96
1913-1914 yillarda Buxoroda amir Ahadxon tomonidan Sitorai Mohi Xosa
qurildi.U ganch o‘ymakorligi bilan bezatildi. Ayniqsa oq uy (mehmonxona)ni
o‘sha davrdagi ganch o‘ymakorligining ajoyib namunasi desa bo‘ladi. Bunda oyna
zaminida ganch o‘ymakorligi bajarilgan. U o‘zining nozikligi,jimjimador qilib
bezatilishi bilan ajralib turadi. Mazkur saroyning bezak ishlarini Usta SHirin
bajargan.U o‘sha davrda eng ko‘zga ko‘ringan ganchkor ustalaridan edi.
1947 yili Toshkentda me’mor A.Muxamedshin boshchiligida Kurant binosi
qurildi. Bu binoni bezashda Usta SHirin Murodov qatnashdi.
O‘zbekiston me’morchiligiga katta xazina bo‘lib qo‘shilgan O‘zbekiston
Davlat opera va balet teatri 1947 yili akademik arxitektor Aleksey SHusevning
loyihasi va rahbarligi ostida qurib bitkazildi. SHusev O‘zbekiston viloyatlaridagi
ganchkor ustalarni bir joyga yig‘ib,ular oldiga ikki
muhim masalani teatrning
zallarini har bir viloyatning o‘ziga xos milliy uslubi asosida bezash, ikkinchi-
bezalgan xona teatrning arxitektura badiiy obraziga mos tushishi kerakligi haqidagi
masalani qo‘ydi. Buning natijasida teatrning Xiva, Termiz zallari qadimda
ishatiladigan ganchkorlik uslubida ishlandi. Buxoro,Toshkent,Farg‘ona va
Samarqand zallari esa zamonaviy xalq an’anasiga mos bo‘lgan ganch o‘ymakorligi
bilan bezatildi.
1952 yili Toshkentdagi P.P.Benkov nomli jumhuriyat badiiy bilim yurtida
xalq amaliy bo‘limi ochildi.Davlat mukofoti
laureati Usta SHirin Murodov, Usta
Toshpo‘lat Arslonqulov dars berdilar. Bu bilim yurtida M.Usmonov 1953-1960
yillarda ganch o‘ymakorligidan dars berdi.
O‘zbekiston ganch o‘ymakorligi san’ati yuksak darajada rivojlanib
qardosh xalqlar taraqqiyotiga ham katta ta’sir etmoqda.
1978 yilda O‘zbekistonning bir necha shaharlarda xalq san’ati
birlashmalari tashkil etildi. Birlashmani tashkil etilishi xalq amaliy san’atining
rivojlanishiga, ustalarning ijodiy mehnatini tashkil etish va tayyorlangan
buyumlarni sotishda hamda ustalarimiz shogirdlar tayyorlashda muhim rol
o‘ynaydi.
1991 yil 1 sentyabrida O‘zbekiston hayotida ulkan tarixiy voqea bo‘ldi -
mustaqillik e’lon qilindi.
Respublikamizning mustaqillika erishishi o‘tmish avlodlarimiz tomonidan
bebaho ma’naviy boyliklar xazinasini, madaniy meroslarini, san’atini
chuqur va
har tomonlama o‘rganib, kelajak avlodga etkazishning keng imkoniyatlari
yaratildi.
O‘zbekistonda Badiiy Akademiyasini, hunarmandchilik uyushmalari
hunarmandchilik liseylari va kollejlari, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy
rassomchilik
va dizayn instituti ochilishi, chet-ellarda turli ko‘rgazmalar tashkil
etilishi Amaliy san’atini va hunarmandchiligini rivojlanishiga va dunyoga bizning
ma’naviyat olamimizni tarqalishiga olib kelmoqda.
1994 yil 7 oktyabrdan 15 oktyabrgacha Pokiston poytaxti Islomobod
shahrida islom mamlakatlari hunarmandlarining birinchi xalqaro festivali bo‘lib
o‘tdi. Bu festivalga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tatariston, Respublikalari va
boshqa davlatlari jami 46 davlat hunarmandlarini ishlari bilan qatnashdilar.
97
O‘zbekiston hunarmandlari Fatxilla Jumaev,
Ortiq Fayzullaev, SHokirjon
Komilovlar konkurs g‘oliblari deb topildilar.
1997 yil 23 yanvarda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish
haqidagi farmoni va Vazirlar mahkamasining 1997 yil 11 martdagi O‘zbekiston
Badiiy Akademiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinadi.
Ulug‘ muxandis Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yillik to‘yi
munosabati bilan 1998 yili 24 oktyabrda Samarqandda Imom al-Buxoriy
maqbarasi majmuasi qayta tiklanib bezatildi. Unda O‘zbekistonning turli
viloyatlaridan kelgan xalq amaliy san’at ustalari ya’ni yog‘och o‘ymakor,
ganchkorlar, toshtaroshlar va boshqalar o‘zlarining san’atlarini namoyon qildilar.
Ustalarimiz Oliy Majlis, shahar
xokimiyati Temuriylar muzeyi, Masjid,
madrasa va boshqa binolarning eng zamonaviy o‘yma ganch bilan bezadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: