Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 0,6 Mb.
bet40/113
Sana23.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#406142
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113
Bog'liq
biznes rejalashtirish-converted

Tayanch so’z va iboralar: kadrlar tarkibi va strukturasi; ish vaqti balansi, ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi soni, ishchilar sonini rejalashtirish usullari, ishchilar sonini yiriklashtirilgan usulda rejalashtirish, ishchilar soni bo’yicha iqtisod.
    1. Korxona xodimlari tarkibi va tuzilmasi

Korxona xodimlarini barcha kategoriyalar bo’yicha rejalashtirish mehnat bo’yicha rejaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishchilar sonini to’g’ri rejalashtirish ish haqi fondini, mahsulot tannarxini rejalashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Ma’lumki, korxonada barcha xodimlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga sanoat ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlar kiradi.

Ikkinchi guruhga nosanoatda band bo’lgan xodimlar kiradi. O’z navbatida sanoat xodimlari quyidagi toifalarga bo’linadi:



  1. Rahbarlar;

  2. Mutaxasislar;

  3. Xizmatchilar;

  4. Ishchilar;

  5. Kichik xizmat ko’rsatuvchilar;

  6. Qorovullar;

  7. O’quvchilar.

Korxonada ro’yxatdagi ishchilar soniga barcha kategoriyada doimiy, mavsumiy va 5 kundan kam bo’lmagan muhlatga vaqtinchalik ishga qabul qilingan xodimlar kiradi. Bundan tashqari korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha 1 kundan ortiq ishga qabul qilinganlarni ham kiritish mumkin.

Ro’yxatdagi ishchilar korxonaga xodimlarning ishga qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadi.

Korxona (birlashma) xodimlarni ro’yxatiga ishga kelib ma’lum bir ishni bajarayotganlardan tashqari ba’zi bir sabablar tufayli ishga kelmagan ishchilar va quyidagilar kiradi:


  1. Muddatidan qat’iy nazar xizmat komandirovkasida bo’lgan xodimlar;

  2. Navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqqan ishlovchilar;

  3. Dekret ta’tili va bola tug’gandan keyin imtiyozli qo’shimcha 3 yilgacha ta’tildagi ayollar;

  4. Kasalligi sababli ishga chiqmagan ishlovchilar;

  5. Davlat va jamoat ishlarini bajarish bo’yicha ishga kelmagan, administratsiya ruxsati bilan uzrli sabablarga ko’ra ishga kelmagan, korxonaning ish grafigiga ko’ra dam olish ruxsatiga ega, dam olish va bayram kunlarida ishlaganligi uchun ta’tildagi ishlovchilar hamda progul qilgan shaxslar;

  6. Vaqtinchalik qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan ishlovchilar (agar ular korxonadan to’liq yoki qisman ish haqi olsalar);

  7. Korxona tomonidan ishdan ajratilgan holda malaka oshirishga yuborilganlar.

  8. Sinov (sharti) muhlati bilan ishga qabul qilingan ishchilar. Bu ishlovchilar ro’yxat tarkibiga ishga chiqqan birinchi kunidanoq, belgilangan kategoriya va mansabi bo’yicha kiritilgan;

  9. Korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha 1 kundan ortiq muddatga vaqtinchalik ishga qabul qilingan xodimlar;

  10. Korxonadan tashqarida naryadlar bo’yicha ishlovchi shaxslar, agar ular ushbu korxonadan ish haqi olsalar;

  11. Korxonaning xom-ashyo va materiallaridan foydalanib, uyda mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) bilan band bo’lgan xodimlar;

  12. Vaqtinchalik ishga qabul qilingan, qishloq xo’jalik ishlarida band bo’lgan ishchilar.

Hisobot oyi uchun o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni, hisobot oyida bayram va dam olish kunlarini hisobga olgan holdahamma kalendar kunlardagi ishchilar soni yig’indisini, bu davrning kalendar kuniga bo’lish orqali aniqlanadi. Bundan bayram va dam olish kunlaridagi ishlovchilar soni oldingi ish kunidagi ro’yxatdagi ishchilar sonini teng deb qabul qilinadi.

Masalan: ishlovchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni hisobi:
Oy kunlari Ishchilar soni

1 625

2 635


3 640

4 648


5 648

  1. shanba 648

  2. yakshanba 648

va hokazo …….

31 21447


Oyning barcha kunlarida ishlovchilarni ro’yxatdagi soni yig’indisi 21447ga, oydagi kunlar soni 31 ga teng, bundan o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni: 632ni (21447:31) tashkil etadi.

Oyda to’liq ishlamaydigan korxonalar (ishlab chiqarish mavsumiy bo’lgan, yangidan tashkil etilgan va hisobot oyida ish boshlagan korxonalar) uchun o’rtacha ro’yxatdagi ishlovchilar soni – korxona dam olish va bayram kunlar, boshqa ish kunlarida ishlagan ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisini oydagi kalendar kunlarga bo’lib aniqlanadi.

Kvartallik o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini aniqlash uchun kvartalning 3 oydagi o’rtacha ro’yxatdagi barcha ishchilar sonini 3 ga bo’lamiz.

Misol, korxonaning o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni : yanvar oyida 620 kishi, fevralda 640 kishi va mart oyida 690 kishi 3 oyning o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisi (620+640+690) tashkil etadi, 1 – kvartalning o’rtacha ro’yxatdagi ishchilari soni esa 650 (1950:3) kishiga teng.

Agar korxona kvartalda to’liq ishlamagan bo’lsa, o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini 3 ga bo’lish orqali topiladi.

Misol: korxona yangitdan tashkil etildi va 15-fevralda ishlarni boshladi. Ushbu korxonanig fevral oyidagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni – 280 kishi, mart oyida esa – 640 kishi. Demak, korxonaning 1 kvartaldagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni 307 kishi ((280+640):3) tashkil etadi.

Agar korxona kalendar yilda to’liq ishlamagan bo’lsa, (mavsumiylik, yilning o’rtalarida korxona ishga tushgan bo’lsa) undan yilning boshidan boshlab ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni – korxona ishlagan barcha kalendar oydagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisi korxona ishga tushgan oydan emas, balki yilning boshidan boshlab kalendar oylar soniga bo’lish orqali topiladi.

Agar joriy yili korxona tarkibida qandaydir o’zgarishlar vujudga kelgan bo’lsa (masalan, kattalashsa, boshqa korxonalar bilan birlashsa), unda yilning boshidan boshlab o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini hisoblashda oldingi oy ma’lumotlari korxonaning yangi tarkibida qaytadan hisoblanishi kerak.

Ro’yxatdagi ishchilar sonidan ishga kelgan ishchilar haqiqatda kelganlarni ko’rsatadi. Haqiqiy ishchilar soni – ishga kelgan ishchilar soni bilan bir qatorda, haqiqatda ishga qabul qilingan ishchilar sonini ham ko’rsatadi. Ishga kelgan va haqiqiy ishchilar soni o’rtasidagi farq kunlik bekor turib qolishlarda (avariya, elektr- energiya, xom-ashyo uzatishda to’xtab qolishlar tufayli) bo’lgan shaxslarni ko’rsatadi.

Ishchilar sonini hisoblash – korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi.

Smenalik koeffitsienti – ishchilarning smenada bandligi maromiyligini ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient har bir sex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi.

Smenalik koeffitsientini hisoblash uchun, barcha smenalarda ishlangan kishi kunlar sonini (yoki barcha smenalarda band bo’lgan ishchilar sonini) ishlangan kishi kunlar soniga (yoki eng katta smenadagi ishchilar soni) bo’lish kerak bo’ladi.

Misol.

Korxonaning har bir smenasida ishlangan kishi-kunlar quyidagicha taqsimlangan: 1-smena uchun – 10000, 2-smena uchun – 9000, 3-smena uchun – 8000. Korxonada 500 ish o’rinlari bo’lib, 25 kun ishladi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra smenalik koeffitsienti 2,7 ((10000+9000+8000):10000=27000:10000) tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, korxona haqiqatda o’rtacha 2,7 smenada ishlagan demak, hamma smenalar ham (3 smenalik rejimda) yetarlicha band bo’lmagan va ish joylarining ma’lum qismi bekor turib qolgan.

Agar korxonaning turli sexlarida eng ko’p ishlagan smenalar bitta emas, balki bir necha bo’lsa, unda smenalik koeffitsentini aniqlash quyidagi misol yordamida havola qilinadi.

Misol.
Korxonaning 2 ta sexida ishlagan vaqt quyidagicha taqsimlanadi:



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish