Mavzu yuzasidan reja asosida talabalar bilimi og‘zaki bayon etish asosida tekshiriladi.
1-topshiriq vaziyatli masalani eching
1. Bemor ruxiy kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Qo’shnisini pichoqlagan.
Qabulda: bezovta, g’azablangan, gapidan qo’shnisi 1,5 yil oldin o’zining uyidagi apparati orqali
bemor fikrlarini magnitofonga yozib olmokda, o’zini fikrlarini bemor miyasiga solib
qo’ymoqdadir. Ohirgi paytda bemor qo’shnisi turli tajribalar o’tkazib, bemorni majburiy turli
joylarga yuborgan, noo’rin gaplar gapirtirgan, yasama kulgi chaqirgan.
2. Bemor 29 yoshda. Birinchi marotaba 17 yoshda kasallangan:
Kayfiyati yomonlashgan, holsizlik, befarqlik kuzatilgan. Uyquga ketishdan oldin ovoz eshitgan.
Ovoz bosh ichida jaranglagan. Kechasi bilan uxlamagan, o’zida «to’lqinga» o’xshash ta’sirni
sezgan va ushbu ta’sir Xudodan deb bilgan. Bemorga uni fikrlari hammaga ayonligi tuyulgan.
Hayolchan, parishonxotir, savollarni mazmunini kechikib tushunadi.
9-SEMINAR MASHG’ULOT
9-MAVZU: Psixosomatik bemorlarning psixoemotsional xususiyatlari
Ma’lumki turli somatik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarning davolash jarayoniga
beriluvchanligining pasayishida bir qator omillar – iqtisodiy, tibbiy, farmakologik omillar bilan
bir qatorda emotsional holatidagi o‘zgarishlar ham sabab bo‘lishi olimlar tadqiqotlarida ko‘rsatib
o‘tilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramay, yuqori samaraga ega bo‘lgan dori–
darmonlarning mavjudligiga ham qaramay, juda ko‘p surunkali somatik kasalliklar bilan
og‘rigan bemorlar noto‘g‘ri davolanishlari ma’lum bo‘ldi. Bemorlarning 30%dan 45%igacha
qismi berilgan dori–darmonlarni o‘z vaqtida qabul qilmaydi, bunday holat esa shifokorga tez–
tez murojaat qilish, qayta gospitalizatsiya, kasallik varaqalarining berilishi, sog‘lomlashtirish
davrining uzayib ketishi bilan bog‘liq bir qator iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelmoqda.
Bemorning davolashga moyilligi uning psixologik holati va davolash samaradorligini o‘zi
tomonidan idrok qilinishi bilan bog‘liq. Shu narsa aniqlandiki, emotsional buzilishlar mavjud
bo‘lgan bemorlarda mazkur holatlar mavjud bo‘lmagan bemorlarga nisbatan davolanishga
moyillik nihoyatda past darajada ekan. Shuningdek, emotsional holat o‘zgarishlari bemorlarda
ikkilamchi profilaktika va reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishda ham halal berishi ko‘rsatib
o‘tilgan. Xususan depressiya va xavotirlanish mavjud bo‘lgan surunkali somatik kasalliklar
bilan og‘rigan bemorlar sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilmasliklari, o‘z vaqtida
shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishni istamasliklari, chekishdan voz kechish, jismoniy faollik
rejimini tutishga moyillikning yo‘qligi bilan ajralib turadilar. Shu narsani afsus bilan ta’kidlash
mumkinki, surunkali somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda depressiya uzoq vaqt
mobaynida diagnostika qilinmasdan va buning oqibatida davolanmasdan yoki korreksiya
qilinmasdan qolib ketmoqda.
So‘nggi yillar statistika ma’lumotlariga ko‘ra yurak qon tomir va qandli diabet
kasalliklarida ko‘proq depressiya, xavotirlanish, fobiya uchrashi qayd etilgan. Yurak qon tomir
kasalliklaridan eng ko‘p tarqalganlari yurak ishemik xastaligi va arterial gipertoniya
psixosomatik kasalliklar turkumiga kiruvchi kelib chiqishi, klinik kechishi, natijasi psixologik
omillarga bog‘liq bo‘lgan kasalliklardir. So‘nggi yillarda psixosomatik kasalliklar qatoriga
qandli diabet ham kiritildi. Biroq E.Bern fikricha, psixosomatik yoki nopsixosomatik
meditsinaning o‘zi yo‘q, faqat meditsina bor xolos. Chunki har bir patsient, shaxs sifatida
o‘zida har qanday kasallikning rivojlanishiga psixologik jihatdan befarq qarab tura olmaydi:
unda hayotiy qadriyatlarning o‘rin almashinuvi, psixologik o‘zgarishlar albatta kuzatiladi.
Shuning uchun ham psixosomatik meditsina tushunchasiga shifokorlar va psixologlarda bir xil
munosabat shakllanmagan. Natijada “psixosomatik” termini hozirda mavjud bo‘lgan
kasalliklarning xalqaro klassifikatsiyasi (MKB-10) ga kiritilmadi, chunki birorta bir kasallik
yo‘qki, uning kelib chiqishi, kechishi va oqibatlari qanday ko‘rinish olishida psixologik
omillarning o‘rni bo‘lmasa.
Bugungi kunda somatik kasalliklarning barchasini psixologik nuqtai nazardan ko‘rib
chiqish zarurati barcha klinitsist shifokorlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Psixosomatika esa juda
ko‘p tadqiqotchilar fikricha, psixika va somatika o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaruvchi
metodologiyaga aylanib ulgurdi. Inson faqatgina ruxiy va jismoniy salomatlik uyg‘unligi
bo‘lgandagina sog‘lom hisoblanadi. Bunda disgarmoniya ichki (biologik, irsiy) va tashqi
(psixogen, ijtimoiy) omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ham Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti inson salomatligini uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy mukammalligi
bilan tushuntirishi bejiz emas. Emotsional holatdagi o‘zgarishlarning miokard infarkti bilan
og‘rigan bemorlardagi istiqbolga ta’sirini maqsadga yo‘nalgan holda o‘rganish shuni ko‘rsatdiki,
kichik darajadagi depressiyaning o‘zi ham 60% holatlarda o‘lim bilan yakunlanar ekan, katta
darajadagi depressiv epizodlar esa bu holatlarni 3 barobarga ko‘paytirishga olib kelishi ham
kuzatilgan. Bu degani miokard infarktida bemorlarning koronar o‘limi depressiya darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p uchraydi. Kasallikdan keyingi depressiya esa uning
uzayib ketishi va yillar davomida bemorni bezovta qilishiga olib kelar ekan.
Xech shubhasiz shuni aytish mumkinki, psixosomatik kasalliklar, jumladan yurak qon
tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqalarda emotsional holat o‘zgarishlarining rivojlanishida
murakkab psixologik mexanizmlar ishtirok etadi. Bular psixogen, somatogen, shaxslilik,
farmakogen va bir qator holatlarda esa endogen omillardir. Amaliy faoliyatda juda ko‘p
bemorlarda bu omillarning qaysi biri hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi va emotsional soha
buzilishlarining nozologik doirasi qanday ekanligini aniqlash mushkul. Har bir individual
holatda bu omillar birlashmasi turlicha bo‘lishi va emotsional soha buzilishlarining klinik
variantlari turli tumanligini aniqlab berishi mumkin. Kardiologik amaliyotda ko‘pincha atipik
xarakterdagi, ya’ni “sokin”, “niqoblangan”, somatizatsiyalashgan emotsional buzilishlar,
ko‘pincha depressiyalar uchraydi va ular somatik shikoyatlar orqasida yashirinadi.
Epidemiologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra somatizatsiyalashgan depressiya bilan xastalangan
bemorlarning faqatgina 3%igina psixologik muammolardan shikoyat qiladi, 68,8% i faqat
somatik xarakterga ega bo‘lgan shikoyatlarni bildiradi va 27,6%i bir vaqtning o‘zida xam
somatik, ham psixologik muammolardan shikoyat qiladi[10]. Bu holat depressiya
diagnostikasida bir qator murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Shunisi e’tiborga loyiqki,
psixosomatik kasalliklarga chalingan bemorlarning 91% i izchil so‘rovlarda ham psixologik
muammolar borligini inkor etadilar. Psixologiyada bemorlarning o‘z ruhiy va emotsional
kechinmalarini so‘z yordamida ifodalay olmasliklari aleksitimiya deb ataladi. Ko‘pincha
bemorlar, va ayniqsa erkaklar o‘z psixologik muammolarin tan olmaydilar, ularni xarakterdagi
zaifliklar va hayotiy vaziyatlar oqibati deb qaraydilar. Aleksitimiya asosida bosh miyaning
o‘ziga xos tuzilmaviy-funksional birlashmasi, bunda o‘ng yarim sharlar ustunligi va yarim
sharlar orasidagi o‘zaro ta’sirning yetishmovchiligi yotadi. Mazkur holatda ayniqsa yurak
ishemik kasalliklarida fenomenologik planda depressiya simptomlarini, masalan, stenokardiya
xurujlaridan ajratish juda mushkul, binobarin, ularning ikkalasi ham paroksizmal xarakterga ega
bo‘lib, qo‘rquv, bezovtalanish bilan kechadi. Patologiyaning avj olishida anginoz va psixogen
buzilishlar bir birini to‘ldirib, shartli-reflektor mexanizmlari asosida bir-birini mustahkamlaydi
va bu bilan xavfli buzg‘unchi aylanani tashkil etadi.
Emotsional holatdagi o‘zgarishlar, xususan, depressiyaning psixosomatik kasalliklarga
ta’siri keyingi yillarda faol o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda psixosomatik kasalliklar va
emotsional holat buzilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiruvchi bir necha tadqiqot natijalari
e’lon qilingan.
1. Emotsional soha buzilishlari mavjud bemorlarda to‘qimalar ichidagi mustaqil
kalsiyning yuqori darajasi, serotonin va katexolamin retseptorlar sezgirligining oshishi
kuzatiladi, shuning uchun ham depressiyada vazospazm(tojsimon bosh miya tomirlari spazmi)
yengilgina vujudga kelishi mumkin.
2. Bu patsientlarda aterogenez jarayoni tezlashishi extimol.
3.
Emotsional
zo‘riqishda beta-tromboglobulin giperproduksiyasi kuzatiladi,
trombotsitlar aggregatsiyasi ortadi va tomir yorilishi xavfi kuchayadi.
4. Emotsional sohada o‘zgarishlar kuzatilgan bemorlarda neyronal faollik va serotonin
darajasining oshishi yurak maromi variabelligining pasayishiga, aritmiyalarning rivojlanishi va
to‘satdan vafot etish holatlarining ko‘payishiga olib keladi.
5. Depressiya shifokor tomonidan xayot tarzi, parxezga amal qilish, xarakat faolligi,
spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish borasidagi berilgan tavsiyalarni bajarishga halaqit
beradi va boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqaga kirishishni chegaralaydi va umuman davolash
samaradorligini keskin pasaaytirib yuboradi.
6. Shu narsa aniqlanganki, davolashga moyillikning pastligi, barcha kasalliklarning noxush
yakunlanishiga olib keluvchi o‘ta muxim va mustaqil xavfli omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |