Rezyume biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’ladilar.
Rezyumeni ishlab chiqish – bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u ijobiy taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar ajratilmaydi. Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan oshmasligi lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus terminlardan kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima qilmoqchi ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning mahsulotingizni sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani amalga oshirish natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Shuningdek, bu varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar rentabellik darajasi hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham ko’rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Biznes rejani tayyorlash davomida, 2 ta asosiy savolni ushlab turishingiz lozim. Bular “Biznes rejani samarali amalga oshirish natijasida men nimaga ega bo’laman?” hamda “pul mablalarini yo’qotish xavfi qanday?”.
Iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar tajribasi tahlili biznes rejaning ushbu qismiga yetarli ahamiyat berilmayotganligini ko’rsatadi.
Biznes rejaning qisqa tavsifining mazmuni quyidagi masalalarga javob berishdan iborat bo’ladi:
Biznes:
biznes faoliyatini shakllantirish va uni rivojlanish tarixi;
biznes faoliyat maqsadining qisqacha tavsifi;
aksiyalarni taqsimlanishi va rahbarlarning strategik qarorlarni qabul qilishda ma’suliyati.
Mahsulot:
mahsulotni nima mukammal qiladi hamda uni farq qiluvchi xususiyatlari xususan raqobatchi mahsulotdan farq qiluvchi jihatlari.
Bozor:
mavjud bozor sig’imi;
taqsimlash kanallari;
o’sish prognozi;
ehtimol qilinayotgan bozor ulushi. Rahbar va personallar:
yaratiladigan ish o’rinlarining soni;
mutaxassis va xizmatchilarning malaka darajasi;
mazkur biznes faoliyatidagi mavjud tajribalarning qisqacha tavsifi. Moliyalashtirish:
talab qilinadigan moliyaviy mablalarning aniq maqsadi;
–daromad va sof foyda prognozi;
–kutilayotgan foyda prognozi.
Qisqacha xulosalar
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatning rejalashtirish biznes rejaga asoslanadi.
Biznes reja – korxona faoliyatining texnik-iqtisodiy asoslash. Rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Raqamlar, grafiklar, yangi tovar (xizmat)lar namunalari xujjatlari bilan ifodalangan yetkazishning eng qulay usuli bo’lib hisoblanadi. Biznes reja xissadorlarni aktsiyalarni sotib olishga va ishni moliyalashtirishga qiziqtirish, shuningdek mablag’larni investitsiyalashning istiqbolligini isbotlash uchun ham xizmat qiladi.
Biznes reja amaldagi firmalar bilan birga yangitdan tashkil etilayotgan firmalar uchun ham tuziladi. Agar biznes reja yangi korxona uchun tuzilayotgan bo’lsa, u holda xalqaro iqtisodiy amaliyotda umumiy holda qabul qilingan uslubiyatga asoslanish talab etiladi. Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda firma faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilgandan so’ngina reja tuziladi.
Nazorat uchun savollar:
Biznes reja maqsadi va vazifalari mohiyati nimalar bilan ifodalanadi?
Biznes reja qanday funksiyalarni bajaradi?
Biznes rejaga qanday talablar qo’yiladi?
Biznes reja tuzilmasi qanday bo’limlardan tashkil to’adi?
Biznes reja rezyumesi qanday maqsadda tuziladi?
Test savollari:
«Biznes-reja» – ?
Tadbirkorlik faoliyatining barcha asosiy tomonlari ifodalanadigan hujjat;
Ishlab chiqarish strategiyasini ifodalaydigan hujjat;
Tovarlarni tarqatish taktikasini ifodalaydigan hujjat;
Narxlar sohasidagi strategiyani belgilaydigan hujjat.
«Rezyume» bo‘limining asosiy maksadi – ?
Korxona joylashgan o‘rnini belgilashda;
Mahsulot va xizmat turini aniqlashda;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot istmolchilarini aniqlash;
Ish taklifining qisqa mazmunini berilishi.
Maqsad – bu …
Korxona imidji va tovar markazi;
Foydani maksimallashtirish;
Ob’ekt faoliyati xaqidagi tushuncha;
Ob’ektning kelgusidagi istalgan holati.
Yirik korxonalar uchun biznes reja necha bo’limdan iborat bo’ladi – ?
5
8
3
10
Kichik korxonalar uchun tuzilgan biznes reja necha bo’limdan iborat bo’ladi – ?
5
8
3
10
Biznes rejaning qaysi bo’limi boshqa bo’limlarni shakllantirish uchun asos bo’lib hizmat qiladi – ?
Ishlab chiqarish rejasi;
Biznesni ifodalash;
Marketing rejasi;
Moliyaviy reja.
Material resurslarga bo’lgan talab biznes rejaning qaysi bo’limida aks ettiriladi?
Ishlab chiqarish rejasi;
Xarajatlar rejasi;
Marketing rejasi;
Moliyaviy reja.
Biznes reja qaysi funksiyalarni bajaradi?
Korxona taktikasini amalga oshirish, pul oqimlarini boshqarish;
Korxona strategiyasini amalga oshirish, mablag’larni jalb qilish;
Rivojlanish yo’nalishlarini son va sifatda tasvirlash;
Harakatlar dasturini shakllantirish va yo’naltirish.
Biznes rejaning mazmuni va sifati qaysi omillarga bog’liq?
Korxona o’lchamlariga;
Biznes reja tuzuvchilarning malakasiga va tajribasiga;
Tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga;
Barcha javoblar to’g’ri.
Mehnatga haq to’lash xarajat hisoblash biznes rajaning qaysi bo’limida amalga oshiriladi?
Tashkiliy reja;
Hodimlar rejasi;
Xarajatlar rejasi;
Moliyaviy reja.
Do'stlaringiz bilan baham: |