Tayanch so’z va iboralar: normalashtirish, norma, normativ, ko’rsatkich, umumiy va xususiy ko’rsatkich, rejalashtirish texnologiyasi, rejalashtirishning normativ asoslari, rejalashtirish turlari.
Normalashtirish tushunchasi va uning asoslari
Norma va normativlar xo’jalik boshqarish mexanizmi va rejalashtirishning muhim elementi hisoblanadi.
Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni resurslarga talabni normalashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u minimal harajat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga erishishni ko’zlaydi.
Xo’jalik yuritish amaliyotida normalashtirish – normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Normalashtirish (me’yorlashtirish)ning elementlari sifatida norma va normativlar yuzaga chiqadi.
Norma – mahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini ta’minlash uchun (masalan, standart buxanka non, tayyorlash uchun sarf normasi) xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha ruhsat etilgan kattaligidir.
Masalan: fabrika erkaklar ustki kiyimi ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni tikish uchun material sarfi normasi quyidagicha bo’ladi:
asosiy material–2m;
yordamchi material –2m;
ip – 1g’altak, tugma – 5dona, mehnat sig’imi – 6 k–soat.
Shunday qilib, natural, mehnat va qiymat ifodasida ifodalangan norma yordamida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha harajatlar hisobga olinadi (reglamentlashtiriladi).
Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda belgilanadi (masalan, jihozning yuklanish koeffnenti, sutning yog’lilik darajasi).5
Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda, aylanma mablalar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy normativlar deb yuritiladi.
Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va ahamiyatini quydagicha ifodalash mumkin (tasvirlash mumkin):
5 Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 47 стр.
–chizma. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni.
Norma va normativlar o’lchov va chegaralash funksiyasi bilan bir qatorda xisob, nazorat va tartibga solish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, sarflarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, faoliyat boshida va natijalar bo’yicha majburiyatlarni chegaralash, erishilgan natijalarni obyektiv baholash asosi bo’lib xisoblanadi.
Norma va normativlar quyidagi asosiy guruxlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
mexnat sarfi normalari;
material sarfi iormalari;
vaqt normalari (asosiy, yordamchi va h.k.);
mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari;
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari;
atrof–muhitni muhofaza qilish normativlari;
loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari;
kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari.
Norma va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik–iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari o’zgarishi, shuningdek, ITT ta’sirida amaldagi norma va normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi.
Norma va normativlar texnik,iqtisodiy va fiziologik jixatdan asoslangan bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik normalarning o’z aro tent kuchli va optimalligini taxminlashi ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi. Normalarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va dam olish reglamentlariga, sanitar – gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi.
– chizma. Normalarni o’rnatish uslublari.
Do'stlaringiz bilan baham: |