Konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
Har qanday fan, fan sifatida o‘zining ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Bu usullar orqali o‘z
mazmunini boyitib, yangilab boradi. Fan mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud
kasbiy, pedagogik-psixologik hodisa va jarayonlarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq
keladigan tadqiqot usullari bilan o‘rganadi.
Ilmiy pedagogik izlanish jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi ilmiy-tadqiqot
metodlaridan foydalaniladi: kuzatish; o‘z-o‘zini tahlil qilish; og‘zaki va yozma so‘rov;
anketalashtirish; test so‘rovi; ishbilarmonlik o‘yinlari va h.k.
1.2. Konfliktologiyaning ilmiy asoslari
Konfliktologiya bugungi kunda mustaqil fan sifatida shakllanib bormoqda. Fan nuqtai-
nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda
alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan.
Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va
shaxslararo konfliktlar
fan ob’ektiga
aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan
o‘rnini o‘rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli
munosabatlarni o‘rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish
zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida konfliktologiyaga oid
bilimlar fanlararo paradigmasining konturlari belgilanib, ular asosi sifatida tizimli evolyusion
yondashuv olindi. So‘nggi paytda konfliktologiya tarmoqlarini tashkil qilgan xususiy (alohida)
konfliktologiya fanlarida bu fan muammosining ko‘p sonli qiziqarli va muhim tadqiqotlari
o‘tkazilmoqda.
Ta’lim sohasining ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha
pedagog va psixolog olimlar Ye.I.
Stepanov,
S.V.Banыkina, A.N.
Samarin,
V.N.
Shalenko,
V.Sheynov,
A.Ya.Ansupov,I.A.Shipilov,
N.I.Leonov,
V.N.Kudryavsev,
V.I.Juravlev,
D.V.Ivchenko, N.V.Samsonova, V.N.Vasilev, B.I.Xasanov, V.V.Bazelyuk, 3.3.Drinka,
A.Ya.Klementeva,
C.B.
Banыkina,
G.S.Berejnaya,
A.A.Bodalev,
N.U.Zaichenko,
M.M.Rыbakova, A.K.Markova,M.Mitina H.G.Moskvina va V.V.Drujinin kabilar o‘zlarining
tadqiqot ishlarida turli xil soha mutaxassislarining konfliktologik madaniyatini shakllantirish
yo‘llari va usullari, har tomonlama o‘rganilgan.
Umumta’lim muassasasi mutaxassislarining kompetentligining konfliktologik (chuqur
bilimga ega bo‘lish) muammosi yaqindan beri maxsus psixologik-pedagogik izlanishlar
mazmuniga aylandi.
Psixologiya fanlari doktori, professor Boris Iosifovich Xasan muammoli kompetentlikning
mohiyatini ko‘rib chiqqan; faylasuf B.I.Juravlyov, tibbiyot fanlari doktori Dmitriy Valerevich
Ivchenko, pedagogika fanlari doktori N.V.Samsonovalar turli xil soha mutaxassislarining
konfliktologik madaniyatini shakllanti rish yo‘llari va usullarini ishlab chiqishgan; pedagog va
psixolog olimlar Mitina Larisa Maksimovna va A.K.Markovlar o‘qituvchi shaxsining
imkoniyatlarini pedagogik jamoadagi muammolar xususiyatiga ta’sirini o‘rganishgan.
A.A.Bordalyov, N.U.Zaychenko konstruktiv muloqotni muammoli vaziyatlarni hal etish usuli
sifatida o‘rgangan; Zarema Zabirovna Drinka, Valentina Vasilevna Bazelyuk va
A.Ya.Klimenteva bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik tayyorgarligini konseptual (yangi)
asosini aniqlashdi; S.V.Banikina, G.S.Berejnaya, N.G.Moskvina pedagogning konfliktologik
kompetentligini shakllantirish usullarini ochishdi.
Umumta’lim maktab o‘qituvchilari konfliktologik muammolar bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda
mavjud ishlanmalar sinf rahbarlarining konfliktologik chuqur bilimga egalik qonuniyatlarini
yaratish uchun nazariy va amaliy qiziqishga ega bo‘lishlari lozim. Professional kompetentlik
(chuqur bilimga egalik) borasida falsafa fanlari doktori, professor Viktor Maksimovich Shepel
ishlari diqqatga sazovordir. Muallif turli jamoalarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, har
qanday darajadagi jamoat rahbari o‘zaro turli shaxslar orasidagi tortishuvlarni bartaraf etishni
bilishi, mojaroli vaziyatlarni hal qila olish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
lozim deya ta’kidlaydi.
Mamlakat konfliktologiyasi rivojiga ruhshunoslar A.Ya.Ansupov hamda I.A.Shipilovlar
katta hissa qo‘shishgan. Mualliflar konfliktogiyaning nazariy asoslari va ularning amaliy
qo‘llanilishini o‘rgangan holda turli xil sohalardagi odamlarning o‘zaro munosabatlari orasidagi
mojarolar xususiyatlarini va paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganib, shaxslararo va turli xil shaxslar
o‘rtasidagi mojarolarni hal etish hamda ulardan ogohlantirishning bir qator uslublarini belgilab
berishdi.
Pedagogik konfliktologiya rivojida ruhshunos M.M.Ribakova tadqiqotlari katta ahamiyat
kasb etadi. Muallif pedagogik jamoa ichida turli xil munosabatlarni o‘rganib, “o‘qituvchi –
o‘quvchi” ko‘rinishidagi muammolarga katta ahamiyat qaratadi, maktab hayotidan mojaroli
vaziyatlarni misol qilib ko‘rsatadi hamda ularning asosiy sabablarini ochib beradi.
M.M.Ribakova mazkur guruh munosabatlarini tahlil qilib, barcha mojarolarning asosiy
sababchisi o‘qituvchining o‘zi ekanligini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan o‘quvchilar bilan
normal munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun pedagog mojarolarning oldini olish va ularni bartaraf
etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Pedagogik konfliktologiya rivojiga S.V.Banikina tadqiqotlarga sezilarli xissa qo‘shdi.
Muallif maktab jamoasidagi mojarolarning vujudga kelishidagi umumiy va o‘ziga xos
sabablarini ajratib berdi, pedagogik mojarolarning tipalogiyasini ishlab chiqdi hamda o‘quv
tarbiya jarayonidagi ishtirokchilar orasidagi turli xil mojarolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni
taqdim etdi. S.V.Bakinova o‘z ishlarida pedagog uchun konfliktologik bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishning muhimligiga katta e’tibor qaratadi.
Tibbiyotda konfliktologiya ilmiy-amaliy qiziqish pasaymaganligi rossiya ta’limining
zamonaviy bosqichlari sohasida uning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. So‘nggi
vaqtlarda pedagogik konfliktologiya sohasidagi dissertatsiya ishlari miqdori sezilarli ortdi.
Tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasidagi mojarolarni (I.V.Safranova); katta
sinf o‘quvchilari orasidagi bahs va tortishuvlarni (G.E.Grigoreva, A.A.Kuzina); tibbiyotda
maktablari shifokorining konfliktologik bilim larini shakllantirish bo‘yicha muammolarni
o‘rganishdi.
Shu bilan birga 1990-2000 yillardagi nashr etilgan psixologik-pedagogik adabiyotlarning
yuzdan ortiq birligi kontent-tahlili muammolarini hal etish masalalarining asosiy qismi umumiy
konfliktologiya masalalarini hal etishga qaratilganini ko‘rsatdi. Shifokorning konfliktologik
qobiliyatiga bor-yo‘g‘i 8% ish bag‘ishlangan. Bunda Bo'lim boshligʻning konfliktologik chuqur
bilimga ega bo‘lishi ulardan birortasida ham ko‘rsatib berilmagan.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash,
konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha Shifokorning kasbiy, axloqiy
fazilatlarini shakllantirish, rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va
psixolog olimlardan O.Musurmonova, S.Nishonova, H.Rashidov, G.To‘ychieva, E.Asadova,
G.Berdiev, V.Karimova, E.G‘oziev, N.Egamberdieva, R.Z. Jumaev, X.Ibragimov, M.Otaqulov,
B.Xodjaev, P.Ergashev, A.Muxsieva, M.Umarova, R.Musurmonov singari olimlarning ilmiy
kuzatishlari shular jumlasiga kiradi.
Shu o‘rinda “konflikt”, “ijtimoiy konflikt”, “pedagogik konflikt” tushunchalariga alohida
to‘xtalsak.
“Konflikt nima” yoki aniqroq aytiladigan bo‘lsa, konflikt qanday o‘zini namoyon etadi,
-
degan savolga ko‘pchilik, konflikt bu – odamlarning urishishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-
biri bilan to‘qnashishi, so‘z aytishish, birovlarni ayblash, so‘kinish, g‘azablanish, jahl bilan
gaplashish, kesatish, birovlarni urib-turtish, do‘q qilish, qo‘rqitishga urinish, u qilaman, bu
qilaman deb, ularga tahdid qilish, piching bilan gapirish, to‘g‘ri so‘zlar mazmunini buzib talqin
qilish, birovlarning orqasidan gapirish, qasd qilish, birovlarga jismoniy zo‘ravonlik o‘tkazish,
zo‘rlash, shantaj, birovlarni oyog‘idan chalish, kamsitish, odamlar ustidan kulish, guruh-guruh
bo‘lib, birovlarni yakkalab qo‘yish, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos, birovlarni
mensimaslik, kibrli munosabat bildirish, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, kek saqlash,
nafsoniyatga tegadigan amallar va so‘zlar ishlatish, birovning har bir so‘zi va amalidan yomonlik
qidirish va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarni ta’kidlab aytishadi. Mana shu insonlararo
munosabatlarda uchrab turadigan barcha salbiy holatlar aslida konfliktlarning turli ko‘rinishlari,
odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning turli namoyon bo‘lish holatlariga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |