Ma’muriy taqsimlanishi. O‘zbekiston Respublikasi 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasidan tashkil topgan. 2
|
|
markazi
|
Tashkil etilgan vaqti
|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
Nukus shahri
|
1992 yil 9 yanvarь
|
|
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari
|
|
|
1.
|
Qashqadaryo viloyati
|
Qarshi shahri
|
1924 yil 12 iyulь
|
2.
|
Toshket viloyati
|
Toshkent shahri
|
1938 yil 15 yanvarь
|
3.
|
Samarqand viloyati
|
Samarqand shahri
|
1938 yil 15 yanvarь
|
4.
|
Xorazm viloyati
|
Urganch shahri
|
1938 yil 15 yanvarь
|
5.
|
Farg‘ona viloyati
|
Farg‘ona shahri
|
1938 yil 15 yanvarь
|
6.
|
Buxoro viloyati
|
Buxoro shahri
|
1938 yil 15 yanvarь
|
7.
|
Andijon viloyati
|
Andijon shahri
|
1941 yil 6 mart
|
8.
|
Namangan viloyati
|
Namangan shahri
|
1941 yil 6 mart
|
9.
|
Surxandaryo viloyati
|
Termiz shahri
|
1941 yil 6mart
|
10.
|
Sirdaryo viloyati
|
Guliston shahri
|
1963 yil 16 fevralь
|
11.
|
Jizzax viloyati
|
Jizzax shahri
|
1973 yil 29 dekabrь
|
12.
|
Navoiy viloyati
|
Navoiy shahri
|
1982 yil 20 aprelь
|
2 Ma’naviyat qalb quyoshi. T.: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011 y.9-b.
Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: o‘zbeklar – 80%, ruslar – 5,5%, tatarlar – 1,5 %, qoraqalpoqlar – 2,5 %, qozoqlar – 4%, tojiklar – 4% ni tashkil etadi. Davlat tili – o‘zbek tili. Dini: musulmon (sunniylar) – 90 %, pravoslavlar – 10% ni tashkil etadi.
Siyosiy tizim. Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston - demokratik respublika hisoblanadi. Davlat boshlig‘i – Prezident, hukumat boshlig‘i – Bosh vazir hisoblanadi. Senat (YUqori palata) va Qonunchilik palatasi (Quyi palata)dan tashkil topgan Ikkipalatali Oliy Majlis – Qonunchilik hokimiyatini tashkil etadi. Respublikada – Konstitutsion sud, Oliy sud, yuqori arbitraj va iqtisodiy jinoyatlar sudi hamda bir qator viloyat va tuman sudlari mavjuddir. Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan bo‘lib, bir qator oppozitsion partiya va harakatlar mavjuddir. O‘zbekiston MDH tarkibiga kiradi. O‘zbekiston – BMT, HVF va Hududida iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zodir.
Iqtisodiyoti. O‘zbekiston – industrial agrar mamlakat hisoblanadi. Gaz va ikkinchi o‘rinda neftь, mamlakatning asosiy energetika manbai hisoblanadi. Tosh-ko‘mir, sera, ozokerit, osh tuzi va h.k. qazib olinadi. Rangli metall,ssink, mis, qo‘rg‘oshin, volьfram qazilma joylarini qayta ishlash olib borilmoqda. Iqtisodiyotning etakchi tarmoqlariga: metalurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, qurilish mollari, avtomobil, elektronika, kiyim-kechak ishlab chiqarish, aviatsiya sanoat, kimyo va neftь uskunalari, tekstil va engil sanoati
kiradi. Ipakchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, poliz ekinlari, qoramolchilik, ot va tuya boqish rivojlangan. Eksport uchun: paxta, oltin, yoqilg‘i, tabiiy gaz, mineral o‘g‘itlar, metall, tekstil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, avtomobil, shoyi ipak, jun, qorako‘l terisi, sabzavotlar, mevalar va h.k. etkazib beriladi. Import orqali: sanoat uskunalari va texnika, oziq-ovqat maxsulotlari, metall va kimyo kaliylari olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: - Rossiya, Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Ukraina, Germaniya, Qozog‘iston, Tojikiston va Bangladesh.
Tarixi. O‘zbekiston hududiga xalqlar er.av II ming yilliklardan boshlab, joylasha boshlashgan. So‘g‘diyona, Baqtriya va Xorazm – hozirgi O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan ilkssivilizatsiyalar hisoblanadi. Err.avv VI asrda bu davlatlar hududlari Fors davlatining bir qismiga aylangan. Err.avv IV asrda hududlar Salavkiylar davlat tarkibiga kirgan. VI asrda turklar bu erlarni bosib oladi va Turk xoqonligi tashkil etiladi. 712 yilda Arab qo‘shinlari bosqini sodir bo‘lib, arablar tomonidan qo‘lga olinadi.1220 yil
17 martda Samarqandga CHingizxon qo‘shinlari bostirib keladi. Amir Temurning davlat tepasiga kelishi bilan shahar uning davlatini yirik poytaxtga (1370) aylanadi va davlat gullab yashnaydi. XVI asrda Temuriylar davlatining barbod bo‘lganidan so‘ng malakat ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari tomonidan bosib olinadi va Xiva xonligi tashkil etiladi. XVIII asrda Qo‘qon xonligi tashkil topadi. 1753 yili Buxoro xonligi vujudga keladi (keyinchalik – amirlikka aylanadi). XIX asrda Rossiya davlati kengaya boshladi va o‘z ta’sirini Markaziy Osiyoga o‘tkaza boshladi. 1862 yilda Rossiya o‘z qo‘shinlarini O‘rta Osiyoga kiritdi. 1867 yil – Rossiya imperiyasi tarkibida – Turkiston general gubernatorligi (Toshkent shahri poytaxt etib tayinlanadi) tashkil etiladi. So‘ng 1873 yil – Xiva va Buxoro xonliklari Rossiya protektoratini tan olishadi. XX asr boshlariga kelib Markaziy Osiyo ruslarning qo‘lida edi. 1917-1920 yillari – fuqarolar urushi bo‘lib o‘tadi va Qizil Armiya qo‘shinlari yordami bilan sovet hukumati o‘rnatildi. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning qolgan qismlari Sovet Ittifoqining tarkibiga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil mustaqilligini qo‘lga kiritdi. 1991 yil 31 avgustda mustaqillik haqidagi Dekloratsiya qabul qilindi.(Aholisi va dini, siyosiy tizim, iqtisodiyoti, tarixi)3
3 MATN RAVSHAN MAMADALIEV TOMONIDAN NASHRGA TAYYORLANGAN «DUNYO MAMLAKATLARI»
KITOBIDAN OLINDI. - T.: «Muharrir» nashriyoti, 2012. 155-157b
Do'stlaringiz bilan baham: |