Mahsulot
|
Asosiy mahsulot miqdori,
dona
|
Bir mahsulotning ratsenkalar
summasi, so’m
|
A
|
750
|
650
|
B
|
120
|
375
|
V
|
360
|
280
|
G
|
420
|
960
|
15 – Masala
175 nafar ishchining vaqtbay ish haqini aniqlang. Ulardan 150 tasining ish haqi tarif stavkalari bo’yicha hisoblanadi. 25 ta xodimning ish haqi oylik ish haqi bo’yicha hisoblanadi.
Ko’rsatkichlar
|
Razryadlar
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Soatlik tarif stavkalar bo’yicha ish haqi hisoblanadigan
xodimlar
|
6
|
23
|
48
|
46
|
19
|
8
|
Lavozimi
|
Ish haqi, so’m
|
Ishchilar soni
|
Avtokarshiklar
|
200 000
|
8
|
Jihozlarni tarqatuvchilar
|
180 000
|
6
|
Tarozibonlar
|
195 000
|
2
|
Omborchilar
|
190 000
|
5
|
Tozalovchilar
|
85 000
|
4
|
16 – Masala
Yillik ish haqi fondini aniqlang.
Agar kunlik ish haqi fondi 160 000 ming so’m bo’lib, mehnat ta’tillarining o’rtacha davomiyligi 18 kun, davlat topshiriqlarini bajarish bilan bog’liq kunlik yo’qotishlar
1.5 kunni tashkil etgan holda, samarali ish vaqti fondi 230 kunni tashkil etadi.
17– Masala
Quyidagi shartlar asosida ishbay ishchilarning soatlik, kunlik, oylik fondini, shuningdek bir ishchining soatlik, kunlik, yillik ish haqini aniqlang.
Rejalashtirilgan ishchilar soni 96 kishi, bir ishchining yillik foydali ish vaqti fondi 1840 soat, bir ishchining o’rtacha tarif stavkasi soatiga 50 so’m, yillik ish kunlari soni 232 kun, ishlab chiqarish normalarini bajarish fondi – 115 foiz.
Soatlik ish haqi fondigacha qo’shimcha to’lovlar 15 foiz, kunlik ish haqi fondigacha qo’shimcha to’lovlar – 2 foiz, yillik ish haqi fondigacha to’lovlar - 6 foizni tashkil etadi.
18– Masala
Ish haqi to’xtovsiz grafik asosida ishlaydi. Bayram kunlari ham 39 kishining ishlashi rejalashtirilgan. Sexda 3 nafar o’smir 2-razryad bo’yicha ishlaydi. Bu razryad bo’yicha kunlik tarif stavkasi 3790 so’m. Sex ishchilarining kunlik ish haqi fondi aniqlansin.
19– Masala
Bazis davridagi ish haqi fondi 40 000 ming so’m, ishlab chiqarish hajmini 15 foiz, mehnat unumdorligini 10 foiz, shuningdek, ish haqini 17 foizga oshirish ko’zda tutilgan. Ish haqi fondini aniqlang.
Masala
Ishbay ishlovchi ishchilarning ishbay ish haqini aniqlang.Agar mahsulotning texnologik mehnat sig’imi 500 ming norma soat bo’lib, uni bajarish uchun quyidagi razryaddagi ishchilar, ya’ni 3-razryad bo’yicha 60 kishi, 2-razryad bo’yicha 30 kishi, 4 va 5 – razryad bo’yicha 100 va 40 kishi talab etiladi.
Masala
Ishbay ishlovchi ishchilarning ishbay ish haqini aniqlang. Agar mahsulotning texnologik mehnat sig’imi 500 ming norma soat bo’lib, uni bajarish uchun quyidagi razryaddagi ishchilar, ya’ni 3-razryad bo’yicha 60 kishi, 2-razryad bo’yicha 30 kishi, 4 va 5 – razryad bo’yicha 100 va 40 kishi talab etiladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish 1-Masala
Hisobot davrida tovar mahsuloti hajmi 823.25 ming so’m bo’lib, 1 so’mlik tovar mahsuloti uchun xarajatlar 0.88 so’mni tashkil etadi. 1 so’mlik mahsulot uchun xarajatlarni 0.89 so’mga oshirish rejalashtiriladi. Shuningdek, tovar mahsuloti hajmi
1 foizga oshirish rejalashtiriladi. Reja davri uchun tovar mahsuloti tannarxini aniqlang.
Masala quyidagi tartibda echiladi:
Rejalashtirilgan tovar mahsulot hajmini aniqlaymiz. Q’=823,25*1,01=831,4 ming so’m
Tovar tannarxi quyidagicha aniqlanadi:
Tr=831,4*0,89=740 ming so’m
2– Masala
Bazis davridagi ish haqi fondi 250000 ming so’mni tashkil etadi.Reja yilida uni 10 foizga oshirish ko’zda tutiladi. Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni 220 kishi bo’lib, rejada uni ular sonini 230 kishiga yetkazish ko’zda tutiladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini 15 foizga oshirib bajarish rejalashtiriladi. Mehnat unumdorligini ish haqidan ustun o’sishi hisobiga mahsulot tannarxining pasayish foizini aniqlang.
3 – Masala
Rejalashtirilgan yildagi quyidagi ko’rsatkichlar asosida mahsulot tannarxining kamayishini aniqlang.
Ko’rsatkichlar
|
Bazis
|
Reja
|
Mahsulot hajmi,ming so’m
|
568300
|
600000
|
Ishchilar soni, kishi
|
92
|
92
|
Ish haqi fondi, ming so’m
|
128000
|
129400
|
Ish haqining tannarxdagi ulushi-22,5 foizni tashkil etadi.
Masala
Hisobot davrida mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 450200 ming so’mni tashkil etdi. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun sarflarni 2 foizga kamaytirish, tovar mahsuloti hajmini esa 3 foizga oshirish ko’zda tutilgan. Rejalashtirilgan mahsulot tannarxini aniqlang.
Masala
Korxona jihozlar ishlab chiqaradi. Bir jihoz narxi 18000 ming so’m. O’zgaruvchan xarajatlar ulushi 12000 ming so’m. Zararsizlik nuqtasini toping.
Masala
Quyidagi omillar hisobiga mahsulot tannarxining kamayishini aniqlang (“indeks” uslubini qo’llagan holda).
Hisobot davrida material bahosi o’zgarmagan holda sarf me’yori 5 foizga kamaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi 10 foizga, mehnat unumdorligi 7.5 foizga, o’rtacha ish haqi 3.5 foizga oshishi ko’zda tutiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida materiallar ulushi - 60 foiz, ish haqi xarajatlari – 20 foiz, boshqaruv -12 foizni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |