«INTELECT-LTD» O’zbek – Koreya qo’shma korxonasi:
Sifat yoxud Miqdor: Yangi Marketing strategiyasini qo’llash
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi general direktori Yuldosh Ochilov o’z ofisida kompaniyaning kelgusi davrdagi strategiyasi haqqida o’ylab o’tiribdi. Ofis shinamgina bo’lib, majlis o’tkazishga va tushlik vaqtidagi bo’sh paytlarda va ishdan so’ng ko’pincha ishlashga juda qulay. Yuldosh Ochilov kasbi bo’yicha injener- iqtisodchi bo’lib, Rossiyaning mashhur universitetlaridan birini tamomlagan. Hozirda Soliev o’zining aksariyat vaqtini raqobatchi korxonalar strategiyasini o’rganishga va yangi investitsion loyihalar qidirishga sarflamoqda.
Uning stoli yonida ixchamgina kitob javoni bo’lib, u yerda nemis va ingliz tillarida yozilgan biznesga oid kitoblar taxlab qo’yilgan. Bundan tashqari Soliev internet yordamida metal tom yopqich ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan taqqoslama tahlil va yangi investitsion loyihalarni o’zlashtirish ustida ishlash borasida ham anchagina tajriba orttirdi. Ushbulardan charchagan paytda ko’k choyni xush ko’rib mahsulot sifatini oshirish haqida fikrlash unga huzur bag’ishlaydi.
Metal tom yopqichlar ishlab chiqarish sohasida yetakchilik qilish oson bo’lib qolmasdan, “1999 yilning eng yaxshi kompaniyasi” deb tan olinishi korxonani maqtovdan mag’rurlanib o’z ustida ishlashni to’xtadi degan fikrga kelish aytish mumkin emas. Bir qator sabablarga ko’ra kompaniyaning sof foydasi avvalgi yillarga nisbatan anya kamayganligini kuzatish mumkin.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasining hozirgi muvaffaqiyatlariga qaramasdan Yuldosh Ochilov hozirda raqobatda mahalliy kompaniyalarning strategiyalariga qarshi javob berish masalalari tashvishlantiradi. Metal tom yopqich ishlab chiqarish mahalliy ishlab chiqaruvchular tomonidan o’zlashtirilgan bo’lib, ular past baho strategiyasi bo’yicha raqobatga kirishadilar. Lekin bunday vaziyatda korxona o’z bozor ulushini kengaytirish maqsadida davlat korxonalari buyurtmalar qabul qilish bo’yicha aloqani mustahkamlash, tender loyihalarida ishtirok etish strategiyalarini qo’llashga urinadi.
Hozirda yashil, qizil va ko’k ranglardagi tom yopqichlar Toshkentdagi va mamlakatimizning boshqa shaharlarida ko’pgina uy va binolarni bezamoqda. G’arbiy yevropa stili mahalliy aholi didiga to’g’ri kelmoqda.
Hozirda siz olis bir rayonning mahallasiga yo’lingiz tushsa, uchli shakldagi qo’rilgan tom yopqichlar bilan qoplangan “Yangi o’zbek” uylarini ko’rib ajablanmasangiz ham bo’ladi. Avvallari bunday shakldagi uylarni kishilar faqatgina Koreya, Gollandiya yoki Belgiyaga xizmat safari yoxud tijorat ishlari bilan borganda uchratishar edi.
Toshkent markazidagi yangi binolar, mustaqillik maydonida barpo etilgan “Xotira maydoni”, shinam kafelar, kichkina do’konchalar – bularning hammasi keyingi yillrdagi yangi yopqich arxitektura ko’rinishidir.
Kompaniyaning qisqacha tarixi
«INTELECT-LTD» O’zbek–Koreya qo’shma korxonasi O’zbekiston qurilish sanoati sohasida eng yetakchi bo’lgan qo’shma korxonalardan biri bo’lib, asosan metal tom yopqichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir. “Qo’shma korxona 1997 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning ta’sischilari yuqori texnologiyalar sohasidagi yetakchi hisoblangan Koreyaning HS-Cosult kompaniyasi va O’zbekistonning xususiy El Tim firmasidir, HS-Consult kompaniyasi qo’shma korxona ustav kapitalining 87% ulushiga egalik qiladi” deb ta’kidlaydi qo’shma korxona general direktori Yuldosh Ochilov.
Ishlab chiqarish va kompaniya faoliyatining joriy yo’nalishlari
2002 yilda qo’shma korxonaning sotuv hajmi 1200 mln. so’mni tashkil etdi. Korxona bir yilda 500 ming kv.m tom yopqich ishlab chiqara oladi. Bugungi kunda
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi turli xil rang va o’lchamdagi tom yopqich materiallarini taqdim etmoqda. 2003 yilgacha aksariyat buyurtmalar (60-70%) davlat tashkilotlari tomonidan amalaga oshirilgan edi, bu vaqt davomida korxona Respublikamiz miqyosidagi kollejlar qurilishida faol ishtirok etdi.
Hozirda ushbu ko’rsatkich, ya’ni buyurtmalar asosan xususiy sektor tomonidan amalga oshirilmoqda. Qo’shma korxona buyurtmalarini to’g’ridan-to’g’ri marketing bo’limi qabul qiladi va bevosida ishlab chiqarish bo’limiga topshiriladi.
Hozirgi paytda qo’shma korxona 20 turdan ortiq turli tom yopqichlar va uning aksessuarlarini, metal panjaralar va eshiklarni ishlab chiqaradi. Sifatli tayyor xom ashyo material rulonlari Gollanidiyaning Finish Profiles BV kompaniyasi, Finlandiya va Koreyadan import qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot nafaqat O’zbekistonda, balki qo’shni mamlakatlar Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga eksport ham qilinadi.
Qo’shma korxona Koreyaning Mehen firmasining jihozlari o’rnatilgandan so’ng mahalliy xom-ashyodan masulot tayyorlash yo’lga qo’yildi. Eng asosiysi ushbu uskuna jihozlari hech qanday chiqindilarsiz ishlashini hisobga olgan holda, korxona mahsulot ishlab chiqarishada tannarxni pasaytirishga erishdi.
Bundan tashqari 2002 yilda qo’shma korxonada dekorativ (bezakli) temir mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etildi.
Polimer qoplamalarini qo’llash uchun «INTELECT-LTD» qo’shma korxonasida Nemis firmasi «Meen» jihozlari yordamida mahalliy xom-ashyodan tom yopqichning 20 turdan ortiq turi ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. CHiqindisiz ishlashga asoslangan nemis jihozlari yordamida mahsulot tannarxini pasayishiga olib keldi. Bundan tashqari 2002 yilda temirdan tayyorlanadigan ijodiy buyumlar ishlab chiqarish tsexi ishga tushirildi.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi komplektda tomni yig’ish uchun barcha kerakli ishni tezda amalga oshiradi. Uning komplekti tarkibiga: turli rangdagi metal tom yopqichlar, yarimaylana va keng sathli konьki, tomning egilgan detallari, boshqa maqsadlardagi keng listlari, listlarni bir-biriga bog’lovchi boltlar, teshiklarni to’suvchi koplamalari kabilardan iborat.
Metal tom yopqichlarning afzalliklari:
Istalgan ko’rinishdagi tomni qisqa muddatda yetkazib berish;
Har qanday ob-havo sharoitiga javob bera oladigan;
CHiroyli ko’rinish, yengil yig’ish, tabiiy ranglar
Mavjud tomni rekonsturktsiya va remont qilishda yengillik tug’dirishi;
Kompleks ravishda yetkazib berish imkoniyati;
Juuda mustahkam va yengil tom bilan ta’minlanishi, unga ketadigan harajatlarning deyarli yo’qligi;
Bir so’z bilan: amaliy jihatdan abadiy tom.
Albatta, bir qarashda metal tom yopqich qimmat ko’rinsa-da, lekin uning yuqori sifati, xizmat muddati, eksluatatsiya harajatlari, hamda uy tomining barcha tannarxini hisobga olganda metal tom yopqichlar eng iqtisod qiluvchi hisoblanadi.
Buyurtmachining xohshiga qarab tom yig’ish bo’yicha kerakli yo’riqnomalar beriladi va maslahat berish uchun mutaxassis bilan ta’minlanadi. Har bir ayrim tom uchun komplekt tarkibi bo’yicha tomni hisob-kitob qilish va tavsiyalar berish xizmati ham mavjud.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi tarkibidada maxsus tsex bo’lib, u buyurtmachining istagini inobatga olib kafolatli va sifatli har qanday qiyinlikdagi montaj va tayyorgarlik ishlari xizmatini ko’rsata oladi.
Marketing
Metal tom yoqich ishlab chiqarish sohasida raqobatchi kompaniya paydo bo’lgandan boshlab «INTELECT-LTD» Qo’shma korxonasi marketing bo’limi raqobatchilarning marketing strategiyalarini o’rganishga kirishdilar. Avvalda o’zlari yetakchi va tanho bo’lganliklar uchun ham mahsulot realizatsiyasi va buyurtma qabul qilishda muammolar deyarli yo’q edi. Bugungi kunda qo’shma korxona o’z mahsulotlari reklamasini bir qator jurnallarda, jumladan “Biznes spravochnik”, “Golden pages” (MDH va Boltiq bo’yi davlatlari), “Presstij”, “Optovik” va “Xalk so’zi” gazetalarda uchratish mumkin.
Albatta, qo’shma korxona rivojlanishi va kuchli marketing siyosati, reklama qilishaga ko’proq etibor berish kerak. Misol uchun kompaniya o’z oldiga yaqin kelajakda televideniya va o’z veb-saytini yaratish orqali internetda reklama qilishni
rejalashtirmoqda. Raqobat bozori muhiti sharoitida korxona o’z sotuv bozori ulushini kengaytirish bo’yicha boshqa viloyatlarda sotuv shahobchalarini tashkil etish, iste’olchi xulq-atvorini hisobga olib tadqiqot ishlari bilan shug’ullanishi katta imkoniyatlarga egadir.
Nazariy nuqtai nazardan Marketing o’zida kompaniya mahsuloti strategiyasining uch asosiy javobgarligi qamrab oladi oladi. Birinchidan, mahsulotni rejalashtirishning barcha bosqichlarida bozor tahlilidir.ikkinchidan marketing o’zining maxsus tomonlari bilan xarakterlanadi. Va nihoyat keyingisi, bozorni nishonga olish va joylarni egallab olish dasturi strategiyalaridir.
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasining tashkiliy boshqaruv tuzilishi
Bugungi kunda «INTELECT-LTD» qo’shma korxonasida 80 nafar ishchi- xodimlar mehnat qiladi, genaral direktor va uch yo’nalish bo’yicha muovinlar va boshqalar. («INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi tashkiliy tuzilmasiga qarang).
Ishlab chiqarishda mahsulot hajmining o’sayotganligini hisobga oladigan bo’lsak, qo’shma korxona shtatidagi xodimlar salmog’i yuqori emas. Zamonaviy jihozlar kompyuterlashtirilgan va avtomatlashtirilgandir. Texnologik jarayonda Koreya, Gollandiya, Polsha va Finlandiyada malaka oshirib qaytgan kam sonli yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi.
Aksariyat xodimlar marketing tadqiqotlari va mahsulotni realizatsiya qilish bilan shug’ullanadilar. Bu avvalgi byurokratik tizimdagi kabi emas, balki bozor iqtisodiyoti talablarini e’tiborga olgan hoda faoliyat ko’rsatishdir. SHunday ekan
«INTELECT-LTD» oliy maqsadlaridan biri ushbu hududda yetakchilik mavqeini saqlab qolish va bozor ulushini kegaytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |