Yil
Res urslar
|
Miqdori
|
Birlik resurs bahosi,so’m
|
Qiymati
|
Yillar
|
|
|
...
n yil
|
1-resurs
|
|
|
|
|
|
|
2-resurs
|
|
|
|
|
|
|
……..
|
|
|
|
|
|
|
n-resurs
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
|
Material resurslar hajmini rejalashtirishda yillik talabdan tashqari materiallar, joriy ishlab chiqarish zahiralari miqdori ham aniqlanadi. Zahiralar hajmini uchta asosiy omil belgilab beradi:
kundalik material iste’mol hajmi;
material sarflanish xarakteri (iste’molning barqarorligi);
ikki ta’minot orasidagi muddat.
Zahira miqdorini rejalashtirishda ikki usuldan foydalanish mumkin:
usul: yillik talabni yildagi xom-ashyo va materiallarni keltirish soniga bo’lish orqali aniqlashni ko’zda tutadi.
usul: materialning o’rtacha sutkalik sarfini ularning zahira me’yoriga ko’paytirish orqali.
Ishlab chiqarish jixozlariga bo’lgan talabni aniqlashda dastlab mavjud ishlab chiqarish fondlarining qisqacha tavsifi beriladi: tarkibi, tuzilmasi, qiymati, texnik tavsifi, eskirish darajasi ko’rsatiladi. Jihozlarga talabni rejalashtirishda qo’llanilayotgan ishlab chiqarish shakli e’tiborga olinadi. Jihozlar soni quyidagi formula asosida aniqlanadi:
bu yerda:
– natural o’lchovdagi ishlab chiqarish hajmi;
Us – jihozning o’rtacha soatlik unumdorligi, natural o’lchovda;
KRO – jihozning haqiqiy ish vaqtini e’tiborga oluvchi koeffitsient.
Ushbu usulda nafaqat asosiy, balki barcha tayyorlov bosqichidagi jihozlar soni ham aniqlanadi.
Qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda jihozlar soni quyidagi formula asosida aniqlanadi.
bu yerda:
Js Xishlov *Tk *Us *Fs
Xishlov – ishlov beriladigan xom-ashyo hajmi, natural o’lchovda;
Tk – texnologik koeffitsient;
Us – jihozning o’rtacha soatlik unumdorligi, natural o’lchovda;
Fs – jihozning ish vaqti fondi, soat.
Shunday qilib, ishlab chiqarish rejasi korxonaning yillik rejasining yoki biznes rejaning muhim bo’limi bo’lib, unda material, mehnat va moliyaviy resruslarga bo’lgan ehtiyoj aniq ifodalanishi zarur.
Qisqacha xulosalar
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi korxona rejasining yoki biznes rejaning muhim bo’limi hisoblanadi, hamda material, mehnat va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash, mehnat va ish haqi reja ko’rsatkichlarini hisoblash, moddiy-texnika ta’minoti, tannarx va moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblash, foyda va daromadni aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasini xar tomonlama texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqarish quvvatlaridan, fan-texnika yutuqlaridan, korxona ishlab chiqarish maydonlaridan, mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish rejasining asosiy ko’rsatkichlari bo’lib, A tovar mahsuloti, sotilgan mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, jihozlar soni ko’rsatkichlari hisoblanadi.
A-qiymat, natural ifodadagi mahsulot hajmi.
Nazorat uchun savollar:
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni va ahamiyatini yoritib bering?
Ishlab chiqarish rejasida qanday vazifalar ilgari suriladi?
Ishlab chiqarish dasturida qanday masalalar yoritiladi?
Ishlab chiqarish rejasida qnday ko’rsatkichlar rejalashtiriladi?
Ishlab chiqarish dasturiga qanday tashqi va ichki omillar ta’sir ko’rsatadi?
Jixozlar mutanosibligi qnday aniqlanadi?
Resurslarga bo’lgan talab hajmi qanday aniqlanadi?
Test savollari:
Yalpi mahsulot tovar mahsulotidan ... bo‘yicha farq qiladi.
Ish o‘rinlari soni bo‘yicha;
Sotilgan mahsulot qoldig‘i bo‘yicha;
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i bo‘yicha;
Aylanma mablag‘lar miqdori bo‘yicha.
Natural ifodadagi mahsulot hajmi qaysi ko‘rsatkichlarni hisoblashda foydalaniladi?
Ish haqi fondi, ishchilar soni, mahsulot tannarxi;
Ishchilar soni, mahsulot tannarxi,foyda miqdori;
Ish haqi fondi, mahsulot tannarxi;
Foyda miqdori va rentabellik darajasi.
Texnik shartlarga ko‘ra to‘liq tayyorlangan, texnik nazoratdan o‘tgan va omborxonaga topshirilgan mahsulot bu...
Tovar mahsulot;
Tayyor mahsulot;
Sotilgan mahsulot;
YAlpi mahsulot.
Jadvalda mahsulot hajmi hamda ekstensiv va intensiv ko‘rsatkichlar havola etilgan. Ishlangan ish soati va soatlik unumdorlikning o‘zgarishini mahsulot hajmining ko‘payishi yoki kamayishiga ta’sirini aniqlang.
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan
yil
|
Hisobot
yil
|
Farqi
|
1.
|
Mahsulot hajmi,tonna
|
429200
|
426000
|
-3200
|
2.
|
Ishlangan ish soati, soat
|
7400
|
7100
|
-300
|
3.
|
Soatlik unumdorlik, tonna
|
58
|
60
|
+2
|
A. +5600; -3200;
B. -20300; +17600;
C. -14200; +171400;
D. -17400; +14200.
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 4200 metr mato bo‘lib, jixozning soatlik unumdorligi 4,2 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 255 kunga teng bo‘lib, 2 smenali ish tartibi o‘rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash tanaffuslari vaqti 6%ni tashkil etadi.
A. 226;
B. 236;
C. 260;
D. 362.
Ishlab chiqarish dasturida qaysi ko‘rsatkichlar rejalashtirilmaydi?
Mahsulot hajmi;
Resurslar sarfi;
Ishchilar soni;
Jihozlar soni.
Ishlab chiqarish rejasi mazmunini quyidagilar tashkil etadi – ?
Korxonani mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha real imkoniyatlarini aniqlash;
Ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash;
Resurslar bo‘yicha sarflarni aniqlash;
Barcha javoblvr to‘g‘ri.
Ishlab chiqarish dasturi bu – ?
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha texnologik jarayon sxemasi, mahsulot turlari miqdori va sifatini belgilovchi tizim;
Turli ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan mahsulotlar nomenklaturasi, assortimenti, sifati va miqdorini ifodalovchi reja ko’rsatkichlari tizimidir;
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha material resurslar sarfini, mahsulotlar assortimentini, jixozlar sonini ifodalovchi tizim;
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kvartallar, oylar va dekadalarda ifodalovchi tizim.
Yarim fabrikatlar bu – ?
Texnologik jarayonning hamma qismidan o’tgan, yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan va xaridorga jo’natiladigan mahsulotlardir;
Texnologik jarayonga kiritilishi lozim bo’lgan xom-ashyo va materiallardir;
Texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan mahsulotlardir;
Boshqa korxonalardan keltirilgan yarim tayyor mahsulotlar.
Tovar mahsulot tarkibi quyidagilardan iborat:
Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, sotilgan mahsulot qoldig’i, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi;
Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati kiritiladi;
Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, yalpi mahsulot, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi;
Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi.
X BOB. ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI REJALASHTIRISH
Do'stlaringiz bilan baham: |