tayyor buyumdan anchagina arzon bo‘lib, iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.
Qo‘lda to‘qish jarayoni ilmoq yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu ish 
qurolini topish esa muammo emas. Ilmoqni yengil metall, yog‘och, plastmassadan 
tayyorlangan turlari mavjud. Ilmoqlar odatda 12-15 sm uzunlikda, turli 
yo‘g‘onlikda, ilgich qismi turli (to‘mtoq, o‘tkir, ingichka, yo‘g‘on) shaklli qilib 
tayyorlanadi. Ilmoqning yo‘g‘on-ingichkaligi raqam bilan belgilanib, ilmoqning 
diametri uning raqamini belgilaydi. Masalan diametric 2 mm bo‘lgan ilmoq 
ikkinchi raqamli va hakozo bo‘ladi. To‘qiladigan ipning ingichka- yo‘g‘onligiga 
moslab ingichka iplar uchun kichik raqamli, o‘tkir uchli, yo‘g‘on iplar uchun 
raqami yuqori bo‘lgan to‘mtoqroq uchli ilmoqlar tanlanadi. Ilmoq yordamida turli 
xil kiyim va buyumlarni to‘qish mumkin. Shuningdek, xilma-xil shaklli 
o‘yinchoqlar, bezak elementlari, tugmachalar, bezak gullar, tasma arqonchalar, 
to‘rlar tayyorlash mumkin.
Ilmoqda to‘qishni o‘rganish ancha oson. Ish oddiy halqa hosil qilishdan 
boshlanadi. Halqa hosil qilish uchun koptok ipning ichidan tortib bo‘shatiladi, soat 
millariga teskari yo‘nalishda ipni harakatlantirib, chalishma hosil qilinadi. So‘ng 
chap qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari uchlari bilan chalishmaning iplar 
kesishgan qismidan ushlab turiladi. Ong qo‘lda esa, xuddi qalam ushlagandek
ilmoqni ushlab turib, ilmoq uchini chalishma orasiga kiritiladi va kalavadan 
kelayotgan ipni shu chalishma oralig‘idan tortib chiqariladi. Shu tariqa havoyi 
halqa hosil qilinadi.
Yana bir misol: 7-sinf darsligi servis xizmati yo‘nalishida xalq 
humarmandchilik turlaridan biri bo‘lgan “Quroqchilik” san’ati haqida yoritilgan. 
Quroqchilik xalq hunarmandchiligining qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri 


194 
hisoblanadi. Quroq bitta buyumda rangi va fakturasi turlicha bo‘lgan gazlama 
qoldiqlarini birlashtirishdir. Bu usul bilan yostiq jildlari, ko‘rpa, divan va stul 
uchun g‘iloflar, gilamchalar, shuningdek, kiyimlar uchun bezak va to‘ldiruvchi 
detallar tayyorlash mumkin. Quroq texnologiyasida istalgan gazlamadan, ham 
yangi, ham avval ishlatilgan gazlamadan foydalanish mumkin. 
Texnologiya darslarida o‘quvchilarda badiiy didni o‘stirish, sabr-toqatlilik 
hislatlarini shakllantirish, gazlama qoldiqlaridan unumli foydalanish, ularni 
o‘lchash-rejalash va gazlama bo‘laklarini o‘zaro muvofiq joylashtirish hamda eng 
asosiysi tejamkorlikka o‘rgatish, ushbu mavzuni nazariy va amaliy tarzda 
mukammal o‘rganish orqali amalga oshiriladi. 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish