Генерал директор
Катнашчиларнинг умумий йигилиши
«INTELECT-LTD» Qo’shma korxonasining tashkiliy tuzilmasi
Омбор
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasiga birinchi marta kelgan mijozlar odatda uch savol bilan murojaat qilishadi: metal plitkalar o’zida nimani namoyon etadi va nimaga ekspertlar xulosasiga ko’ra eng ma’qul tom yopqich materiali hisoblanadi?
qoplamaning ximoya qavati qismi - 25 mikron poliestr turli xil haroratga bardosh beradi. Bundan tashqari Markaziy Osiyo sharoitida issiq quyosh nurlaridan zaralarmaydi. Metal plitkalar keramik plitalarga nisbatan 10 marta oson bo’lib ustini bo’yash talab etilmaydi.
Yuqori seysmik xatarni mavjudligi tufayli binolarni tomini yopishda quruvchilar keramik plitkalarni bir-biriga mahkam bog’lashlari kerak bo’lib, afsuski bugungi kunda bunga kam ahamiyat berilmoqda.
«INTELECT-LTD» O’zbek-Koreya Qo’shma korxonasi O’rta Osiyoda yangi metal tom yopqichlar va unga aksessarlar ishlab chiqarish bo’yicha yagona hisoblanadi.
Uning asosiy afzalliklari:
o’zining chiroyli ko’rinishi,
yuqori mustahkamligi
har qanday shamol bo’ronlarga chidamliligi
10 marta an’anaviy keramik yopqichga nisbatan yengilligidir.
1 kv.m metal tom yopqichning og’irligi - 4,5 kg. Bu uy qurishda anchagina iqtisod qilish imkonini berib, uni ishlatishda poydevor va devorlarni mustahkamlashning ahamiyati kam hisoblanadi, tomni yopishda yengil obreshetkalardan foydalanish mumkin. Tomni yopish juda oson bo’lib, katta bir uyni 2 nafar odam bemalol bir kunda qurishi mumkin. Bunday tomlarning xizmat qilish muddati uyning butun umriga tengdir. Bir marta yig’ilgan tom keyingi safar xech qanday xizmat talab qilmaydi.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasining metal tom yopqichning kengligi 1,065 m., uzunligi 0,95 mdan 10 metrgacha ( buyurtmachining hohshiga qarab) bo’lib, maxsus po’lat qoplamadan tayyorlangan, qoplamaning ikki tomoni yetti qavatli ximoya qiluvchi qobiqqa ega, ustki qismi 25 mikronli rangli poliestr qoplamasidan iborat. Poliester Markaziy Osiyo yozgi oylarining yuqori haroratiga chidamli hisoblanadi.
Metal tom yopqichlarni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo Gollandiya va Finlandiyadan ko’p xil rangda tayyor rulon ko’rinishida yetkazib beriladi. Finlandiyaning maxsus ishlab chiqarish dastgohida lenta tabibiy tom yopqich shakliga keladi.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasining metal tom yopqiklari uyga yashil, qizil, jigarrang, sariq va qora ranglarda hashamatli va chiroyli ko’rinish taqdim etadi
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasining meta tom yopqichlarinig “MONTEREY” turi xarakteristikasi:
Qalinligi – 0,50 mm,
kengligi – 1065 mm,
balandligi – 54 mm,
ustki qoplamasi – poliester – 25 mk.,
og’irligi – 4,5 kg.m2,
Standart uzunligi – 0,95 dan10 metrgacha (buyurtma bo’yicha)
Rivojlanish strategiyasi
Bugungi kunda kompaniya umumiy maqsadi mahsulotishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va bozordagi ulushini kengaytirishdan iborat. Kompaniya rivojlanish strategiyasi kelajakda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishni ko’zlaydi.
Marketing rivojlanish dasturi. Mahsulotlarining mavjud va yangi turlari uchun bozorni nishonga olish va pozitsiyalash strategiyasi dasturi marketing aralashuvi komponetlari strategiyasi dizayniga olib keladi. Mahsulot, tarqatish, baho va sotuvni rag’batlantirish (4 P strategiyasi) har bir bozor maqsadi uchun pozitsiyalash strategiyasini tashkil etish uchun umumlashishi kerak. Bozor nishoni uchun pozitsiyalash komponentlari o’rtasidagi munosabat 2 rasmda ko’rish mumkin.
Sohadagi raqobat
Bugungi kunda «INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi raqoobat bozori muhitida o’z bozorini kegaytirishga urinmoqda. Yaqinda asosiy raqobatchi metal top yopg’iq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan - Desk Invest O’zbek Avstriya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
Bundan tashqari korxona uchun tom yopgich materiallarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar bo’lib, ular past baho strategiyasida aholining kam to’lov qobiliyatiga ega qismi ehtiyojlarini qondiradilar.
Moliyaviy ko’rsatkichlar
Moliyaviy ahvoli. Tayyor mahsulotni sotishdan tushgan tushum 1562000 ming so’m, qo’shilgan qiymat solig’i 259800 ming so’m, sof daromad 1302,2 mln so’mni tashkil etdi. Sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxi 520900 ming so’m, sotuvdan tushgan sof tushum 781300 ming sum, Mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan yalpi foyda
21500 ming so’m, ma’muriy harajatlar - 132700 ming sum, yalpi daromad- 176 535 ming so’m, sof foyda - 161530 ming so’mni tashkil etdi. (2004 yil boshiga nisbatan). Kompaniyaning avvalgi ikki yil ko’rsatkichlariga nisbatan mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan yalpi foyda va sof foyda 282165 ming so’m (2003) va 161530 ming so’mni (mos ravishda) tashkil etdi.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonaning Buxgalteriya balansi, Pul oqimlari to’g’risida Hisobot va Pul oqimlari (Moliyaviy natijalar, forma №2) ilova qilingan.
SAVOLLAR:
Kompaniya sof foydasini kamayganligi sababini qanday izohlaysiz?
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi mahsulot sotuvini kuchaytirish borasida qanday tavsiyalar bera olasiz?
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi O’zbekiston bozorida qanday ma’muriy, investitsion yoki boshqa qarorlarni qabul qilishi kerak deb o’ylaysiz?
Sifat yoxud miqdor bo’yicha qangday marketing marketing strategiyasini taklif qilasiz?
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi bozorda sifat afzalligini saqlashda texnologiyaning roli qanday o’rin tutadi?
Kompaniyaning imkoniyatlari va xavf-xatarlari, kuchli va kuchsiz tomonlari ni (SWOT usuli) tahlil qilib raqobat afzalligini ko’rsatib bering va raqobatchilar tomonidan potentsial xavf-xatarlarni baholang?
«INTELECT-LTD» Qo’shma Korxonasi BUXGALTERIYA BALANSI - 1-sonli shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |