Tayanch so’z va iboralar: ishlab chiqarish rejasining mazmuni, reja tarkibi, ishlab chiqarish dasturi, natural ifodadagi mahsulot hajmi, qiymat ifodasidagi mahsulot hajmi, mehnat sarfi o’lchovidagi mahsulot hajmi, resurslar sarfi, jihozlar soni, jixozlar orasidagi mutanosiblik.
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni, tarkibi, vazifasi
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni va tarkibi.
Ishlab chiqarish rejasi korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.Ushbu rejaning asosiy vazifasi bo’lib korxonaning real imkoniyatlarini asoslash hisoblanadi. Ishlab chiqarish rejasining mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirish, korxona yillik rejasining asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish va bajarish jarayonini bayon etish tashkil etadi.U quyidagilarni ko’zda tutadi:
asoslangan mahsulot, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari;
korxona, sex va uchastkalar, ishlab chiqarish quvvatlarining hisobi. Ushbu hisoblar ishlab chiqarish quvvatlarining yillik ishlab chiqarish hajmiga mos kelishi, talab va taklifning mutanosibligini tasdiqlashi lozim.
korxona va uning bo’linmalari yillik ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun resurslarga ehtiyojni aniqlash, yarim fabrikatlar va
komplektlovchi mahsulotlar balansini hisoblash;
rejalashtirilayotgan ishlarni asosiy sexlar – bozor buyurtmalarini bajaruvchilar, tayyorlash muddatlari va bozorga etkazish muddatlari bo’yicha taqsimlash;
rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishish vositalari va usullarini tanlash, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari, texnologik jihozlar va ishlab chiqarish quvvatlari ta’minlanish koeffitsientlarini hisoblash;
rejalashtirilgan tovarlar, xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarishni tashkil etish rejalarini bajarilishini nazorat qilish usul va shakllarini asoslash.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish belgilangan strategiya va qo’yilgan vazifalarga korxonada mavjud bo’lgan texnik, tashkiliy va boshqa imkoniyatlardan to’liq foydalanish asosida erishishga yo’naltirilgan iqtisodiy resurslar kompleksi va ichki omillarning o’zaro ta’sir tizimini ko’zda tutadi.
Buning uchun ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining muhim yo’nalishlarini tanlash va asoslash, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o’rnatish, iqtisodiy resurslarga talabni hisoblash zarur. O’z navbatida bular ishlab chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini Operativ yo’naltirish va boshlanich reja ko’rsatkichlarini korrektirovka qilishni ko’zda tutadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasida yoritiladigan masalalardan yana biri ishlab chiqarish jarayoni bayoni hisoblanadi. Rejada ishlab chiqarish shakli
(ommaviy, seriyali, yakka tartibli), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish texnologik zanjiri, ishlab chiqarish sikli tuzilmasi keltiriladi.
Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa buni biznes rejada alohida qayd etish lozim. Koperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi.
Biznes rejada sub’udratchi firmalarni nomi, manzili, ular tomonidan bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.
Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqarilgan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab chiqarish harajatlari smetasining barcha moddalari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi.14
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish
Ishlab chiqarish dasturi biznes rejaning eng asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish dasturini bilmay turib korxonaning moddiy-texnik ta’minoti rejasini tuzib bo’lmaydi, jamoaning mehnat natijasi bo’lgan daromadlarini aniqlash mumkin emas. Masalan, zaruriy materiallar, yoqili, jihoz, ishchi kuchi miqdorini aniqlash uchun qaysi turdagi mahsulotni qanday hajmda va sifatda ishlab chiqarilishi borasida ma’lumotga ega bo’lish lozim.
Ishlab chiqarish dasturi - turli ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan mahsulotlar nomenklaturasi, assortimenti, sifati va miqdorini ifodalovchi reja ko’rsatkichlari tizimidir.
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi talab va taklif kabi tushunchalar bilan bevosita boliqdir. Talab xaridorning ma’lum vaqt oraliida bozor taklif etgan baholarda sotib olishga tayyor tovar miqdorini ifodalaydi. Taklif esa ma’lum vaqt oraliida ishlab chiqarib bozor baholarida sotishni istaydigan mahsulotni belgilaydi. Talab va taklifning o’zaro ta’siri ularning koordinatsiyalashuvi raqobat va baho (narx) mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ushbu o’zaro ta’sir talab va taklif o’zaro tenglashadigan narxni shakllantirishga olib keladi. Shu sababdan ishlab chiqarish dasturini tuzish talab va taklif qonuniga, shuningdek, korxonaning xo’jalik faoliyati bo’yicha erishilgan natijalariga asoslanishi lozim.
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini izlab to’ish; ishlab chiqarishni samarali tashkil etish orqali; turli sabablarga ko’ra yuzaga keladigan to’xtashlarni kamaytirish; asosiy vositalar aktiv qismidan vaqt va unumdorlik bo’yicha foydalanishni yaxshilash; moddiy va energetik resurslar sarfini qisqartirish; boshqarish va rejalashtirishni takomillashtirish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish zarur.
14 Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 143 стр.
Turli tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarakteri va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish dasturini tuzishga turlicha yondashiladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqish dasturi mahsulotni iste’molchiga to’shirishning tasdiqlangan muddatlariga muvofiq tuzilgan grafik asosida ishlab chiqiladi. Buyumlarni jarayonga kiritish chiqarish kalendar grafigi texnologik jarayon yakunidan boshlash, ish turlari bo’yicha (yig’ish, sinash, mexanik ishlov berish) ishlab chiqarish sikli davomiyligi asosida tuziladi.
Seriyali ishlab chiqarishda yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va nomenklatura o’zgarishlarini e’tiborga olgan holda rejalashtiriladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi korxona va barcha asosiy sexlar bo’yicha bir vaqtda tuziladi.
Ishlab chiqarish dasturida quyidagi ko’rsatkichlar rejalashtiriladi:
1.Mahsulot guruhlari bo’yicha qiymat ifodasidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi. 2.Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan tuzilgan
shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari rejalashtiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish muddatlari.
Tashqi tashkilotlarga koperatsiya aloqalari asosida etkazib beriladigan yarim fabrikatlar (assortimenti va sifatini e’tiborga olgan holda) hajmi. Ushbu talablar asosiy sexlar bilan bir qatorda yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sex va xizmatlarga ham tegishli.
Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish.
Ishlab chiqarish dasturi bir yilga kvartallar va oylar bo’yicha taqsimlangan holda tuziladi. Yillik ishlab chiqarish rejasini kvartallarga taqsimlashda quyidagi tomonlarga asoslanadi:
Ish o’rinlarini ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublarini takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida bir turdagi mahsulotlarni kvartallar bo’yicha konsentratsiyalash.
4-kvartalda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reja yilining bir kvartalida ham ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va shu orqali ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlarini qisqartirish
Yangi jihozlarni kiritish kutilayotgan kvartalda mahsulot hajmining o’sishini rejalashtirish
Mahsulot ishlab chiqarish muddatini ularni yetkazib berish shartnomasida ko’rsatilgan muddatlar bilan uyunlashtirish
Kvartaldagi ish kunlarini e’tiborga olgan holda taqsimotni oshirish.
Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda quyidagi o’lchovlardan foydalaniladi: natural, shartli natural, qiymat va mehnat. Natural o’lchovlar bir turdagi mahsulotlar hajmi va o’zgarishini baholash imkonini beradi.
Quvvati, o’lchami bilan farqlanuvchi bir turdosh mahsulot ishlab chiqarishda shartli yoki shartli-natural o’lchovlardan foydalaniladi. Ushbu o’lchovlar barcha turdagi mahsulotlarni baza qilib olingan bir turga keltirib olish imkonini beradi. Bunda mahsulotni tayyorlash mehnat sig’imi asosida hisoblanadigan o’tkazish koeffitsienti qo’llaniladi.
Ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda umumiy mahsulot hajmini natural o’lchovlarda ifodalash mumkin emas, shu sababdan ushbu maqsadda qiymat o’lchovlaridan foydalaniladi. Mehnat o’lchovlari yordamida ishlab chiqarish dasturining umumiy mehnat siimi aniqlanadi. Mehnat o’lchovlari korxona, sex va uchastkalari ishlab chiqarish rejalarini tuzishda qo’llaniladi. Ushbu ko’rsatkich ishlab chiqariladigan mahsulot soni borasida ma’lumot bermaganligi sababli asosiy ko’rsatkich bo’la olmaydi.
Asosiy qiymat ko’rsatkichlariga yalpi aylanish, ichki aylanish, tovar mahsulot, yalpi mahsulot, sotilgan mahsulot hajmi ko’rsatkichlari kiradi. Yalpi aylanish korxona asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi sexlarda yaratilgan mahsulotlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Yalpi aylanishga korxona ichida iste’mol qilishga yo’naltirilgan, tashqariga sotiladigan mahsulotlar kiritiladi. Ushbu ko’rsatkich korxona ichida mahsulotni takror hisobga olishni ko’zda tutadi. Yalpi aylanish korxona faoliyatini tahlil qilishda ishlab chiqarish strukturasi o’zgarganda (ya’ni sexlar ishga tushirilganda, sexlar kengaytirilganda) reja ko’rsatkichlarini asoslashda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Ichki aylanish korxona ichida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol qilinadigan mahsulot qiymatini ifodalaydi. Korxona ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlarga tayyor mahsulot uchun o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlarni qayta ishlash; o’zida ishlab chiqarilgan elektroenergiya, siqilgan havo, buni iste’mol qilish; o’zida ishlab chiqarilgan bino, inshoot, jihozlarni joriy ta’mirlashda iste’mol qilinadigan detallar kiritiladi.
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot zavod usulida aniqlanadi ya’ni rejalashtirilgan tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar hajmidan korxona ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi.
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim.
Tayyor mahsulot standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to’liq tayyorlangan, texnik nazoratdan o’tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga to’shirilgan buyumlardir.
Yarim fabrikatlar – texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan mahsulotlardir.
Tugallanmagan ishlab chiqarish sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish o’rnida ishlovdan o’tayotgan, ish o’rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik nazoratda turgan mahsulotlardir.
Tovar mahsulot hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan mahsulotlardir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan
yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. Tovar mahsulot hajmini quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:
TM=Tay+YAf+Isan+Tish+Eq
bu yerda:
Do'stlaringiz bilan baham: |