Rahmat aytishni o‘rganing
ota-ona olib bergan har bir narsa uchun;
yo‘l, ovqat xarajatlari uchun pul berishganda;
ustozdan dars olgach;
do‘stlardan olingan har qanday yordam uchun;
tayyorlangan ovqat uchun;
har qanday sovg‘a olganda;
berilgan arzimas yordamga ham;
berilgan e’tibor uchun.
Sizga berilgan har qanday yordam uchun vaqtida rahmat ayting. Bundan Sizga yordam qilganlarning ko‘ngli ko‘tariladi.
Notanish kishilar Siz bilan tanishayotib, ota-onangiz yoki bobo va buvilaringizga o‘xshatsa, “O‘xshash joyim yo‘q” deb o‘ylasangiz ham baribir rahmat aytishni unutmang.
“Rahmat”ga qo‘shib aytiladigan “Xursand bo‘ldim”, “Harakat qildim”, “CHiroyli chiqibdi”, “Juda yoqdi”, “Maza qildim”, “Kam bo‘lmang”, “Sog‘ bo‘ling”, “Qo‘lingiz dard ko‘rmasin” kabilarni to‘g‘ri tanlab, foydalaning. Eshitganlar xuddi nonni qaymoqqa botirib eganday rohatlansin.
Imo-ishoralar tili
So‘zlashuv nutqida imo-ishoralar ham alohida o‘rin egallaydi. Ko‘pincha yoshlarning savollarga javobni imo-ishoralar orqali berishiga guvoh bo‘lamiz. “Ishlar qalay?” deb so‘rashsa, bosh barmog‘ini ko‘taradi yoki bosh va ko‘rsatkich barmoq bilan “O” harfini ko‘rsatishadi. YUz va qo‘l orqali qilinadigan ishoralarni ham qo‘llash chegarasi mavjud. YOshi katta odamlar bilan muloqotda qisqa imo-ishoralardan foydalanmaslik kerak. Bu harakatlar mensimaslik sifatida qabul qilinadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, ish yuzasidan bo‘ladigan har qanday muloqotlar ham (agar yaxshi o‘zlashtirmagan bo‘lsangiz) imo-ishoralar tilidan xoli bo‘lishi kerak. Masalan, yoshlar ko‘p qo‘llaydigan “O” belgisi Amerikada XIX asr boshlarida jurnalistlar orasida paydo bo‘lgan bo‘lib, “hammasi yaxshi” ma’nosida qo‘llangan. Hozirda Evropa, Osiyo va ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar tushunadi, ammo Fransiyada bu “nolь” yoki “hech narsa” ma’nosini anglatadi. YAponlar “pul”ni tushunishsa, O‘rtaer dengizi xalqlari uchun juda yomon so‘z ma’nosini anglatadi.
Sanoq belgisini bildirishda ko‘rsatkich barmoqni ko‘tarish “1”ni anglatsa, Italiya xalqi “2”ni tushunadi.
“Zo‘r” ma’nosini beradigan bosh barmoqni ko‘tarish, turli xalqlarda turli ma’noni anglatadi. Amerikaliklar yo‘lda mashina to‘xtatishda foydalanishsa, Avstriyaliklar “hammasi joyida” deb, tushunishadi. Gretsiyaliklar esa “ovozingni o‘chir” ma’nosidagi so‘kishni tushunishadi.
“V” shaklidagi ikki barmoqning ko‘tarilishi ko‘p malakatlarda “2”ni anglatsa, Avstraliya va Angliyaliklar haqorat belgisi deb bilishadi. Demak, imo-ishoralardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, “tili”ni bilish zarur ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |