101
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
N.A. Muslimov., A.I. Usmanov. Mehnat va kasb ta`limi yo`nalishlari
bo`yicha umumkasbiy va maxsus fanlarni o`qitish muammalari. Ilmiy ishlar
to`plami. Toshkent 2005y
2.
I.Karimov, B.U. Olimov Mehnat ta`limiy darslarida fanlararo bog`lanishlar.
Uslubiy qo`llanma Toshkent 2008y
“TEXNOLOGIYA” FANI DARSLARIDA O‘QUVCHILAR KREATIV
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
B.Razzoqov –
Farg‘ona DU
Rezume.
Ushbu
maqolada
o‘quvchilarning kreativ sifatlari va
“Texnologiya” fani darslarida ularni rivojlantirish yo‘llari yoritib berilgan.
Tayanch so‘zlar. Kreativlik, kreativ sifatlar, kreativ fikrlash, kreativlik
xaritasi, amaliy kreativ xarakat, kreativ mahsulot, ijodiy qobiliyatlar.
Summary. This article reveals the concept of creative qualities of students,
and their ways of development in the classroom on the subject “Technology”.
Keywords. Creativity, creative qualities, creative thinking, a map of
creativity, practical creative actions, the result of creativity, creative abilities.
Резюме. В данной статье раскрывается креативные качества
учащихся, и их пути развития на уроках по предмету “Технология”.
Ключевые слова. Креативность, креативные качества, креативное
мышление, карта креативности, практические креативные действия,
результат креатива, творческие способности.
Xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘zgarishlar, bozor munosabatlari sharoitida
mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish xar bir
mutahassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib
borishni taqozo etmoqda. Bu esa o‘quvchilardan xar bir fanni jumladan texnologiya
fanini o‘rganishda fan bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarni egallash, mustaqil
topshiriqlarni bajarish,turli masalani yechishga kreativ yondashuvni izchil ravishda
tarkib toptirib borilishiga bog‘liq.
O‘quvchilarda iqtidorlilikni rivojlantirishning tarkibiy qismlaridar biri
bo‘lgan kreativlik-ijodiy xayolot, g‘oyaning originalligi, yangi muammolarni xal
etish yo‘llarini izlab topish, o‘zlashtirilgan bilimlarni yangi sharoitlarda qo‘llay
olish qobiliyati xisoblanadi.
Kreativlikning tarkibiy qism (ijodiy qobiliyatlar): ijodiy xayolot, g‘oyaning originalligi, uni yoritib berish
ko‘nikmasi, yangi muammolarni hal etish yo‘llarini izlab topish qobiliyati, buning uchun faoliyatning mavjud
usullaridan foydalana olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni yangi sharoitlarda qo‘llay olish, ijtimoiy ijodkorlikka doir
maxsus qobiliyatlar va x.k.
O‘quvchilarning bo`lg`usi mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi,
rivojlanishi, o‘z mohiyatiga ko‘ra alohida jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Shaxsning
xar tomonlama yetuklikka erishishi inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy
kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishidan boshlanib, kasbiy
faoliyatning yakunlanishigacha bo‘lgan davrda kechadi. Ijodkor shaxsning
102
shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos
kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenezi - tug‘ilishidan
boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat
mazmuniga bog‘liq. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda
bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy maxsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi
sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy
omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit,
xayotiy muhim va kasbiy shartlangan xodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda
o‘quvchilarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishini taqozo etadi. O‘quvchilarda
kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining mohiyatini to‘laqonli anglash uchun
avvalo “kreativlik” tushunchasining ma’nosini to‘liq tushunib olish talab etiladi. Ken
Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik - o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar
majmui” (Azzam, 2009 y.) xisoblanadi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida bu
tushunchani shunday izoxlaydi: “kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan
amaliy xarakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy
qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazari
bo‘yicha, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan
birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Kreativlik
(lot., ing. “create ” - yaratish, “creative” - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi
g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati xisoblanadi. Umumta’lim
maktablarida “Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarning kreativ fikrlashini
shakllantirish ularning fan bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarni egallash,
mustaqil topshiriqlarni bajarish,turli masalani yechishga kreativ yondashuv orqali
amalga oshiriladi. Patti Drapeau nazariyasi bo‘yicha kreativ fikrlash, eng avvalo,
muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. H
ar tomonlama fikrlash
o‘quvchilardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab
g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda
bir tomonlama fikrlash
esa
birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala
yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birdangina foydalanib samarali natijaga
erishib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni
shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani
yechishda o‘quvchi ko‘p(har) tomonlama fikrlash asosida yechimning bir necha
variantini izlaydi, keyin esa bir tomonlama fikrlash asosida eng maqbul, natijani
kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi . E.P.Torrens fikricha, “kreativlik”
tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi:- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari
surish;
-farazni tekshirish va o‘zgartirish;
-qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
-muammo yechimini topishda bilim va amaliy xarakatlarning o‘zaro qarama-
qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik.
E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi o‘zida quyidagi belgilarni namoyon
qiladi:
-savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma’lumotlarga e’tiborsiz bo‘lmaslik;
103
-muammolarni aniqlash uchun xarakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida
ularning yechimini topishga intilishni.
“Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilar kreativ sifatlarni rivojlantirish
to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: Kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg‘u
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e’tibor markazida bo‘lib,
o‘quvchilar savollar yordamida kreativ xarakterdagi xarakatlarning moxiyatini
ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, o‘qituvchilar kreativ fikrlash ko‘nikmasini
samarali shakllantirish maqsadida o`quvchilarga ularni fikrlashga undovchi savollar
bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Nazorat savollarini berishda o‘quvchilarni fikrlashga undovchi so‘z
(fe’l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli
o‘quvchilarda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra o‘qituvchi
turli, antiqa, noan’anaviy xamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so`z
(fe’l)lardan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bog‘liqlikni toping”,
Do'stlaringiz bilan baham: |