Mumkin emas:
darslar jarayonida ustoz va ota-onalarning ruxsatisiz biror joy (kino,
teatr, bozor, internet klublar)ga borish;
ta’lim muassasasi rahbariyati, guruh rahbari va ota-onalarning ruxsatisiz bayram (tug‘ilgan kun) tadbirlari uyushtirish;
rahbarlarning rasmiy ruxsatisiz tengdoshlar bilan sayohatga chiqish;
har qanday musobaqa yoki boshqa tadbirlarga guruh rahbari va ta’lim muassasasi rahbariyatini ogohlantirmay ketish;
axborot-resurs markazlariga kirganda xonaga javobgar shaxsdan ruxsat so‘ramay, kompьyuterda ishlashga o‘tirish;
o‘quvchilarning kirishi man qilingan xonalarga ruxsatsiz kirish;
ta’lim muassasasida o‘quvchilar foydalanishi uchun keltirilgan texnik jihozlarni mas’ul shaxs ruxsatisiz ishga tushirish;
o‘quvchilar turar joylaridan ruxsatsiz ketib qolish;
ruxsatsiz birovning, hatto do‘stingizning narsalariga tegish.
Biror xonaga kirish lozim bo‘lsa, uch marta eshikni taqillatish, ruxsat bo‘lsagina kirish lozim. Ikki-uch daqiqa oralig‘ida eshik ochishmasa yoki izn berilmasa, kirmaslik lozim.
O‘quvchi o‘z uyidan boshqa joylarga izn so‘ramasdan kirishi, egasining ruxsatisiz nafaqat kirishi, balki mo‘ralash, quloq solishi ham mumkin emas.
O‘z uyida:
yigitlarning opa-singillarining xonasiga;
qizlarning aka-ukalarining xonasiga;
farzandlarning ota-onasining xonasiga;
oilali akalarning xonalariga;
farzandlar va nabiralarning keksalarning xonalariga;
kasal yotgan xonaga ruxsatsiz kirish mumkin emas.
Kunning har qanday vaqtida ham izn so‘ramay kirish tufayli yaqinlarni noqulay ahvolga tushirib qo‘yish mumkin.
Rioya qilish kerak
Biror kasb-hunarni o‘rgangach, ustoz izni (duosi)siz, o‘zi mustaqil ish boshlashi mumkin emas. Kasbidan baraka topmaydi.
Har kuni ertalab ota-onani ziyorat qilish, boradigan joylari haqida ma’lumot berib (voyaga etmagan o‘quvchilarning har bir qadamini ota-ona bilishi kerak), ruxsat va duo olish darkor.
Biror joyga borishdan avval ota-onadan, ularning o‘rnini bosuvchi kishilardan, qaynona-qaynotadan, erdan ruxsat so‘rash kerak.
Mehmonga borgan kishi mezbondan izn so‘ramay turmaydi.
Uyida to‘y yoki boshqa bir tadbirlar o‘tkazmoqchi bo‘lgan kishi ham avval mahalla oqsoqollaridan izn (garchi o‘zining vaqtiga qarasa ham) so‘raydi.
Uyida qo‘shnilarga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan ishlar, masalan, qurilish boshlamoqchi bo‘lsa, qo‘shnilardan ruxsat (balki qo‘shni yaqin orada mehmondorchilik yoki to‘y qilmoqchi bo‘lsa, ko‘cha yuziga to‘kkan qum, tosh, g‘isht kabilar halaqit berar) so‘raladi.
Notanish kishilarning e’tiborini tortish, biror narsa so‘rash uchun, albatta, avval salom keyin “Kechirasiz” yoki “Mumkinmi?”, “Iltimos” deb murojaat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |