Ko’rsatkichlar
|
1-yil
|
2-yil
|
O’zgarishi (+;-)
|
Mahsulot hajmi, ming so’m
|
2100
|
2279.1
|
+179.1
|
Ishchilar soni, kishi
|
700
|
710
|
+10
|
O’rtacha yillik mehnat unumdorligi,
ming so’m
|
3000
|
3210
|
+210
|
Masala
Korxonadagi ishchilar soni o’tgan yili 520 kishini tashkil etgan, reja yilida mahsulot hajmini 3 foizga oshirish ko’zda tutilib, bunda ishchilar soni bo’yicha 12 kishi iqtisodiga erishish ko’zda tutilgan. Mehnat unumdorligi o’sishi darajasi aniqlansin.
Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda bir ishlovchining hisobot va reja davridagi mehnat unumdorligini hamda reja davridagi o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini aniqlang.
Hisobot davrida tovar ishlab chiqarish hajmi 9000 ming so’m bo’lib, o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni 160 kishini tashkil etadi. Reja davrida tovar mahsuloti hajmini 11500 ming so’mga yetkazish rejalashtiriladi. Mehnat unumdorligini 7 foizga oshirish ko’zda tutilgan.
21 – Masala
Rejalashtirilgan yil uchun bir o’rtacha ro’yxatdagi ishchining ish vaqti balansini tuzing. Reja yilidagi kalendar kunlar soni 365 kun bayram kunlari soni 8, dam olish kunlari soni 99 kun.
Bir ishchiga xisoblangan kunlik uzilishlar: navbatdagi ta’til – 15 kun, dekret ta’til - 2 kun, davlat ishlarini bajarish - 1 kunni tashkil etadi.
Ish haqi fondini rejalashtirish 1 – Masala
Korxona yillik ish haqi fondini 85100 so’m miqdorda rejalashtirgan. Ish haqi fondiga haqiqiy sarflar 85770 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, ish haqi fondining mutloq va nisbiy iqtisodi (ortiqcha sarfi)ni aniqlang. Ish haqi fondiga mablag’lar normativi 0,5 ga teng.
Yechish:
Joriy yilda ish haqi fondining mutlaq ortiqcha sarfi quyidagiga teng: 857700 – 85100 = + 670 so’m
Ish haqi fondining nisbiy iqtisodi: so’m Yoki:
a) 4 * 0,5 = 2foiz
b) * 2 = 1702 ming so’m
v)85100 + 1702 = 86802 ming so’m g)85770 – 86802 = – 1032 ming so’m
– Masala
Ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi, xodimlar soni indeksining va o’rtacha ish haqining o’zgarishi asosida ham rejalashtirish mumkin.
Hisobot yilida mahsulot hajmi 10 mln so’m bo’lib, IXF-2 mln so’mni tashkil etgan. Reja bo’yicha mahsulot hajmini mehnat unumdorligining 7.5 foizga o’sishi sharoitida 8 foizga oshirish ko’zda tutiladi. Bunda o’rtacha ish haqining o’sishi 3 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Hisoblarni ikki usul bilan amalga oshirish mumkin:
usul: ish haqining o’sish indeksi: IXF=Ji/x*(Ja/Jm/u) =1.03*(1.08/1.075) =1.0347
usul: ish haqining ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 20 foiz, u mehnat unumdorligi va ish haqi munosabatining o’sishi asosida o’zgarishi mumkin.
Reja davrida bu munosabat :1.035/1.075=0.958 ga teng bo’ladi. Reja davrida ish haqi ulushi: 20*0.958=19.16 ga teng bo’ladi.
U holda rejadagi ish haqi: (10 000*1.08*19.16)/100=2046 ming so’mni tashkil etadi.
– Masala
Asosiy ishchilarning soatlik ish haqi fondi 98000 so’mni, oylik ish haqi fondi - 105000 so’mni, yillik mahsulot hajmi 10000 birlikni tashkil etadi. Qo’shimcha ish haqi miqdorini, qo’shimcha ish haqi fondini, birlik mahsulot uchun asosiy va qo’shimcha ish haqi miqdorini aniqlang.
– Masala
To’quvchilik korxonasida vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan soni 1458 kishini tashkil etadi. Bir ishchini rejaalshtirilgan ish vaqti byudjeti 1820 soat ish, mukofotning o’rtacha miqdori 15 foizni, vaqtbay ishchining odatdagi mehnat sharoitidagi o’rtacha soatlik tarif stavkasi - 60 so’mni, soatlik, kunlik, oylik ish haqi fondiga qo’shimcha to’lovlar miqdori 1608 ming so’mni tashkil etadi. Vaqtbay ishchilarning rejaviy ish haqi fondini hisoblang.
– Masala
Korxonaning tayyorlov sexida vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan soni 120 kishini, 1-razryadli ishchining tarif stavkasi 418 so’m, bir ishchining rejadagi ish vaqti fondi 1820 soat, ishchilarning o’rtacha razryadga to’g’ri keladigan o’rtacha tarif koeffitsienti - 2,3 ga teng bo’lsa, vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan tarif ish haqi fondini aniqlang.
– Masala
Agar reja bo’yicha yillik ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imi 289358 ming soatni, o’rtacha soatlik tarif stavkasi 565 so’mni, qo’shimcha ish haqi koeffitsienti 0,0985 (9,85 foiz)ni tashkil etsa, asosiy ishchilarning yillik ish haqi fondini aniqlang.
– Masala
Agar amaldagi ish haqining minimal miqdori 130240 so’mni, sanoat ishlab chiqarish xodimlariniig umumiy soni 459 kishini, o’rtacha malakaviy koeffitsient 6,27, qo’shimcha ish haqi fondi koeffitsienti 0,0952ni tashkil etsa, barcha toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to’lash fondini aniqlang.
– Masala
Mehnatga haq to’lashning tarifsiz shakli bo’yicha yillik rejaviy ish haqi fondini aniqlang. Korxonaning foydasi 120000 ming so’m, mehnatga haq to’lash uchun foydaning 20foizi sarflandi, foydadan soliq ajratmalar miqdori 60000 ming so’mni tashkil etadi.
– Masala
Ishchilarning asosiy ish haqi fondi 66550 ming so’mni tashkil etadi. Ishlab chiqarish normalarini bajarish koeffitsienti 1.13 ga teng. Korxonada 3 smenali ish rejimi. Tungi smena ish soatining 1 soatga qisqartirish bo’yicha ishlaydi. Demak, bunda tungi soatlarda ishlash ulushi sutkaning 0.34 (8/23) ga teng. Ishbay ishchiga turli soatda ishlaganligi uchun uning tarif stavkasini 1/7 qismi asosida ish haqi to’lash belgilangan. Tungi soatlar uchun to’lov miqdorini aniqlang.
10– Masala
Kunlik ish haqi fondini aniqlang. Soatlik ish haqi fondi 580 000 ming so’m. Korxonada 30 nafar o’smir ishlaydi, ularning ish kuni davomiyligi 7 soatni tashkil etadi. Ularning o’rtacha tarif stavkasi 690 so’m. Ish kunlari soni 240 kun.
– Masala
Mehnat ta’tili uchun to’lov fondini aniqlang. Agar kunlik ish haqi fondi 12470 ming so’m bo’lsa, o’rta mehnat ta’tili kuni 17 kun, bir ishchining samarali ish vaqti fondi 240.
– Masala
O’smirning soatlik tarif stavkasi 450 so’m. U 22 smena 7 soatdan ishlaydi. O’smirning ish haqi va qo’shimcha to’lov summasini aniqlang.
Qo’shimcha shart: o’smirning smenalik mahsulot ishlab chiqarish normasi 50 ta, 22 smena 7 soatdan ishlagan holda 1100 ta mahsulot tayyorladi. Uning ishbay ish haqi va qo’shimcha to’lov summasi aniqlansin.
– Masala
Ishchi hisobot oyida tungi smenada 34 soat ishladi. Qo’shimcha to’lov 20 foizni tashkil etadi. Tarif stavkasi 1120 so’m bo’lib, jami 160 soat ishlagan. Ish haqi va qo’shimcha to’lov summasi aniqlansin.
14– Masala
Ishbay ratsenkalari asosida to’g’ri ish haqi fondini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |