hisoblash
Korxonaning rejali faoliyati samaradorligining asosiy baholash mezonlari sifatida quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlar xizmat qilishi mumkin.
Sof diskontlangan daromad (SDD) – tovar ishlab chiqarish loyihasining rejalashtirilgan samaraning umumiy miqdorini ko’rsatadi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi mezonlari bo’lib barcha teng sharoitlardagi sof diskont daromadi yoki integral samaraning maksimal kattaligi hisoblanadi.
Variantlarni tanlashda xarajat miqdori, qoplanish muddati kabi mezonlar bo’yicha eng yaxshilariga e’tibor berish lozim.
bu yerda:
E
t
g – diskont normasi;
t – loyihaning hisoblangan muddati; Nt – umumiy natija;
Xt – umumiy xarajat.
Daromadlilik indeksi (DI).
Ushbu ko’rsatkich keltirilgan samara summasini kapital qo’yilmalari umumiy kattaligiga nisbatini ifodalaydi. Daromad indeksi quyidagi formuladan hisoblanadi.
bu yerda:
Kt – kapital qo’yilmalar ummuiy miqdori.
Daromadllik indeksi sof diskont daromadi bilan bevosita bog’langan. Daromadlilik indeksi 1 dan kichik bo’lgan holatda investitsiya loyihalari samarasiz bo’lib hisoblanadi.
Ichki daromadlilik normasi (IDN), diskontning shunday normasini belgilaydiki, bunda keltirilgan samara kattaligi keltirilgan kapital qo’yilmalar kattaligiga teng bo’ladi. ushbu ko’rsatkichlar orasidagi bog’liqlikni quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin.
bu yerda:
Eg – diskont normasi.
Loyihaning daromadlilik ichki normasi kattaligi investor tomonidan talab etilayotgan moliyalashtirish foiz stavkasi bilan solishtiriladi. Ichki daromadlilik normasi bank tomonidan belgilangan kredit uchun hisob stavkasiga teng yoki undan ortiq bo’lgan holatdagina investitsiyalar o’zini oqlaydi.
Loyihaning qoplanish muddati loyihani amalga oshirilgan kundan boshlab hisoblangan minimal vaqt intervalini belgilaydiki. Undan tashqarida integral samara ijobiy mazmunga ega bo’ladi. Umumiy holatda qo’yilmalarning qiymatini shu davrda olingan umumiy samara miqdoriga nisbati orqali hisoblanadi.
bu yerda:
Tqot – loyihaning qoplanish muddati;
Kt – hisobot yili uchun kapital qo’yilmalarning umumiy kattaligi; St – shu davr uchun umumiy samara.
Qoplanish muddatini aniqlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar hamda natijalar mohiyatini diskontlash orqali hisoblash maqsadga muvofiqdir. Hisoblangan qoplanish muddati umumiy holatda solishtirilayotgan loyihalar samaradorligi mezoni bo’lib xizmat qiladi. Lekin amaliy faoliyatda hisoblangan qoplanish muddatini me’yoriy ko’rsatkichlar bilan solishtirish qabul qilingan. Me’yoriy qoplanish muddati loyihaning daromadlilik yoki foydalilik me’yorini ko’rsatadi:
Tm = 1/Em
bu yerda:
Tm – loyihaning me’yoriy qoplanish muddati; Em – samaradorlik me’yori.
Ichki rejalashtirish jarayonida rejalashtirilayotgan ko’rsatkichlarning optimal qiymatlarini tanlash uchun tannarx material sig’imi, mehnat sig’imi, rentabellik, zararsizlik, sotuv hajmi, xissadorlar daromadi, bozor bahosi kabi xususiy mezonlardan foydalanish mumkin. Samaradorlikni baholash mezonlari sifatida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichlarni tanlash aniq ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Lekin, har qanday sharoitda ham iqtisodchi menejerlar mavjud cheklanishlarga qaramay o’z maqsadlariga erisha olishlari lozim.
Reja – loyihalarning samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash
Firmaning ichki rejalashtirish ishlab chiqarish jarayonida mavjud ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish asosida maksimal natijalarga erishishni ta’minlaydigan iqtisodiy ko’rsatkichlarni asoslash va optimallashtirish ko’zda tutiladi. Amaldagi uslubiy ko’rsatmalarga asoslanib ishchan loyihalarning optimal variantlarini aniqlashning ma’lum bir tartibi belgilanadi.
Birinchi bosqichda texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishni rivojlantirishning rejalashtirilgan variantlari tanlanadi. Ushbu variantlarning har biri cheklanishlar, xususan texnik ko’rsatkichlar, sifat ko’rsatkichlari, ishlab chiqarish standartlari, ijtimoiy sharoitlar, sotish muddati va bozorning boshqa ehtiyojlarini qondirish talab etiladi.
Ushbu ko’rsatilayotgan alternativ variantlar qatoriga texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari darajasi eng ilg’or jahon namunalari (yutuqlariga) mos keladigan texnika turlari yoki ishlov berishning texnologik usullari, shuningdek ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari ham albatta kiritilishi lozim.
Kelgusi bosqichda har bir tanlangan variant bo’yicha xarajatlar, natijalar va iqtisodiy samara ko’rsatkichlari aniqlanadi. Turli vaqtdagi xarajat va natijalar keltirish yoki diskont koeffitsenti yordamida hisob yiliga tenglashtirilishi kerak. quyidagi jadvalda turli diskont me’yorlaridagi diskont koeffitsentlarining hisob ko’rsatkichlari keltirilgan.
16.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |