B1 va Bsh – mahsulotning haqiqatdagi va shartnoma tuzilgan vaqtidagi bahosi;
AVS – xom-ashyo materiallar, ish haqi va boshqa xarajatlarning mahsulot bahosidagi ulushi;
a1 va a0 – xom-ashyo materiallarning haqiqiy va shartnoma tuzilgan davrdagi o’rtacha bahosi;
v1 va v0 – tovarni haqiqatda sotilgan vaqtidagi va shartnoma tuzilgan paytdagi xodimlarning o’rtacha ish haqi.
Narx korrektirovka qilish iste’molchilarni yo’qotib qo’yishni oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Qisqacha xulosalar
Marketing rejasi korxonaning mahsulotni sotish bozorlarini va raqobatchilarini baholash hamda marketing strategiyasini asoslab berishni ko’zda tutadi.
Shuningdek, marketing rejasi korxona faoliyatini ichki tashkil qilish uchun ham zarur bo’lib, hamkorlar va investorlar bilan muloqot asosi bo’lib hisoblanadi. Marketing rejasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tarqatish sxemasi, narxlarni belgilash usullari, tovar siyosati, tovar dizayni kabi masalalar yoritiladi.
Nazorat uchun savollar:
Marketing rejasini mazmunini nima tashkil etadi?
Marketing tadqiqotlarini maqsadi va ahamiyati.
Raqobat va raqobatda ustunlikni tahlil qilish ahamiyati?
Bozorni tadqiq qilishning qanday usullarini bilasiz?
Reklama va uning funksiyalari?
Baho siyosati turlari?
Baho belgilash usullarining bir-biridan farqlovchi jihatlarini yoritib bering?
Test savollari:
Baho siyosatining quyidagi shakllari mavjud?
Qaymog‘ini olish va diskriminatsion narx siyosati;
Qaymog‘ini olish va yorib kirish siyosati;
YOrib kirish va diskriminatsion narx siyosati;
Uzoq muddatli narx belgilash va diskriminatsion narx siyosati.
Marketing rejasi qanday maqsadlarda tuziladi?
Korxonaning faoliyatini bozordagi holat bilan muvofiqlashtirish uchun tuziladi;
Faoliyatni amalga oshirish uchun yo’llanma, faoliyati natijalarini istiqbollash qurolidir;
Rakobatchilarni va xaridorlarni taxlil qilish maksadida;
Korxonaga pul mablaglarini jalb etish uchun xizmat kiladi.
Mahsulot birligi foydasi va unn ishlab chiqarish tannarxi tavsifi biznes rejaning qaysi bo‘limida tavsiflanadi?
Ishlab chiqarish rejasi;
Marketing rejasi;
Biznesni ifodalash;
Rezyume.
Yangi mahsulotning umumiy tavsifi biznes rejaning qaysi bo‘limida xavola etiladi?
Ishlab chiqarish rejasi;
Marketing rejasi;
Biznesni ifodalash;
Rezyume.
Tovar markasi bu ...
Firma yoki tovarning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini maxsus ishlangani, o‘ziga xos yozilishi;
Firmaviy nom, firmaviy belgi, savdo siymosi yoki ularning birlashuvi;
Ma’lum bir tartibda ro‘yxatga olingan, tovarga berilgan, tovar ishlab chikaruvchisi ko‘rsatilgan belgi, nom;
Sotuvchi tovarlari va xizmatlarining raqiblar tovarlaridan ajralib turishi uchun mo‘ljallangan belgi, nom, atama.
Tovar belgisi bu ...
Firma yoki tovarning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini maxsus ishlangani, o‘ziga xos yozilishi;
Firmaviy nom, firmaviy belgi, savdo siymosi yoki ularning birlashuvi;
Ma’lum bir tartibda ro‘yxatga olingan tovarga berilgan, tovar ishlab chikaruvchisi ko‘rsatilgan belgi, nom;
Sotuvchi tovarlari va xizmatlarining rakiblar tovarlaridan ajralib turishi uchun mo‘ljallangan belgi, nom, atama.
Marka nomi bu ...
Tovar markasining bir kismi bo‘lib, talaffuz qilish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha tarzda yoziladigan harf yoki so‘z;
Markaning bir qismi bo‘lib, talaffuz qilinmaydi va oson tanib olinadigan belgi yoki rasm;
Bu ramz, belgi, surat, nom bo‘lib bir yoki bir nechta ishlab chikaruvchilar mahsulotlarini solishtirishni ta’minlaydi;
Korxona nomi va imiji.
Tovar sifati bu ...
Extiyoj va talabni qondira oladigan vazifalar majmuasi;
Mahsulot yoki tovarning iqtisodiy xususiyatlari majmui;
Extiyojlarni qondirish imkoniyatini beradigan mahsulot xususiyati tavsifi majmui;
Tovar vazifasini bajarishga imkon beradigan xususiyatlar tavsifi.
Turli baholardagi ishlab chiqarish va sotish hajmi e’tiborga olingan holda mahsulot bahosi va unga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmini belgilash bu ...
Baho belgilash maqsadi;
Baho belgilash usuli;
Baho belgilash taktikasi;
Baho belgilash vazifasi.
Ishlab chiqarish harajatlariga kiritilgan kapital uchun mukofot miqdorini qo‘shish bu ...
Sotishni ta’minlash usuli;
O‘rtacha harajatlar qo‘shuv foyda usuli;
Zararsizlik va maqsadli foyda usuli;
Raqobatga yo‘naltirilgan usul.
IX BOB. ISHLAB CHIQARISH REJASI
Do'stlaringiz bilan baham: |