- ijtimoiy gigiena sohasida statistik va demografik ma’lumotlarni taxlil
qilish o‘rganiladi;
- shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish bilimlariga ega bo‘ladilar.
Bilim
- ekologiya modulining asoslari, populyatsiyalar, biogeotsenozlar
biosfera To‘g‘ri sida;
- ekosistemalar komponentlarining abiotik
va biotik omillar bilan
bog‘liq ligi, undagi ozuqa zanjiri va trofik aloqalar;
- ekosistemalar chidamliligi va o‘zini qayta tiklash xususiyati;
- flora va fauna turlar tarkibini o‘zgarishi,ekosistema barqarorligini
ta’minlovchi mexanizmlar;
- o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, tabiat muhofazasi bo‘yicha
tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
- tashqi muhit bilan inson organizmi o‘rtasidagi bog‘lanishlar;
- inson organizmida yuzaga chiqadgan kasalliklarga tashqi muhit
holatining ta’siri;
- tabiatda energiya va moddalar almashinuvi;
- genetik axborotni saqlash, uzatish mexanizmlari va ahamiyati;
- biosferaning umumiy tizilmasi va unda moddalar aylanishi;
- zamonaviy ekologik muammolar va ularning yechimi yo‘llari;
- tashqi muhit holatini nazorat qilsh
va uning monitoringi va
ekspertizasini o‘tkazish;
- atmosfera havosi, suv, tuproq holatiga gigienik baho berish va ularga
qo‘yiladigan gigienik hamda epdemiologik
talablar;
- atmosfera havosi va uning ahamiyati haqida tushuncha;
- atmosfera havosining gigienik va epidemiologik ahamiyati;
- atmosfera havosini ifloslantiruvchi (tabiiy va antropogen) manbalar;
- yashil o‘simliklarni atmosferaga ta’siri;
- atrof - muhit holati va inson salomatligi;
- mikroiqlimning organizmga kompleks ta’siri, quyosh radiatsiyasi va
uning gigienik ahamiyati;
- atmosfera havosining sanitariya muhofazasi bo‘yicha tadbirlar;
- atrof-muhitning ekologik halokati;
- tuproqning gigienik va epidemiologik ahamiyati;
- tuproqning ifloslanishi va o‘z-o‘zidan
tozalanishi;
- chiqindilarning turlari (suyuq-qattiq chiqindilar);
- chiqindilarning atrof-muhitda to‘planishi, ularni yig‘ish, tashish,
zararsizlantirishga qo‘yiladigan gigienik talablar;
- tabiiy resurslar va ulardan foydalanish muammolari;
- tuproq holatining mikroorganizmlarga bog‘liq ligi;
- ichimlik suv va farmasevtik maqsadda qo‘llaniladigan suv sifatiga
qo‘yiladigan gigienik talablar;
- suvning ifloslanishi va o‘z-o‘zidan tozalanishi;
- aholini markazlashtirilgan suv bilan ta’minlash va zararsizlantirish
usullari (tindirish, koagulyatsiya qilish, fil’trlash, xlorlash);
- oqava suvlarni tozalash va zararsizlantirish;
- suv bilan ta’minlash manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish
xududlari;
- Orol dengizining muammosi;
- turar joyning gigienik
va epidemiologik ahamiyati;
- turar joy sharoitlarining aholi sog‘ligiga ta’siri;
- shahar va qishloqlarda turar joylarning qurilishiga qo‘yladigan gigienk
talablar;
- turar joy binolarining zax tortish sabablari, unga qarshi kurash
choralari;
- turar joylarni ko‘kalamzorlashtirishning ekologik muhitga ta’siri;
- ovqatlanish gigienasining ahamiyati;
- asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, ratsional ovqatlanish,
ovqatlanish tartibini aholi sog‘ligiga ta’siri;
- ovqatlanish rejimi, ovqatdan zaharlanish turlari, ularning oldini olish
chora-tadbirlari;
- umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan gigienik talablar;
- mehnat jarayonida ayrim a’zo va sistemalarda ro‘y beradigan
funksional o‘zgarishlar , toliqish va uni oldini olish;
- tana vaziyatiga bog‘liq kelib
chiqadigan kasb kasalliklari;
- kimyo farmatsiya sanoati va ishlab chiqarish korxonalarida kimyoviy
zaharli birikmalar;
- antibiotiklar, galen preparatlari va tayyor dori shakllarini ishlab
chiqarishda mehnat gigienasi;
- kasb tufayli zaharlanish va ularni oldini olish;
- ishlab chiqarish muhitining ishchilar sog‘ligiga ta’siri;
- shovqin, mikroiqlim, ventilyatsiya,tebranish, chang, nur, kimyoviy
moddalarning inson salomatligiga ta’siri va ularga qarshi kurashish
choralari;
- dorixonalarning qurilishi, tuzilishi, jihozlanishi va dori preparatlari
bilan ishlash kabi bilimlarni egallash;
- kimyo farmatsiya sanoati korxonalarida mehnat sharoitini
sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘rganish;
- dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va
ishlab chiqarish omillarining asosiy gigienik tavsiyanomasi;
- dorixona xodimlarining shaxsiy gigienasi;
- bolalar va o‘smirlar gigienasi, uning bolalarni o‘sish va
rivojlanishidagi tutgan o‘rni, tibbiy – sanitariya xizmat;
- bolalar va o‘smirlar muassasalari uchun yer maydonini tanlash,
qurilishi va jihozlanishiga qo‘yiladigan gigienik talab.
- bolalar va o‘smirlarni jismoniy rivojlanishi, kun tartibi, To‘g‘ri
ovqatlanishi;
- bolalar va o‘smirlarning yuqumli, somatik, gelmentologik kasalliklari
va ularni oldini olish;
- davolash-profilaktika muassasalariga qo‘yiladigan gigienik va
epidemiologik talablar;
- shahar va qishloq aholisiga tibbiy hizmat ko‘rsatish ni tashkil etish;
- tibbiyot xodimining sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar va ularga
qarshi kurashish tadbirlari;
- aholining demografik ko‘rsatkichlarida aholi sonining o‘zgarishlar ini
(tug‘ilish, o‘lim, ko‘chish va hakazo) xisoblab taxlil qilish;
- demografik ko‘rsatkichlarning bir hamda ko‘p yillik natijalarini tuzish,
olingan natijalarga ko‘ra aholi o‘sishini musbat yoki manfiy tomonga
o‘zgarishini aniqlash;
- kasalliklar haqida xisobot yig‘ish va aholiga nisbatan solishtirma
ko‘rsatkichlarini taqqoslash;
- shaxsiy gigiena, uning vazifasi, inson salomatligida shaxsiy
gigienaning tutgan o‘rni,shaxsiy gigiena turlari;
- organizmni chiniqtirish, kiyimbosh
va poyabzal gigienasi;
- sanitariya-maorifining asosiy vazifasi, usullari;
- aholi o‘rtasida savol - javob tarzida suxbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish
uchun reja tuzish;
- kasalliklarni oldini olish bo‘yicha devoriy gazetalar, turli xil bannerlar
tayyorlash.