171
Maktabdan tashqari tàlimning asosiy maqsadi òquvchilarga davlat tàlim talablari
asosida bilim berish , ularni mustaqil fikrlashga òrgatishdan iborat. Maktabdan
tashqari ishlarning texnologiya fani òqituvchisi bilan birgalikda tashkil etilishi,
òquvchilarni ishlab chiqarish korxonalari , tsex , favrikalarning ish faoliyati bilan
chuqurroq tanishtirish ularning fikrlash olamining kengayishiga , yaratuvchanlikka
bòlgan qiziqishini shakllantiradi. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni "
zavoddagi bir kunim " yoki " mening tsexdagi faoliyatim " kabi mavzular atrofida
tashkil qilish , shular asosida amaliy kònikmalarini shakllantirib borish
òquvchilarning yanada bunday ishlar bilan qiziqishiga òzida ishtiyoq, qiziqish va
kelgusida davom ettirish hislarini uyģotadi. Òquvchilarga sinfda ishlab chiqarish
korxonalari ularning ish faoliyati haqida nazariy jihatdan tòliq màlumot berish
mumkin , ammo ularning amaliy ishlarini , qiyinchilig -u , ishning foydali, natiyjali
tomonlarini kòrsatib bera olmaydi. Agar sinfdan tashqari ishlarga ham etibor va
vaqt ajratilsa, amaliy ishlarni òzlari kòrib guvohi bòlsalar ularning òziga bòlgan
ishonchì ortadi, òz iqtiyorlari bilan kasb tanlashga , yanada yangi mahsulot yoki
texnikalarni òylab topishga bòlgan kreativlik paydo bòlishi mumkin. Shuning
uchun òquvchilarning vaqtini tòģri taqsimlash , ularni foydali ishlarga jalb etish,
texnologiya tàlimida sinfdan tashqari ishlarga yanada kòproq etibor berish zarur.
Sinfdan tashqari tàlim maktabdagi nazariy darslarning davomi sifatida olib
borilishi kerak.Chunki biz nazariy darslarda kasblar, hunarmandchilik , yoģochga
ishlov berish , gazlamaga ishlov berish , taom tayyorlash bòyicha bilimlarni
òrganamiz, bularni yanada rivojlantirish òquvchi yoshlarning hunar òrganishida
katta ahamiyatga ega. Hozirgi paytta hamma maktablar ham ustaxona bilan
tàminlanmagan. Tàminlanganlarida ham tsex, fabrikalardagi kabi tàasurotlar
bòlmasligi mumkin. Darsdagi mavzuga qarab maktablardagi amaliy darslarni
shunday ishlab chiqarish joylariga biriktirilib ish faoliyati òrganilsa òquvchilarimiz
ham teran bilim va taffakkur egasi bòlishida katta yordam beradi deb òylayman.
Amaliy darslar , mashģulotlar òquvchilarni bilim , kònikmalarga ega bòlish bilan
birga yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash , hayot mazmunini tushunib olishga
kòmaklashish , òz - òzini nazorat qila bilishni , òz shaxsiy turmushiga maqsadli
yondashuv , ularda reja va amal birligi hissini uyģotish ,turmushda eng oliy
qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirishda
katta yordam beradi. [3]. Maktabdan tashqari tàlim jarayonida òquvchilar òzlari
mustaqil fikr yuritishlari , òylab topish kreativligini oshirish maqsadida korxona va
tsexlarda jarayonlarni kòrib borsalar yana quyidagicha jadval bòyicha ish olib
borsalar yangicha narsalar òylab topishiga turtki bòladi degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: