Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/71
Sana25.03.2023
Hajmi1,21 Mb.
#921524
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

1.
 
Klinik-psixologik metodlar tasnifi hamda psixonevrologiya, psixiatriya, pediatriya, 
psixoformaterapiya, psixosomatika va boshqa qator tibbiyot sohalarida diagnostika usullari
 
2.
 
Tibbiy psixodiagnostikada qo’llaniladigan metodlarning zarurati va shartlari. 
 
 
Klinik psixologiya-
psixologiya yonalishining tor mutaxassislik soxasi boʼlib, tibbiyot va 
psixologiya fanlari bilan tutashuvchi soxadir. Ushbu soxa bemorlarning psixopatologik 
jarayonlari, klinik psixodiagnostika, psixoprofilaktika va psixoterapiyani metodlar orqali bemor 
shaxs xususiyatlari bilan faoliyat olib boruvchi mutaxassisdir. Yani, ushbu soxa vakili, sogʼliqni 
saqlash tizimi uchun tayyorlangan shaxsdir va bemorlarning xissiy-emotsional, kognitiv hamda 
bixoverial (xulqiy) kechinmalari masalalarini oʼrganadi. Klinik psixolog tibbiy diagnostikadan 
foydalanmaydi, yuridik jixatdan dori-darmonlar tavsiya etish va platseboterapiya oʼtkazishga 
ham haqqi yoʼq, biroq psixofarmakologiya bilimiga ega boʼlganliglari uchun dorilarning psixik 
jarayonlarga taʼsir va oʼzgarishlarni aniqlay oladi. Klinik psixolog turli kasalliklarda bemorlar 
psixologiyasi va kasalliklarning psixologik strukturasi bilimiga ega, xamda nazariy va amaliy 
jixatdan bemorlarda turli metodikalar qoʼllay oladi.[2;4;6] 
Klinik psixolog bemor shaxsini oʼrganida, kasallik bilan aloqasini oʼrganishda turli xil 
psixologik metodlardan foydalanishi mumkin. Misol uchun, tibbiyot soxasi yonalishidan kelib 
chiqib (psixonevrologiya, psixiatriya, pediatriya, psixoformaterapiya, psixosomatika kabi v.b.) 
oʼziga xos klinik metodlardan foydalanadi. Kasalning yoki psixologik buzilishlarning xarakteriga 
koʼra quyidagi usullarni ishlatish maksadga muvofiqti:
- Subektiv metod: Anamnesis morbı (kasallik tarixi) va anamnesis vıtae (ijtimoiy oʼtmishi, 
tarixi)
- Obektiv metod: Psixologiyada xamda klinik psixodiagnostikada mavjud boʼlgan barcha 
test, anket-soʼrovnoma, envanterlar, test batareyalari va boshqa turdagi metodikalardir. 
- Proektiv metodikalar: Proektiv soʼzi (ing. aks ettirmoq) degan maʼnoni anglatadi. Demak 
psixologiyada shaxsning xususiyatlari, muammolarini bilish uchun maxsus usullar va materiallar 
bilan muammoli shaxsdagi ong osti maʼlumotlari va asosiy etiqotlarini anglash va chikarish 
uchun samarali metod xisoblanadi. Kolaversa Proektiv metodning yana bir ustunlik tomoni 
shundagi bemorlarning nafaqat shaxs klinik psixodiagnostikasini amalga oshirish uchun balkida, 
ayni shu jarayonda psixokorrektiv jarayonlarni xam olib borish uchun samarali metod 
xisoblanadi.
xorij mamlakatlarda va yurtimizda xam tibbiyot va psixologiya soxasi jadʼal rivojlanib 
kelmoqda. Bemorlarning nafaqat tanasiga (somatika) oid labolatuar – ekspressiv tekshiruv va 
metodlar qoʼllaniladi balkida soxaga oid bemorning xissiy-emotsional xamda kognitiv-
neyropsixologik va bixoverial jarayonlardagi patologik xolatlarni aniqlashda xam klinik 
psixologik metodikalarni oʼtkazish extiyoji va zarurati mavjutdir.


Neyropsixologik diagnostika (neyropsixologik tekshiruv) - bu bir qator maxsus texnika va 
namunalar yordamida psixik jarayonlarni oʼrganish jarayonidir. Diagnostika jarayonida miyaning 
morfofunktsional holati organiladi, buzilishlar yuqori aqliy funktsiyalar holatining miqdoriy 
hususiyatlari va miyaning maʼlum sohalari bilan lokal ravishda bogʼlanadi. Bundan tashqari bir 
yoki bir nechta omillar tasirida sodir bolgan buzilishlarning aqliy jarayonga tasiri, psixik 
funksiyalarning patologik hususiyatlari organiladi. Bundan tashqari, neyropsixologik diagnostika 
jarayonida psixik funktsiyaning buzilgan va buzilmagan aloqalari aniqlanadi. Tashxisdan soʼng, 
agar patologiya yoki nuqsonlar aniqlansa, neyropsixologik tuzatish amalga oshiriladi. Hozirgi 
vaqtda rus neyropsixologlarining koʼpchiligi Luriyaning neyropsixologik testlari va stimulyator 
materiallari batareyasidan odamning yuqori ruhiy funktsiyalarining holatini tashxislash uchun 
foydalanadilar. 
Rossiyada neyropsixologik usullarning aksariyati 1940-1960 yillarda А.R.Luriya va uning 
shogirdlari tomonidan yaratilgan. Bu usullarning shakllanishiga L.S.Vigotskiyning psixika 
rivojlanishining madaniy-tarixiy nazariyasi, P.Ya.Galperinning aqliy harakatlarning bosqichma-
bosqich shakllanishi nazariyasi katta hissa qoʻshdi. Fanda dastavval miyaning mahalliy 
shikastlanishi boʼlgan bemorlar oʼrganilib, soʼnggi oʼn yilliklarda diffuz miya patologiyasi 
boʼlgan bemorlar ham oʼrganila boshlandi. 1960-1970-yillardan boshlab bemorlarni sogʼlom 
odamlar bilan taqqoslanib, bu tadqiqotning yangi qirralarini ochdi. 
А.R.Luriya oʼzining "Jarohatlar tasirida oliy kortikal funktsiyalarning buzilishlari" asarida 
miyaning mahalliy jarohatlarida tadqiqot vazifalarini belgilab berdi. Аsosiy vazifa – muayyan 
funktsiyalardagi oʼzgarishlarning umumiy holatini tavsiflash natijasida asosiy nuqsonni ajratish, 
shuningdek, ikkinchi darajali tizimli buzilishlarni asosiy nuqsondan olib tashlash sifatida 
belgilandi. Tekshiruv davomida simptomning tuzilishi va maʼnosini aniqlashtirish kerak, bu faqat 
bemorni oʼrganishning eksperimental psixologik usullari bilan amalga oshiriladi. Psixolog 
boshqa barcha jarayonlardan aqliy jihatdan mavhumlashtirib, uni qiziqtiradigan faqat muhim 
jarayonni aniqlaydi va uni oʼrganish maxsus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshiriladi. 
Sindromni aniq ajratish uchun eshitish, vizual, kinestetik va motorli tahlil va sintez, fikrlash, 
nutq, xotira va boshqa aqliy funktsiyalarni oʼrganishni oʼz ichiga olgan keng koʼlamli testlar 
seriyasiga ega boʼlish kerak. [1] 
Ruhiy kasalliklar ham organizmning boshqa xastaliklari kabi simptom (alomat)larga 
egadir. Har kanday kasallik aniqlash belgisidan boshlanadi. Аmmo faqat aniqlangan alomatlariga 
qarab kasallikni tashxis qilish mumkin emas. Аlohida alomat tashxis ahamiyatiga faqatgina 
boshqa belgilar bilan birgalikdagina (sindrom) ahamiyatga ega boʼladi. Sindromlar oʼz holiga 
maʼlum bir kasallik uchun maxsus boʼlmay, koʼpgina ruxiy kasalliklarda kuzatilishi mumkin. 
Shu bilan birga belgi va sindromlar kasallikning klinik koʼrinishini vujudga keltiruvchi material 
hisoblanadi. Bemorlardagi maxsuslik siidromlarning oʼzigina emas, balki ularning tavsifidir, 
yaʼni sindromlarning shakllanishi, murakkablashuvi — qaytishi, ularning almashinuvidir. 


Sindromlardan va ularning navbatlashib almashinuvidan kasallikning klinik koʼrinishi va 
taraqqiѐti shakllanadi. Har kanday ruhiy kasallik uchun maʼlum bir sindromlar xosdir, har bir 
kasallik uchun maʼlum bir tartibda oʼzgaradi va almashinadi. Bir sindromni boshqa bir 
sindromlar ustidan ustivorligi, paydo boʼlish tartibi, har bir ruhiy kasallik uchun odatda 
yetarlicha qatʼiy samanadi. Bu esa alohida ruxiy kasalliklarni nozologik birlik sifatida aniqlashga 
imkon beradi. Ruhiy kasalliklar faniga «alomatlar majmuasi» atamasini 1863 yilda katatoniyani 
izoxlashda Kalьbaum tomonidan kiritilgan. Аmmo to shu paytgacha ruhiy xastalik sindromlarini 
qoniqtiruvchi tizimlashtirish nuqtai nazari ishlab chiqilmagan. Sindromlarni asosiy ѐki uk 
sindromlari (paranoid, maniakal, deiressiv va boshqalar) va utkinchi (tranzitor bosqich) 
mezonlari boʼyicha tasniflashga harakatlar boʼlgan. Аsosiy va oʼq sindromlar endogen va 
progradientli psixozlar (shizofreniya) va ekzogen organik psixozlar uchun xosdir. Ular koʼpincha 
oʼtkinchi, bosqich sindromlar bilan qoʼshiladi, ammo oxirgilari sof holda ham oʼtkir ekzogen 
psixozlarda uchraydi. Kasalliklarning kechish alohidaliklariga karab tasnif qilishga oʼrinishlar 
boʼldi. (tsirkulyar, rezidual, boshlangʼich ѐki nevrotik va boshqa sindromlar). Baʼzi mualliflar 
katta va kichiq oddiy va murakkab, umumiy, xususiy va boshqa sindromlarni farqlaydilar. Kichiq 
oddiy ruhiy xastalik sindromlarda ruhiy buzilishlarning darajasi yuqori boʼlmagan buzilishlari 
oʼzi kaytaluvchandir, kasallikdan soʼng shaxsiyat saqlangan xolda qoladi. Kichiq oddiy 
sindromlar bilan bemorlarda nevroz va psixopatiyalar namoѐn boʼladi. Katta, murakkab ruhiy 
xastalik 95 95 sindromlarida turli alomat va sindromlarning murakkablashuvi va qoʼshiluvida 
bemor shaxsiyati oʼzgaradi, boʼlar bosh miyani organik kasalliklarida kuzatiladi. D. Jekson 
(1864) birinchi boʼlib sindromlarning klinik koʼrinishi qarama-qarshi boʼlgan ijobiy va salbiy 
buzilishlardan iboratligini aytgan. Аgar negativ buzilishlar—hishayajon — xohish buzilishlari, 
shaxsiyatning ruhiyatini chekinish aqlsizlik — kasallik jaraѐni bilan chaqirilgan boʼlsa, toʼgʼri, 
ijobiy buzilishlar gallyutsinator — vasvasa, affektiv, katatonik va boshqalar oʼzgarmagan nerv 
xujayralari faoliyatining natijasidir. Har bir ruxiy kasalliq ayniqsa u murakkablashuvga moyil 
boʼlsa, ikki qator ruhiy buzilishlardan tashqil topadi. Tor maʼnoda olganda psixoz alomatlaridan 
va psixozga hamroh boʼluvchi kasallik pirovardiga qarab chuqurlashadigan shaxsiyatning 
oʼzgarishidan (negativ buzilishlaridan) tashqil topgan boʼladi. Har bir sindrom ijobiy (pozitiv) va 
salbiy (negativ) oʼtuvchan ѐki doimiy alomatlarning birgaligidan iboratdir. Shuning uchun 
pozitiv va negativ buzilishlarni qaramaqarshi kuyib bulmaydi. Pozitiv va negativ buzilishlar 
nafaqat oʼzaro chirmashib ketadi, balki bir qator umumiyligi ham bordir: kaytuvchan boʼlishi 
mumkin, muallaq turishn va rivojlanishi mumkin; nisbatan oddiy va murakkab boʼlishi mumkin. 
Qoʼyida ruxiy faoliyatni bosqichma-bosqich chekini-shini tavsiflovchi maʼlum bir tartibda ruxiy 
patologik eng yengil yeindromlardan boshlab borgan sari jiddiyroq, ogʼirroq generallashgan 
sindromlargacha keltiriladi. Pediatriya soxasida bolalar va oʼsmir yoshda psixologik buzilishlar 
bilan xususan, bolalar nevrozi, diqqat yetishmovchiligi va giperaktiv buzilish (DEGB), xissiy-
emotsional va xulqning ogʼishi kabi psixopatologik bezovtaliklar mavjud. Psixopatologik 


buzilishlar negizida organik kasalliklar va ularning asoratlari xam bolaning psixo funktsional 
buzilishiga olib keladi.
Psixologlarning taʼkidlashicha (Rosharx, А. Binet, E. Erikson, va bq. olimlar) boladagi 
xissiy-emotsional oʼzgarishlar, psixosomatik, neyropsixologik sindromlar va bq. buzilishlarda 
asosiy sababni ota-ona va qarovchilar tomonidan qozonilganligi taʼkidlanadi. Аgarda bolaning 
xulqi, psixo-emotstsional xolati tashki travmalar yoki organik kasalliklar natijasida ortirilmagan 
boʼlsa, bunday kechinmalarga yuqoridagi faqtorlarni sabab qilib olishimiz mumkin. Somatik 
yoki nevropsixologik kasallangan bolaning maʼlum buzilishini aniqlash uchun tibbiy xamda 
psixodiagniostik metodikalar orqali tashxislash mumkin.
Klinik farmakologiya dori vositalarining inson organizmiga taʼsirini oʼrganadi. Klinik 
farmakologiyaning rivojlanishi 1960-yillarda, koʼpgina mamlakatlarda yangi farmakologik 
vositalarni sinovdan oʼtkazish talablari keskin oshgan paytda boshlandi. Klinik sharoitda 
farmakologik dorilarning taʼsirini har tomonlama oʼrganish tamoyillari va usullarini ishlab 
chiqish zarurati tugʼildi. 
Klinik farmakologiya tibbiyot va biologiyaning boshqa sohalari bilan chambarchas bogʼliq. 
Shunday qilib, koʼplab kasalliklarning etiologiyasi va patogenezini ochib berish nafaqat kerakli 
dori vositasini yaratish, balki uni qoʼllashning oqilona usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. 
Аnalitik kimyoning muvaffaqiyati va yuqori sezgir uskunalarning rivojlanishi tufayli toʼqimalar 
va tana suyuqliklarida dorivor moddalarning ahamiyatsiz kontsentratsiyasini aniqlash, ularning 
biotransformatsiyasi va organizmdan chiqarilishini oʼrganish mumkin boʼldi. 
Turli mamlakatlarda klinik farmakologiyaning fan sifatidagi pozitsiyasi bir xil emas. 
Ularning baʼzilarida u alohida fanga ajratilgan va sogʼliqni saqlash tizimida maxsus tayyorlangan 
klinik farmakologlar ishlaydi. Boshqalarida fan sifatida klinik farmakologiya mavjud emas. 
Biroq, har bir shifokor mutaxassisligidan qatʼi nazar, klinik farmakologiya asoslarini yaxshi 
bilishi kerakligi endi ayon boʼldi. [3] 
Klinik farmakologiyaning asosiy boʼlimlari farmakodinamika va farmakokinetikadir. 
Farmakodinamikaning predmeti dorivor moddaning tasirlari yigʼindisi va uning tasir qilish 
mexanizmlarini, farmakokinetikaning predmeti esa dori vositalarining bemor organizmiga kirish, 
tarqalish, biotransformatsiya va ajralib chiqish yoʼllarini oʼrganadi. Bundan tashqari, klinik 
farmakologlar nojoʼya reaktsiyalarni, dori vositalarining turli sharoitlarda taʼsir qilish 
xususiyatlarini (keksalik, homiladorlik va boshqalar), birgalikda qoʼllanganda dori vositalarining 
oʼzaro taʼsirini, oziq-ovqatning dori vositalarining farmakokinetikasiga taʼsirini, nerv sistemasi, 
psixik jarayonlarning kechishiga va boshqa kasalliklarda oʼrganadilar. Klinik farmakologiyaning 
nisbatan yangi boʼlimi farmakogenetika boʼlib, uning predmeti dorivor moddalarga 
organizmning reaktsiyalarining genetik asoslarini aniqlashdan iborat.
Psixofarmakolgiya – dori darmonlarning inson nerv tizimi xamda psixik xossalarning 
patolgiyalarida qullaniladi. Klinik psixodiagnostikada bemorning maʼlum bezovtalikdan 


davolanyotgan epizodlarning turli bosqichlarida psixik salomatlikni oʼrganish (oʼlchash) 
maqsadini bajaradi. Ushbu metod dorilarning xamda psixoterapiyaning gipotezasini maqsadli 
ravishda oborilayotganini bizga zarurat va extiyoj seziladi. Bu esa natijalarning obektiv xulosasi 
sanaldi.
Somatogen ruhiy buzilishlar, faqat somatik kasalliklar tufayli yuzaga chiqqan alomatlar 
bilan aniqlanmasdan, balki endogen, subʼektiv omillar tufayli chaqirilgan alomatlar bilan ham 
aniqlanadi. Shuning uchun patologik jaraѐnning kechish tavsifi bemorning shaxsida, uning 
shaxsiy hissiy kechinmalarida aks etadi. Klinik koʼrinishlariga koʼra somatik kasalliklarda 
psixogen holatlar har xil boʼladi. Koʼpincha ular kayfiyat buzilishlari, qorongʼiliq tormozlanish 
koʼrinishlarida boʼladi. Oʼzoq davolanishni eslash, oilasidan ajralgan holda kasalxonada uzoq 
ѐtishni uylash bemorga salbiy taʼsir etadi. Vaqt oʼtishi bilan bemorda harakat va tafakkur 
tormozlanishlari yuzaga kelishi mumkin. Jahldorliq affektiv labillik paydo boʼlishi mumkin. 
Shuning uchun shifokor bemorga uning sogʼligining hozirgi holatini aytganda, tibbiy xujjatlarni 
berganda ehtiѐt boʼlishlari kerak. Klinikasi. Simptomatik psixozlar oʼtkir boshlanishi va oʼzok 
davom etishi mumkin. Bunda ongning xiralashuvi boʼlmaydi. Somatik kasalliklar rivojlanishi, 
yashirin kechib kelaѐtgan endogen psixozlarning (shizofreniya, maniakal depressiv psixoz va b.) 
xurujiga ѐki paydo boʼlishiga sabab boʼlishi mumkin. Somatik kasalliklarda depressiv paranoid 
holat yuzaga kelishi mumkin. Kechalari delirioz belgilari boʼladi. Depressiya fonida vasvasalar 
paydo boʼlishi, kasalning somatik ahvolining ѐmonlashganini bildiradi. Ogʼir hollarida eshitish 
gallyutsinatsiyalari, illyuziyalar va stupor holatlari qoʼshilishi
buzilishlar oʼtkinchi boʼlib, bulardan keyin xotira toʼla tiklanadi. Ruhiy buzilishlar, 
somatik kasalliklarning xususiyatiga va ogʼirlik darjasiga bogʼlik. Oʼtkir yurak qon-tomir 
yetishmovchiligida amentiv, delirioz holatlar, qoʼrqinch, vahima, baʼzida eyforiya boʼladi. 
Miokard infarqtining dastlabki davrlarida illyuziya, gallyutsinatsiya, affektiv buzilishlar, oʼziga 
va atrofdagilarga tanqid yoʼqolishi boʼladi. Baʼzida maniakal holat yuzaga kelib, bemor hatto 
oʼzining infarkt boʼlganligini esdan chikaradi. Miokard infarqti ri-vojlanishi bilan derealizatsiya 
va depersonalizatsiya belgilari, munosabat va oʼz-oʼzini ayblash vasvasalari paydo boʼladi. 
Surunkali yurak qon-tomir yetishmovchiliklarida ham psixopatologik belgilar boʼlishi mumkin. 
Stenokardiyada xuruj vaqtida affektiv buzilishlar, vahima, oʼlimdan qoʼrqish belgilari yuzaga 
keladi. Kasallik qaytalangandan keyin bemorlarda kardiofobik sindrom doimiy holda rivojlanishi 
mumkin.[4]
2. Spilberger–Xaninning “Havotir darajasini aniqlash” test-soʼrovnomasi” 
Spilberger-Xanin xavotir shkalasi (State-Trate Anxiety Inventory, STAI) tashvish 
darajasini aniqlashning ishonchli va informatsion usulidir. Test taniqli amerikalik psixolog, 
shaxsiyat, his-tuygʼular va stress psixologiyasi boʼyicha mutaxassis Charlz D. Spilberger 
tomonidan ishlab chiqilgan. STAI ning rus tilidagi versiyasi psixolog va pedagog Yuriy Xanin 
tomonidan moslashtirilgan va oʼzgartirilgan. 


 Quyida tashvishni shaxsiy barqaror xususiyat sifatida oʼlchash imkonini beruvchi variant 
mavjud. Bu konstitutsiyaviy xususiyat (shaxsning biologik va fiziologik holatidagi juda barqaror 
xususiyat), bu odamning qanchalik keng doiradagi vaziyatlarni tahdid sifatida qabul qilishini va 
ularga kuchli tashvish holati bilan munosabatda boʼlishini belgilaydi.[4]

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish