Korxona missiyasi va maqsadi o’rtasidagi farqlar.
Ko’rsatkichlar
|
Missiya
|
Maqsad
|
Vaqt omili
|
Istiqbolga yo’naltirilgan,
lekin aniq vaqti belgilanmagan
|
Bajarish muddati aniq
|
Axborotning yo’naltirilganligi
|
Tashqi muhitga – iste’molchilarga, jamiyatga,
ularning manfaatlariga, qadriyatlarga yo’naltiriladi
|
Ichki muhitga – korxona resurs va imkoniyatlaridan
foydalanishni yaxshilashga yo’naltiriladi
|
Ifodalash xususiyatlari
|
Umumiy terminlar orqali ifodalanadi va korxona markazi,
stili, hulqi, imidji yoritiladi
|
Korxona faoliyati natijasi aniq ifodalanadi
|
O’lchov
|
Sifat xarakteristikalari ustun
|
Miqdor jihatdan
o’lchamga ega
|
5.6-chizma. Ishlab chiqarish potensialini strategik rejalashtirish.
Shunday qilib, uzoq muddatli rejada firmaning umumiy strategiyasi aks ettiriladi, kelgusidagi modeli yoritiladi. Firmaning rivojlanish yagona strategiyasi sifatida struktura, tizim, xodimlar, qobiliyatlar birligi, umumiy qadriyatlar kabi muhim ijtimoiy iqtisodiy omillarning o’zaro ta’sir mexanizmini ifodalaydi.
Ushbu barcha omillar o’zaro bog’langan bo’lib firmaning aniq reja-boshqaruv natijalariga kom’leks ta’sir ko’rsatadi. Keltirilgan model strategiya rejalashtirishni ko’rsatkichlarini yuzaki shakllantirish jarayoni sifatidagina emas, balki barcha
toifadagi xodimlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlik va kelishuvchilik mexanizmi, ularning shaxsiy manfaatlarini korxona umumiy maqsadi bilan bog’lash asosi sifatida ham bog’lagan.
Qisqacha xulosalar
Strategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishini, mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlamog‘i lozim.
“O‘sish” – korxona o‘lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv hajmining o‘zgarishi.
Rivojlanish esa birinchi navbatda xo‘jalik tizimining sifat jihatidan o‘zgarish va yangilanishi, barcha bo‘limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko‘zda tutadi.
Mazmuniga ko‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni e’tiborga oladi yoki ko‘zda tutadi.
Korxona miqyosidagi strategik echimlarga korxona joylashadigan joyni tanlash, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash, ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllarini o‘zgartirishni, innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi mahsulot turlarini yaratish, bozorlarga chiqish, korxonalarni qo‘shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazilishi kiritish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
Iqtisodiy o’sish va rivojlanishni ta’minlashda strategik rejalashtirishning axamiyatini yoritib bering?
Iqtisodiy o’sishning qanday shakllari mavjud?
Iqtisodiy rivojlanishning qanday turlari mavjud?
Korxona miqyosida qanday strategik qarorlar belgilanadi?
Strategiya turlari va ularning mohiyatini ochib bering?
Strategik jarayon qaysi bosqichlardan iborat bo’ladi?
Maqsad va missiya orasidagi farqlar qaysi mezonlar bilan ifodalanadi?
Test savollari:
Iqtisodiy o‘sish – ?
Xo‘jalik yuritish tizimidagi sifat jihatdan o‘zgarishlar va yangilanishlar;
Xo‘jalik hajmining o’sishi;
Xo‘jalik faoliyatini yuritish tizimini o‘zgarishi;
Ishlab chiqarish shaklini o‘zgartirish.
Texnologik jihatdan o‘xshash ishlab chiqarishning birlashuvi bu – ?
Iqtisodiy o‘sish;
Iqtisodiy rivojlanish;
Ishlab chiqarish strategiyasi;
Ishlab chiqarish taktikasi.
Tadbirkorlik ob’yektiga yoki xo‘jalik ob’yektiga ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari doirasida zaruriy innovatsiyalarni, o‘zgarishlarni kiritish bu – ?
Iqtisodiy o‘sish;
Iqtisodiy rivojlanish;
Ishlab chiqarish strategiyasi;
Ishlab chiqarish taktikasi.
YAngi va eski bozorlarda tovarlarni sotish hajmini ko‘paytirish bu – ?
Iqtisodiy o‘sish;
Iqtisodiy rivojlanish;
Ishlab chiqarish strategiyasi;
Ishlab chiqarishning o‘zgarishi.
Maqsadga erishish vositalarini belgilash bu – ?
Strategiya;
Taktika;
Oddiy harakat;
Dastur.
Korxona faoliyatini boshqarish uslublarini tanlash bu – ?
Strategiya;
Taktika;
Oddiy harakat;
Dastur.
Korxona miqyosidagi qabul qilinadigan strategik qaror bo‘lib quyidagi xisoblanadi:
Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;
Ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish;
Korxonaning kelajakdagi istalgan va hozirdagi real holatini belgilash;
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqatirish.
Korxonani o‘z vaqtida resurslar bilan ta’minlash bu – ?
Strategiyani amalga oshirishning muxim masalasi yoki yo‘nalishi;
Korxona missiyasi va maqsadi;
Korxonaning tashqi va ichki muxitini baholash yo‘nalishi;
Korxona taktikasi.
B.K.G. matritsasi quyidagilarni aniqlash uchun zarur ...
Korxonaning bozor ulushini belgilash;
Mahsulotlar portfelini shakllantirish;
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini aniqlash;
Korxonaning tarmoqdagi ulushini aniqlash.
Quyidagi strategiya turlari mavjud:
Xujumkor, himoyalanuvchi va qisqartirish;
Intensiv, integratsiya va diversifikatsiya;
O‘sish, rivojlanish va konbinatsiyalashgan;
O‘sish va rivojlanish.
VI BOB. KORXONANING BIZNES REJASI
Do'stlaringiz bilan baham: |