Kichik va o‘rta guruhlarda
“O‘zbеkiston - mеning Vatanim” mavzusida ta’limiy jarayonni tashkil etish.
|
“O‘zbekiston mening Vatanim” mavzusida guruhiy mashg‘ulot tashkil etish. Rivojlanish markazlarida o‘yinli ta`limiy faoliyatni tashkil etish. O‘quvchilarga bolalarga tug‘ilib o‘sgan joylariga muhabbat va ularning Vatanim- O‘zbekiston haqida bilim berish usullarini ko‘rsatish. O‘z shahar, qishloq, mahalla va ko‘chasi haqidagi bilimlarni kengaytirish. Yashash joyidagi me`morchilik yodgorliklari, chiroyli qurish-yasashga qiziqish uyg‘otish, ularning nomlarini to‘liq aytishga o‘rgatish.
Markazlardagi ta`limiy faoliyat: (Ihtiyoriy mavzular tanlanadi)
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi:
“lego” turidagi o‘yin bo‘laklaridan modellar yig‘ishni; 3-4ta (kichik guruhda); 6-8ta (o‘rta guruhda) qismlardan pazllar yasash;
Qog‘ozdan buklash orqali sodda shakllarni yasash;
Asosiy qurish-yasash materiallari (kubik, g‘ishtchalar, plastina, silindr, uch qirrali prizma kabilar)ni bilish va nomini aytish;
G‘isht va plastinalarni vertikal tartibda tahlay olishni, qo‘shimcha detal qo‘shish yoki birini boshqasi bilan almashtirish orqali qurish-yasash ishlarini o‘zgartirish;
Qurish-yasash qismlarining hajmini: katta- kichik, baland-past, uzun-qisqa, keng-tor, kabi tushunchalarni berilishi;
(Kubik va g‘ishtchalardan “Bog‘cha quramiz“; “Bayroqcha”ni bo‘yash”, “Bizning ko‘cha”; “Do‘kon quramiz”, “Toshkent shahri bilan tanishuv”);
Bolalarga tayyor shakllardan konstruksiyalar (“Toshkent ko‘priklari”, “Men yashaydiganuy”) yasashni;
Bolalarga alohida predmetlardan guruh hosil qilishni (barcha qizil, barcha sariq, barcha yumaloq va boshqa predmetlarni guruhlash); Guruhdan bir predmetni ajratishni;
Bolalarni doira, kvadrat va uchburchak haqidagi tasavvurlarni mustahkamlsh uchun (doirani o‘ng qo‘linga ol, kvadratni chap qo‘linga ol), qo‘lida turgan narsani nomini aytishni;
“Topchi, haltada nima bor”, “Juftingni top”, “O‘z uyingni top” kabi o‘yinlardan foydalanishni o‘rgatish usullarini ko‘rsatish; Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi:
Bolalarni tarbiyachi bilan bo‘ladigan
|
6
|
A
|
3
|
|
|
hamkorlikdagi o‘yinlariga qatnashishlari;
O‘zi mustaqil tanlagan rolni ijro etishni, shartli o‘yin harakatlarini bajarishlari;
Tarbiyachi yordamida tanish ertaklarni va zamonaviy adabiyot syujetlarini drammalashtirish;
Bolalar o‘yinlarda madaniy axloq qoidalari, xayrihohlik, o‘zaro yordam vakllarni qo‘llash; (“Kelinglar tanishamiz”, “Bolalar bog‘chasi”, mazmunli rolli o‘yinlar “O‘zbekiston shaharlari”)
Til va nutq: “Mening guruhimdagi jihozlarim”, O‘zbekiston shaxarlari haqida suhbat; Avtobusda ekskursiya, har xil yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar oldida to‘xtash; Suhbat “O‘zbekiston Vatanim mening”, “O‘zbekiston poytaxti”, “O‘zbekiston prezidenti”, “O‘zbekiston haqida she`rlar yodlash”;
Mavzu bo‘yicha she`r, ertak, topishmoq, hikoya, sanamalarni ifodali aytish;
Asar mazmuni asosida berilgan savollarga imkon qadar aniq va dadil javob berish;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |